Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Tashqi iqtisodiy faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari


Download 45.92 Kb.
bet5/5
Sana22.01.2023
Hajmi45.92 Kb.
#1110805
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI

3. Tashqi iqtisodiy faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari.
Maʼlumki, har bir mamlakat tashqi savdoda nisbiy ustunlikka erishishga harakat qiladi va uni davlat tashqi iqtisodiy siyosatining bosh maqsadi deb biladi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy siyosatning eng muhim ustuvor yunalishlaridan biri bu - mamlakatdagi maxsulotlarning eksport salohiyatini yanada oshirish hamda uning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini taʼminlashdan iboratdir. Chunki, eksport salohiyatni yuksaltirish nafaqat maʼlum bir mamlakatning balki, har bir tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining ham tub manfaatlarini koʻzda tutadi.
Oʻzbekistoning tashqi iqtisodiy faoliyatida eksport juda muhim oʻrin tutadi. Mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi mavqyei mustahkamlanishi va valyuta tushumlarini koʻpaytirish uchun eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni amalga oshirish juda muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda eksportni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida toʻla aks etgan va u davlat tomonidan tartibga solinadi. Buning sababi, avvalambor, ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash boʻlsa, ikkinchidan tashqaridan turli, mamlakat xavfsizligi va aholi iste'moli uchun zararli boʻlgan mahsulotlar kirib kelishini oldini olishdir.
Respblikamizda eksport salohiyatida qishloq xoʻjaligining, ayniqsa, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining ahamiyati juda yuqori. Oxirgi paytlarda bu mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha hukumat tomonidan bir qancha qarorlar qabul qilinmoqda va imtiyozlar yaratilmoqda. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari oʻziga xos taʼmi va mazasi bilan xorij bozorlarida azaldan nom qozongan va oʻz xaridorlariga ega.
Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida agrar sohada tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etishda, yaʼni qishloq xoʻjalik mahsulotlarini eksportini oshirish, xalqaro xamkorlikda sohani rivojlantirish, qishloq xoʻjalik sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali amalga oshirishda bir qator yechimini koʻtayotgan masalalar mavjud. Shu bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshi­rish orqali xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan oʻsishi bu jarayonlarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yanada yuksak ta­lablar qoʻymoqda. Bularning barchasi iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida agrar sohada tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish yoʻllari boʻyicha nazariy va amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fani oʻrganish orqali mamlakatda har bir sohada eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan birga, uni tashqi bozorlarga olib chiqish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi amalga oshirish imkonini beradi.
Download 45.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling