Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmentining predmeti va oʻrganish usullari
Download 45.92 Kb.
|
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmentining predmeti va oʻrganish usullari.
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar oʻrtasida almashinishining turli yoʻnalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha boʻlib, oʻz rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. Mamlakatimizningg siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga oʻtishi, mustaqillikdan keyin geosiyosiy holatining tubdan oʻzgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha koʻtardi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” faning predmeti — tashqi iqtisodiy aloqalarning turli jihatlari va raqobat menejmenti boʻyicha tegishli bilimlarni oʻrganishdan iboratdir. Fanni oʻrganishdan maqsad - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi masalalarni yanada chuqur oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish, olingan bilimlarni amalda qoʻllashga zarur asosni taʼminlashdan iboratdir. Maqsaddan kelib chiqib, fanni oʻqitishda: tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini; tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solishni; jahon iqtisodiyoti va uning tarkibini; xalqaro tovar savdosi va uni boshqarishni; tashqi savdo va uni boshqarishni; xalqaro xizmatlar bozori va xalqaro kapital harakatini; respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning oʻrnini; tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlash va boshqarishni; xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalarini; tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing va raqobatning nazariy-metodologik asoslarini; raqobatbardoshlikni tadqiq qilishning iqtisodiy mohiyati va darajalarini oʻrganib, zamonaviy jahon iqtisodiy munosabatlari tizimida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi, tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta-kredit va moliyaviy muammolar va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi haqidagi maʼlumotlarni tahlil qila olish kabi masalalarni oʻrganish vazifalari qoʻyilgan. Barcha fanlar oʻz oʻrganish predmetiga ega. Ular oʻz predmetlarini oʻrganishda turli tuman usullardan foydalanadilar. Jumladan, iqtisodiy fanlar ham oʻz predmetini oʻrganishda oʻziga mos usullar tizimidan foydalanadi. Iqtisodiy fanlar oʻz predmetlarini oʻrganish maqsadida qanday usullardan foydalansa, “Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani ham shu usullaridan foydalanadi. Faqatgina oʻz xususiyatlaridan kelib chiqib ayrim usullardan koʻproq, ayrimlaridan kamroq foydalanishi mumkin. Uslubiyat bu ilmiy bilishning tamoyillari, shakl va uslublari toʻgʻrisidagi qarashlardir. Uslubiyat qator usullar yigʻindisini oʻz ichiga oladi. Har bir oʻz uslubiyatidan kelib chiqib usullar guruhini tanlaydi. Usul deganda biror qonuniyatni, hodisa yoki jarayonni nazariy tekshirish va amaliy yechishning vositasi yoʻli tushuniladi. Fan oʻz predmetini oʻrganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga boʻlish mumkin. Birinchi guruhga oʻrganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraksiya, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tajriba, faraz kabilar kirsa, ikkinchi guruhga maxsus usullarni kiritish mumkin. Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy–matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik balansni aniqlash hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi. Download 45.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling