Tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashning ayrim jihatlari
Download 28.46 Kb.
|
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING AYRIM JIHATLARI Suyunov Abdunor Miltikbaevich Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona instituti dotsenti, f.-m.f.n. Muxammadieva Moxinur Ulug'bek qizi Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona instituti kursanti Davlatning iqtisodiy manfaatlarini o'z vakolatlarida himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash bojxona xizmati organlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash -kontrabanda va bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurashish, noqonuniy valyuta operatsiyalarining oldini olish, bojxona to'lovlarini o'z vaqtida va to'g'ri undirish orqali davlat budjetni to 'Idirish kabi masalalarni o 'z ichiga oladi. Mazkur maqolada tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashning ayrim yo'nalishlari ko 'rib chiqilgan. Kalit so'zlar: iqtisodiy xavfsizlik, tahdidlar, tashqi iqtisodiy faoliyat, bojxona organlari, bojxona tartib-tamoillari, bojxona to 'lovlari, valyuta operatsiyalari, kontrabandaga qarshi kurashish, yashirin iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, raqamli bojxona. В пределах своей компетенции защита экономических интересов и обеспечение экономической безопасности Республики Узбекистан является основной функцией таможенной службы. Обеспечение экономической безопасности во внешнеекономической деятельности включает в себя такие вопросы, как борба с контрабандой и нарушением таможенных правил, предотвращение незаконных валютных операций, пополнение государственного бюджета за счет своевременного и правильного взимания таможенных пошлин. В данной статье рассматриваются некоторые направления обеспечения экономической безопасности во внешнеекономической деятельности. Ключевые слова: экономическая безопасность, угрозы, внешнеекономическая деятельность, таможенные органы, таможенные процедуры, таможенные пошлины, валютные операции, борьба с контрабандой, теневая экономика, цифровая экономика, цифровая таможня. ANNOTATSIYA АННОТАЦИЯ Scientific Journal Impact Factor ABSTRACT Protecting the economic interests of the State within its competence and ensuring its economic security is the main function of the customs service. Ensuring economic security in foreign economic activity includes such issues as the fight against smuggling and violation of customs rules, prevention of illegal currency transactions, replenishment of the state budget through timely and correct collection of customs duties. This article discusses some areas of ensuring economic security in foreign economic activity. Keywords: economic security, threats, foreign economic activity, customs authorities, customs procedures, customs duties, currency transactions, anti-smuggling, shadow economy, digital economy, digital customs. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, uning mustaqilligini, barqarorligini ta'minlash kafolatidir. Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligining muhim shartlaridan biridir. U milliy resurslar ustidan davlat nazoratini o'rnatadi, milliy manfaatlar himoyasi nuqtai nazaridan tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soladi, mamlakat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish qudratini oshiradi. Ilk qarashda, "iqtisodiy xavfsizlik" tushunchasi iqtisodiy manfaatlarning xavfdan holi ekanligi, himoyalanganligini anglatadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda davlat boshqaruv organining ahamiyati to'g'risida so'z yuritilganida, albatta uning biror bir shaxs yoki guruh manfaatlarini himoyalanishi nuqtai nazaridan emas, balki shaxs, guruh, jamiyat va davlat manfaatlarini mujassam etgan milliy iqtisodiyot xavfsizligidagi ahamiyatiga izoh beriladi. Bu ma'noda, "iqtisodiy xavfsizlik" tushunchasi O'zbekiston iqtisodiyotini boshqarish organlari atamashunosligida yangi hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlar boshqaruv tuzilmalari amaliyotida esa avvaldan qo'llanib kelinayotgan tushuncha bo'lib, keng sharhlanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Rus iqtisodchi olimi V.Pankovning talqinicha, "milliy iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiyotning shunday holatiki, bu uning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining bir zayl davom etishiga halal beradigan, aholining erishilgan hayot darajasini izdan chiqarib, jamiyatda kuchli ijtimoiy tanglikni yuzaga keltiradigan, shuningdek, davlatning KIRISH Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9 educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 suverentligiga xavf tug'diradigan tashqi va ichki omillar ta'siriga "bardoshli immuniteti" bilan tavsiflanadi1". MUHOKAMA VA NATIJALAR Y. Prudiusning fikricha "iqtisodiy xavfsizlikning uch asosiy darajasi mavjud bo'lib, quyi (asosiy) darajasi o'z ichiga moddiy bazani, o'rtacha darajasi tashkiliy-huquqiy asoslarni, yuqori darajasi uni ta'minlashning chora-tadbirlaridan iborat"2. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra: "iqtisodiy xavfsizlik - bu shunday sharoitki, unda milliy iqtisodiyotning mustaqilligi, barqarorligi, bardavomligi ta'minlanadi, doimiy yangilanish va muvofiqlashish qobiliyati yaratiladi"; "iqtisodiy xavfsizlik deganda, iqtisodiyotning milliy va xalqaro darajada umumiy ehtiyojlarni samarali qondirish qobiliyati tushuniladi"; "iqtisodiy xavfsizlik deganda, milliy iqtisodiyotning normal faoliyatini, aholining mavjud turmush darajasini buzilishiga ta'sir etuvchi, oqibatda, jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni yuzaga kelishi, hamda davlat hayotiga xavf solishi mumkin bo'lgan, tashqi va ichki tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyati tushuniladi". "iqtisodiy xavfsizlik bu shunday holatki, xalqaro iqtisodiy tizimda ishtirok etayotgan milliy xo'jalikka, o'z iqtisodiy suverenitetini amalga oshirish, iqtisodiy qudratini mustahkamlash va turmush darajasi sifatini yaxshilash imkonini beradi" Ilmiy adabiyotlarda milliy iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga yagona ta'rif berilmagan. Ayrim mutaxassislar iqtisodiy xavfsizlikni xalqaro iqtisodiy tizim xavfsizligi muammolari bilan bog'lagan holda (iqtisodiy o'sishning bir xilda emasligi, qarzdorlikning ortishi, ochlikning tarqalib borishi va shunga o'xshash boshqa jahon iqtisodini beqarorlashtiruvchi omillar), boshqa mutaxassislar esa, milliy iqtisod o'sishiga ta'sir etuvchi sharoit yaratish (xorijiy xom-ashyo va resurs manbalaridan foydalanish, investitsiya kirib kelishi barqarorligi, tovar va xizmatlar ayrboshlanishi erkinligi kafolatlanganligi) bilan bog'lagan holda ta'riflaydi. Yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, iqtisodiy xavfsizlik tushunchalari o'zida suverenitet, iqtisodiy qudrat, raqobatbardoshlik, iqtisodiy o'sish, normal turmush darajasi kabi asosiy elementlarni mujassam etgan. Mamlakatning iqtisodi o'sib borishi sari, tashqi sharoit va ichki omillar o'zgarib, uning ta'sirida mamlakat iqtisodiy manfaatlari yangidan shakllanib boradi. Shu bois, bir jihatan, iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi doimiy o'zgartirish kiritish va aniqlikni 1 В.Паньков., Экономическойбезопасность: сущность и проявления. Международная жизнь, 2010, №12, с.107-119, 2 Прудиус Е. В, «О понятии и системе экономической безопасности», Бизнес в законе, 2008, №1, С.66 -70 138 Scientific Journal Impact Factor talab etsa, boshqa jihatan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi, manfaatlariga ta'rif berishda hamda xavflarni aniqlashda, muayyan tarixiy davr yoki biror bir davlat amaliyotiga yondoshilganligini kuzatish mumkin. "Iqtisodiy xavfsizlik" atamasi rasman 1985 -yilda BMTning Bosh Assambleyasining 40-sessiyasida "Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik" rezolyusiyasida qabul qilingan. Unda har bir mamlakatning taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadida, halqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlanishiga ko'maklashish lozimligi belgilangan. BMT Bosh Assambleyasining 42-sessiyasida - Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilingan. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun-mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to'xtalib o'tish kerak deb hisoblaymiz. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma'naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo'lish va farovonlikka intilish to'g'risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g'oyaviy va boshqa omillar ta'siri tahdidlaridan himoya qilishga yo'naltiriladi. Tahdid - shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi holatini baholash me'yorlaridan biri hisoblanadi. Tahdidlarni tasniflashga muayyan yondashuvlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda 467-I-son qonuni bilan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasida ko'rsatib o'tilgan. Bunda, ular maqsadli qaratilgan ob'ektlariga -shaxsga, jamiyatga va davlatga solinadigan, tahdidga ko'ra, tashqi va ichki, real va potensialga bo'linadi. Namoyon bo'lishining miqyosi yoki tarqatilganligiga ko'ra, global, mintaqaviy va milliyga bo'linadi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda bojxona organlarining o'rni ahamiyatli hisoblanadi. "Davlat bojxona xizmati to'g'risida"gi qonunda bojxona organlari o'z vakolatlari doirasida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, mamlakat hududiga kirib kelayotgan tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish, bojxona to'lovlarini undirish kabi vazifalarni bajarishlari belgilangan. Bojxona organlarining iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashdagi asosiy funksiyalari: 1) fiskal, 2) himoya, 3) rag'batlantirish, 4) proteksionistik, 5) nazorat, 6) huquq-tartibot, 7) axborot berish hisoblanadi. Scientific Journal Impact Factor Fiskal funksiya - davlat budjetining daromadlar qismini bojxona bojlari, soliqlar va yig'imlarni undirish orqali to'ldirish. Himoya funksiyasi - bojxona organlari xorijiy eksportchiga davlat subsidiyalari taqdim etilgan ishlab chiqarishdagi import tovarlar yoki tovarlarni demping sotish oqibatida ichki korxonalarga yetkazilgan iqtisodiy zararning oldini oladi. Kompensatsiya, maxsus va dempingga qarshi bojlar himoya vositasi sifatida qo'llaniladi. Rag'batlantirish funksiyasi - bojxona organlari import tovarlar oqimini past bojxona stavkalarini qo'llash orqali rag'batlantiradi. Ayrim hollarda tovarlar importiga bojxona to'lovlari belgilanmasligi ham mumkin. Proteksionistik funksiya - davlatning ichki bozorini chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chikaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini rag'batlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosati. Nazorat funksiyasi - bojxona organlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari belgilangan taqiq va cheklovlarga rioya qilishini, valyuta nazoratini, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni nazorat qiladi. Axborot funksiyasi - bojxona organlari davlat va hukumat rahbariyatiga, vakolatli davlat organlariga tashqi savdo bojxona statistikasi ma'lumotlarini taqdim etadi. Huquqni muhofaza qilish funksiyasi - bojxona organlari kontrabanda va bojxona qoidalarini buzish sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashadi. So'nggi -yillarda bojxona organlarini isloh etish, ularning samaradorligini oshirish va ularning faoliyatiga ilg'or, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Jumladan: tovar va transport vositalarini «yalpi» bojxona nazoratidan o'tkazish tartibi bekor qilindi hamda ularni tanlov asosida bojxona nazoratidan o'tkazishni nazarda tutuvchi xavflarni boshqarish tizimi joriy etildi; vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etildi; bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni chiqarib yuborish vaqti bir necha martaga qisqartirildi; chegara bojxona postlarini jahondagi ilg'or ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy inspeksion-ko'rik majmualari bilan jihozlash amalga oshirildi. Hozirda bojxona tartib-tamo-yillarini yanada soddalashtirish, bojxona tizimida raqamli texnologiyalarni keng qo'llash orqali inson omilini kamaytirish, bojxona nazorati shakllarini xavflarni boshqarish prinsiplariga asoslangan zamonaviy axborot- Scientific Journal Impact Factor kommunikatsiya texnolologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, sodda qilib aytganda "Raqamli bojxona"ga o'tish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishda axborot tizimlarining o'rni katta ekanligini tushungan holda, rasmiylashtiruv bilan bog'liq jarayonlar to'liq avtomatlashtirildi. Bugungi kunda bojxona organlari 65 ta axborot tizimlari va 28 ta interaktiv xizmatlar (shundan, 2020 -yil davomida 6 ta axborot tizimlari va 13 ta interaktiv xizmatlar) tatbiq etilgan. Xususan, bojxona organlarida "Xavfni boshqarish" tizimining joriy etilishi natijasida, bugungi kunda qonunga itoatkor tadbirkorlarning eksport va importga yo'naltirilayotgan mahsulotlari tezkorlik bilan bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2017-yil 22-dekabr) bojxona organlarida 2018-yildan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari uchun bojxona ko'rigida xavf-xatardan ogoh etish tizimi, ya'ni tadbirkorlarning qanchalik halol ekaniga qarab, ularni "yashil" va "qizil" yo'laklar orqali o'tkazishni joriy etish bo'yicha aniq vazifalar belgilab bergan edi. Shu maqsadda qabul qilingan "Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmon davlat bojxona xizmati organlari tizimidagi keng ko'lamli islohotlarning yangi davrini boshlab berdi. Farmonga binoan tovar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish jarayonida "Xavfni boshqarish" avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga tatbiq etish belgilandi. Natijada, "yalpi" bojxona nazoratini o'tkazishdan voz kechgan holda, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati 4 ta yo'laklardan biriga yo'naltirilgan holda amalga oshirilmoqda. Xo'sh, bu yo'laklar bir-biridan qanday farqlanadi. "Sariq yo'lak", bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma'lumotlarni tekshirish bo'yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o'rta ko'rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi; "Qizil yo'lak", bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko'rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi; Scientific Journal Impact Factor "Yashil yo'lak", bunda xavf darajasi past bo'lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to'g'risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi; "Ko'k yo'lak", bunda xavf darajasi o'rta ko'rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so'ng amalga oshiriladi. Xo'sh, xavf o'zi nima? Xavf bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligi ehtimolining darajasi bo'lib, xavfni boshqarish - xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qo'llanilish samaradorligini baholash, shuningdek bojxona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud bo'lgan axborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko'rib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlardir. Sodda qilib aytganda, xavfni boshqarish tizimi bojxona qoidalariga amal qiluvchi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, o'rnatilgan tartibotlarga rioya qilmaydigan TIF ishtirokchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga mo'ljallangan. Amaldagi qonunchilikda bojxona rasmiylashtiruvi muddati uch kun qilib belgilanganligiga qaramasdan tovarlarni rasmiylashtirish uchun sarflanadigan vaqtning qisqarishiga erishildi. Tizim ko'magida tovarlarni bojxona ko'rigisiz rasmiylashtirish amaliyoti joriy etildi. Xususan, tizim joriy etilishiga qadar barcha tovarlar bojxona ko'rigidan o'tkazilar edi. Ushbu tizim joriy etilishi bilan bojxona ko'riklari soni -1,6 marotaba kamayib, ko'rik samaradorligi - 1,7 baravarga ortdi. Tizimi orqali eksportda 82,9 %, importda 62,4 % yuklar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Xavfni boshqarish tizimi orqali eksportda tovarlarning vazni bo'yicha 95 %, tovar partiyalarining 85 %, importga rasmiylashtirilgan tovarlarning og'irligi bo'yicha 66 %, tovar partiyalarining 49 % bojxona ko'rigisiz amalga oshirilmoqda. Vaqt sarfi eksportda 4,5 martaga va importda 2 barobarga qisqardi. Mazkur tizim joriy etilishga qadar barcha TIF ishtirokchilariga bojxona organlari tomonidan bir xil baho berilgan bo'lsa, bugungi kunda (2021 -yil iyun holatiga) jami 105 800 ta TIF qatnashchilarining faoliyati ko'rsatayotgan bo'lib, ulardan 74 403 tasi halollik darajasi bo'yicha baholandi. 2021-yilning yanvar-iyun oylari davomida bojxona organlarida rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalarining 29 foizi yoki 113 007 tasi "yashil" yo'lak tartibida; 47 foizi yoki 184 948 tasi "sariq" yo'lak tartibida; Scientific Journal Impact Factor 24 foizi yoki 92 819 tasi "qizil" yo'lak tartibida rasmiylashtirilgan. "Xavfni boshqarish" avtomatlashtirilgan axborot tizimidan samarali foydalanilishi, xavflarni minimallatirish choralari qo'llanilishi natijasida o'tgan davr mobaynida davlat budjetiga 101,3 mlrd. so'mlik qo'shimcha bojxona to'lovlari undirildi. Jahon banki O'zbekistonni "Biznesni yuritish" xalqaro reytingi doirasida biznesni ilgari surish sohasida ulkan islohotlarni amalga oshirgan davlat sifatida qayd etdi va bojxona tizimida xavflarni tahlil qilish asosida sifat jihatidan yangi bojxona nazorati tartiblari joriy etilganligini ta'kidlagan. 2020-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etilgan "Yagona darcha" bojxona axborot tizimining bugungi faoliyati haqida so'z yuritadigan bo'lsak, mazkur tizim orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda 6 ta organning 17 ta ruxsat berish tusidagi hujjatlarini inson omilisiz berish tartibi joriy qilindi. Davlat bojxona qo'mitasi "Monitoring" AATga Rossiya, Qozog'iston va yaqindan boshlab qo'shilgan Afg'oniston bojxona xizmatlari tomonidan O'zbekistonga eksport uchun rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari elektron shaklda yuklanib tovarlar respublikamiz hududiga kirib kelish jarayonida barcha zarur ma'lumotlarni oldindan olish imkonini bermoqda. O'zbekiston a'zo bo'lgan (21.12.2020-yildagi O'RQ-654-son) Bojxona tartib -taomillarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish bo'yicha Xalqaro Kioto konvensiyasi (Kioto, 1973-yil 18-may, 1999-yil 26-iyunda qabul qilingan o'zgartirishlar bilan) Bosh ilovasi 6-bob 6.2-standartiga muvofiq, bojxona nazorati bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini ta'minlash uchun zarur darajada cheklanadi. Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish hamda bir vaqtning o'zida TIFning davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini ta'minlash vositalaridan biri bojxona auditi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 -yil 5 iyundagi PF-6005-son Farmonida bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin TIF ishtirokchisi faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish belgilangan. Bojxona auditini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga ko'ra, bojxona auditi -tovarlarni chiqarishga ruxsat berilgandan so'ng bojxona to'g'risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilganligini vakolatli shaxslar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xo'jalik faoliyatiga bog'liq hujjatlarda aks ettirilgan ma'lumotlar bilan solishtirgan holda o'rganish va tekshirishga asoslangan bojxona nazorati shakli. Scientific Journal Impact Factor Bojxona auditi ikki xil usulda amalga oshiriladi: kameral bojxona auditi — bojxona auditini vakolatli shaxsning ish joyi va yoki o'z faoliyatini amalga oshiradigan hududga bormagan holda amalga oshirish; sayyor bojxona auditi — bojxona auditini vakolatli shaxsning ish joyi yoki o'z faoliyatini amalga oshiradigan hududda yoxud tovarlar joylashgan joyda amalga oshirish. Bojxona auditi bojxona qoidalariga amal qiluvchi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, o'rnatilgan tartibotlarga rioya qilmaydigan TIF ishtirokchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga mo'ljallangan. Jahon savdo tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, bojxona auditining amaliyotga joriy etilishi savdo xarajatlarining 14,3 foizga kamayishiga va jahon savdosini 1 trln. AQSh dollariga oshishiga olib kelishini o'z tavsiyalarida ta'kidlab o'tgan. Bojxona auditi yo'nalishidagi bojxona organlariga belgilangan vazifalar ijrosi bo'yicha, 2021-yil yanvar-iyun oylari davomida jami 56,7 mlrd so'mlik qo'shimcha bojxona to'lovlari hisoblanib, bugungi kunga qadar mazkur qo'shimcha hisoblangan bojxona to'lovlarining 12,2 mlrd so'm (21,5%) qismi undirib olindi hamda 21,2 mlrd so'mlik tovarlar ushlab qolindi. Olib borilgan tahlil ishlari natijasida quyidagi yo'nalishlarda qo'shimcha bojxona to'lovlari hisoblangan: bojxona to'lovlaridan berilgan imtiyozlar noto'g'ri qo'llanilishi natijasida 42,2 mlrd so'm (jami qo'shimcha hisoblangan bojxona to'lovlarining 74,6%); bojxona qiymatiga aniqlik kiritilishi natijasida 4,8 mlrd so'm (8,5%); tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalari noto'g'ri qo'llanilishi natijasida 3,3 mlrd so'm (5,8%); tovarlarning TIF TN kodlari noto'g'ri tasniflanishi natijasida 2,4 mlrd so'm ushlab qolingan tovarlarning sud qarori asosida egasiga qaytarilishi natijasida bojxona to'lovlari undirilishi bo'yicha 1,2 mlrd so'm (2,1%); bojxona stavkalari noto'g'ri belgilanishi natijasida 63,4 mln so'm (0,1%); boshqa yo'nalishlarda olib borilgan tahlil ishlari natijasida (misol uchun, bojxona ko'rigi, utilizatsiya yig'imi va boshqalar) 2,6 mlrd so'm (4,6%). Shuningdek, bojxona qiymatini pasayishining oldini olishga qaratilgan 150 ga yaqin mantiqiy nazorat shakllari tomonidan bojxona qiymatini 3Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH ^aB^ar CTarHCTHKa rçyMHTacH Ba ^aB^ar 6o®xoHa rçyMHTacH Mat^yMoraapngaH $OHga^aHH^raH. Scientific Journal Impact Factor pasaytirilishining oldini olish hisobiga 2020-yilda 8402 holatda 195 mlrd. 213,9 mln. so'm bojxona to'lovlari yo'qotilishining oldi olindi. Bojxona qiymatini nazorat qilish yo'nalishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish natijasida qo'shimcha 305,4 mlrd. so'm bojxona to'lovlari undirildi. Qo'shimcha hisoblangan bojxona to'lovlari tahlil qilinganda, tovarning nomini yoki TIF TN kodini bojxona stavkalari past miqdordagi o'xshash tovarlarga o'zgartirilishi natijasida import bojxona boji stavkalarining noto'g'ri qo'llanilish holatlari uchrab turibdi. Bu holat 2020 -yilda qo'shimcha hisoblangan bojxona to'lovlarining tarkibida 8,8 foizni tashkil etdi. Bojxona xizmati organlari xom-ashyo, tovar, valyuta, xizmat va kapital olib kelish, olib chiqish ustidan davlat nazoratini o'rnatish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, milliy ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash, davlat budjeti daromadini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarishi barobarida mamlakat iqtisodiy manfatlarini o'z vakolatlari darajasida himoya qiladi va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaydi. Shu maqsadda, bojxona organlari oldida turgan quyidagi muhim vazifalarni aniqlashga harakat qilindi: birinchidan, O'zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga, YevroOsiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a'zo bo'lishiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmlarini bosqichma-bosqich uyg'unlashtirish, huquqiy, ma'muriy, tashkiliy-texnik jihatdan bojxona ishini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish zarur. Islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga to'siq bo'layotgan yoki tovarlar harakati sur'atiga ta'sir etayotgan ma'muriy cheklovlarni aniqlash, qisqartirish va bojxona ma'muryatchiligini yanada soddalashtirish prinsipiga tayanish lozim; ikkinchidan, bojxona ishi, xususan bojxona nazoratini amalga oshirishda zamonaviy tekshiruv, kuzatuv texnik vosita va moslamalarni qo'llash, tashqi axborot almashishning yagona lokal tizimini yaratish, axborotni qayta ishlash texnologiyalari va tezkor aloqa vositalaridan foydalanish orqali tizimni to'liq raqamlashtirish, idoralararo va davlatlararo tehnologik dasturlar asosida ishni tashkil etish lozim. Umuman, O'zbekiston Respublikasi bojxona organlari iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etishini e'tiborga olib, uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish va salohiyatini yanada mustahkamlash, mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari va tamo-yillariga tayangan holda ilmiy asoslanilgan islohotlarni olib borish zarur. XULOSA Scientific Journal Impact Factor REFERENCES 1. O'zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi qonuni. T., 2000-yil. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018-yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoni. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5 iyundagi "Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-6005-son Farmoni. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Hozirgi davrga kelib «mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etayotganini» e’tiborga olgan holda, shuningdek, «olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Resnublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu hujjatda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi 5finlarda Harakatlar strategiyasi) mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida «davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi. Mazkur vazifa mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratildi. Harakatlar dasturida Oliy Majlisning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asosan boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan muvozanatni va o‘zaro bir-birini tiyib turishni ta’minlash, uning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish maqsadida «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan parlament nazorati shakli sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, Oliy Majlisning tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni (bundan keyin biznes ombudsman) parlament nazorati sub’ekti sifatida belgilanishi ko‘rsatildi. Harakatlar strategiyasida Prezident Sh.M. Mirziyoev ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish, Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul qilishi eng asosiy demokratik qadriyatlardan biri ekaniga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining o‘z saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo‘lishi, ularning echimlarini topishda ishtirok etishi, mahalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Chunki, oliy vakillik organi deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili, Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun ham parlament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir. Qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda tubdan oshirish. Harakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganini o‘rganish; qabul qilingan normativhuquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash; davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va hokazo. Biznes ombudsmanni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizdagi tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi bajarilishi ustidan parlament nazorati o‘tkazishdan iborat bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, biznes ombudsman har bir fuqarolik jamiyati uchun xos bo‘lgan huquq mamlakat fuqarolarining iqtisodiy huquqlarini himoyalash va ta’minlashning asosiy instituti sifatida faoliyat yuritishi muqarrardir. Ko‘rinib turibdiki, biznes ombudsmanga berilishi nazarda tutilayotgan huquk va vakolatlar mamlakatimiz iqtisodiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlarning o‘z ish salohiyati, uddaburonligi, ishchanligi va gayrat-shijoatini to‘liq ravishda ro‘yobga chiqara olishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Mulkdorlar sinfini bu kabi huquqiy asoslar va institutlar vositasida himoyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir alohida davlat siyosati uchun asos solinishi bu mamlakatimizning rivojlangan davlatlar uchun xos bo‘lgan xuquqiy davlat sari intilayotganini anglatadi. Harakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi konuni loyihasini ishlab chiqish, unda mazkur qonunning normalarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘grisida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunlarga moslashtirish, ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutildi. Bu strategik vazifalarning ilgari surilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan keyin Xalq qabulxonalari) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (bundan keyin Virtual qabulxona) vazifalari va vakolatlarining belgilanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Prezident farmonida aholi bilan to‘g‘ridan-tug‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon davlat organlari) va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish kabi vazifalar belgilangan. Shu bilan birga, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda parlament nazoratini fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga xos bo‘lgan darajaga ko‘tarish dolzarb vazifaga aylangan edi. Shuning uchun ham Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) yuqorida qayd etilgan qonunlarda nazarda tutilgan qonunlar ijrosi, ularning shaffofligini ta’minlash jarayonlarini parlament nazorati ostiga olishi uchun qator vakolatlar beradi, fuqarolarning o‘z qonuniy huquq va erkinliklarining buzilayotganiga doir murojaatlarini adolatli va samarali tarzda hal etishga imkoniyatlar yaratadi. Parlamentning inson huquq va erkinliklarini himoyalash va ta’minlashga doir faoliyatini olib boradigan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning huquqi va mustaqil institut sifatida faoliyat yuritishi kafolatlanadi. Harakatlar strategiyasida davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeini oshirishga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunining loyihasini ishlab chiqish, unda Oliy Majlis palatalarining davlat tashqi siyosatini amalga oshirishda ularni xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda parlament diplomatiyasidan keng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga doir maqsadlarni ilgari surishi uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish nazarda tutildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida davlatimiz tashqi siyosatini yanada demokratlashtirish, dunyodagi mamlakatlar bilan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish, milliy manfaatlarni xalqaro maydonda himoya qilish, jahon integratsiyasiga yanada chuqurroq kirib borish kabi jarayonlarning huquqiy asoslari rivojlantiriladi, bu sohada parlamentning rolini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Harakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida «Elektron parlament» tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, uni qabul qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash, unda milliy parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish vositasida xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglari joylashgan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini yuborish, shuningdek mazkur hududsagi vaziyatdan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish imkonini yaratish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutilmokda. «Elektron parlament» tizimini rivojlantirish mamlakatimizda parlamentning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini yanada oshiradi, parlamentning saylov okruglaridagi fuqarolar, mahalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini kuchaytiradi, ular bilan elektron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Parlament palatalarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, «Elektron parlament» shaklidagi axborot-kommunikatsiya vositalari parlament palatalari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni bog‘lab turuvchi vosita vazifasini bajarishidan tashqari. fuqarolarning turli manfaatlarini qonunlar va parlamentda ifoda etuvchi institut sifatida namoyon bo‘ladi. Bu holat o‘z-o‘zidan fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faollashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, bu jarayonda fuqarolar ijtimoiylashuvining asosin komponentlaridan biri fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy ongi ham oshib boradi. Navbatdagi muhim vazifa siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat. Harakatlar strategiyasida siyosiy partiyalar deputatlik guruxdarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat qilishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish, tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni takdim etish huquqini berish, Qonunchilik palatasi deputatlariga joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo‘limlarining vakillarini biriktirib qo‘yish kabi muhim faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish nazarda tutildi. Mamlakatda «saylovchilar (fuqarolar) siyosiy partiyalar parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruxdari) qonunlar, me’yoriy hujjatlar, davlat organlari qarorlari» sxemasi asosida fuqarolarning manfaatlari va irodasini davlat hokimiyati, jumladan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda, mahalliy davlat boshqaruvi xalq manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi asosida partiya guruhlariga yangi huquq va vakolatlar berilishi mahalliy vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida mahalliy deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, mahalliy vakillik organlarida shakllangan partiya guruxdari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jihatdan ta’sirchan kuchga aylanishi, hududdagi muammolarni ko‘tarib chiqish, ularning echimini topishga doir faoliyatini jonlantirish uchun zamin tayyorlaydi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muhiti partiya guruhlari o‘rtasida yaqqol sezilib turishiga muhim ahamiyat berish, turli dasturiy va g‘oyaviy maqsadlar o‘rtasidagi munozaralar, aholi orasida o‘z elektorati qarashlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi. Siyosiy partiyalarning mahalliy vakillik organlarida partiya guruhlari rolini oshirishdan asosiy maqsad muhim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat hokimiyati organlarini shakllantirishni xalq irodasi va xohish-istagi asosida amalga oshirishdan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu siyosiy partiyalarni demokratik talablar darajasida rivojl antirishdir. Mahalliy vakillik organlaridagi partiyaviy guruxdarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoitlar yaratib beradigan me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish fuqarolarning manfaatlarini mahalliy vakillik organlarida ifodalash va himoyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Mahalliy kengashlardagi partiyaviy guruxdarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoit yaratib beradigan me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish partiyaviy guruhlarning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi muqarrar. Harakatlar strategiyasida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi Doimiy vakili (bundan keyin Doimiy vakil) lavozimini ta’sis etish, uning doimiy vazifasi qonun chikaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning qonun ijodkorligi sohasida, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etitttda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilishi ko‘rsatildi. Bu kabi Doimiy vakil instituti barcha rivojlangan davlatlarda parlament va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning alohida bir bo‘g‘ini sifatida o‘zini namoyon qilmokda. Bu kabi hamkorlik ijro hokimiyatining qonunlar loyihasini takomillashtirishdagi rolini oshirishga, konunlar ijrosi samaradorligini ta’minlashga, hukumat va parlament o‘rtasidagi aloqalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga, qonun ijodkorligi jarayonida ijro etuvchi hokimiyat nuqtai nazariga e’tibor berilishini ta’minlaydi. Download 28.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling