Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati darsning maqsadi


TIF TN ning asoslari va yaratilishi


Download 24.69 Kb.
bet3/5
Sana25.04.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1397177
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati

2. TIF TN ning asoslari va yaratilishi
TIF TN ni to’zishda 59 ta davlatdan ekspertlar va ko’plab davlatlararo hamda nodavlat iqtisodiy tashkilotlari, shu jumladan xalqaro savdo palatasi, "Ta’rif va savdo bo’yicha oliy kengash", standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot, BMT ning statistik byurosi katnashgan.
Yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, ularning tez fursatlarda ishlab chikarishga joriy etilishi. hamda savdo-sotiqning rivojlanishi nomenklaturaning uzliksiz boyitib boritilishini taqazo etadi. Uning takomillashtirilgan va tuldirilgan ikkinchi nashri qayta chop etilib, 19 92 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. 1993 yidda uchinchi nashri chop etildi.
Nomenklaturaning asosini quyidagilar tashqil etadi:
o Xalqaro Bojxona kengashi nomenklaturasining oxirgi redaktsiyasi;
o Vryussel’ bojxona nomenklaturasi :
o BMT xalqaro savdo klassifiqatori:
o 12 ta xalqaro va milliy klassifikatsion sistemalar.
TIF TN dan davlatlarining 80% dan ortigi, ya’ni GATT (Qeneral aqrement on tarifs and trade–Генеральное соглашеные о тарифах и торговле) ta’rif va savdo bo’yicha Bosh bitim, tarkibidagi 150 davlat (bu davlatlar hissasiga dunyo savdo-sotig’ining 90% to’g’ri keladi), shu jumladan MDX davlatlari foydalanadilar.
3.Uyg’unlashgan Tizim Konventsiyasi, uning ahamiyati va vazifalari
Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uyg’unlashgan tizimi haqidagi xalqaro
konventsiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirish,
- yigimlarni soddalashtirish,
- xalqaro savdo-sotiq larini standartlash,
- statistik ma’lumotlarni qabul qilish va yetkazish ishlarini takomillashtirish.
Konventsiyaga a’zo bo’lgan davlatlar ushbu bojxona statistik nomenklaturasidan unga o’zgartirishlar kiritmagan holda UT da ko’rsatilgan tovar pozitsiyasi va subpoziіtiyasidan, shuningdek xech qanday qo’shimchalarsiz belgilangan tovar kodlaridan foydalanishlari shart. Binobarin, davlatlar uz milliy nomenklaturasida tovarlarni sinflashda dastlabki olti raqamdan keyingi raqamlarni shartli ravishda o’zgartirishlari mumkin. UT qo’mitasi a’zo davlatlar vaqillaridan tashqil topgan bo’lib, u yiliga ikki marta to’planadigan, zaruriy hollarda Konventsiyaga o’zgarishlar kiritadigan ishchi organ hisoblanadi. Kiritiladigan o’zgartirishlar turli xil tushunchalar, izoxlar, rekomendatsiyalardan iborat bo’lib, ularni solishtiriladi, qiyoslanadi va tarqatiladi .
1995 yilning 10 Fevralida Olma-Ota shahrida MDX davlatlarining Kengashida bojxona qonunchiligi asoslari bo’yicha hujjat qabul qilindi. Uning 205-206–moddalarida MDH davlatlari bojxona organlari TIF TNdan foydalanishlari va undan foydalanishda qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishda uning xalqaro asoslarini o’zgartirmasliklari belgilab qo’yildi.
Bojxona yuk deklaratsiyasida tovarga noto’g’ri kod berilishi bojxona organlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtiruvining bo’zilishi hisoblanadi. Bojxona. yuk bayonnomasining 33-katagida tovarniig TIF TN bo’yicha kodi belgilanadi. Bojxona noziri ana shu kodning to’g’ri belgilanganligini nazorat qiladi. Vaholangki, ushbu kod tovar uchun turli to’lovlar va yig’imlar miqdorini belgilaydi. Demaq bojxona noziri tovarga qo’yilgan kodning to’g’ri qo’yilishini nazorat qilish bilan belgilangan to’lovlarning qonuniyligini ta’minlaydi va mamlakatimiz iqtisodiyotini ximoya etadi.
Davlatlararo tashqi savdoda iqtisodiy statistik ma’lumotlarni analiz qilishda komenklaturadan foydalanish zaruriy shart hisoblanadiCHunki uning quyidagilarni amalga oshirilishida AHAMIYATI kattadir:
- tovar nomini raqamlar bilan kodlash li yigimlar olishda,
- axborotlarni yetkazib berishda,
- ularni avtomatik qayta ishlashda,
- eng qulay usul sifatida kerakli barcha ma’lumotlarni taxlil etishda,
- yuk tashuvchilar, ekporter, importer, brokerlar ishini mukammallashtirishda,
- elektron ma’lumotlarni qayta ishlash,
- savdo-sotiq va valyuta ma’lumotlarini analiz qilishda.
O’zbyokiston mustaqillikka erishgach, mamlakatiing tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Respublikamiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda TIF ni bojxona yo’li bilan tartibga solish va strategik tovarlarning olib ketilishi ustidan nazorat o’rnatildi. Va 1992 yildayoq TIF TN dan foydalanish yo’lga qo’yildi. Korxonalar, tashkilotlar, xususiy tadbirkorlar, bojxona xodimlari bu soxada yetarli bilimga ega bo’lishlari ta’lab etildi.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling