Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport operatsiyalari


Tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari


Download 36.26 Kb.
bet6/8
Sana04.04.2023
Hajmi36.26 Kb.
#1327236
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport operatsiyalari

3.Tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari. Dunyoda hech bir mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirmay yuksala olmaydi. Chunki har qanday iqtisodiy yuksak rivojlangan mamlakat ham o’zi ko’plab ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini chetga sotishga, yetishmaydigan ayrim mahsulotlarni esa chetdan sotib olishga majbur bo’ladi. Dunyo mamlakatlari bir-birlari bilan juda xilma-xil tashqi iqtisodiy aloqalar olib boradilar.
O’zbekiston ham tashqi iqtisodiy aloqalar qilishda quyidagi xilma-xil shakllardan foydalanmoqda:
1. Tashqi savdo. Respublikamiz rivojlangan 14 ta, rivojlanayotgan 12 ta, o’tish davri iqtisodiyotiga ega bo’lgan 9 mamlakat bilan savdo aloqalariga ega (2000 yil). Ular orasida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya rivojlanayotgan malakatlardan Turkiya, Pokiston, Xindiston, Indoneziya bor, shuningdek Xitoy, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Vetnam kabi mamlakatlar bilan an’anaviy savdo aloqalarini kengaytirib bormoqda. Isroil, Ispaniya, Lixtenshteyn, Gollandiya, Koreya, Singapur, Gonkong, BAA bilan ham savdo aloqalari yo’lga qo’yilgan. O’zbekistonga 30 dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bug’doy, go’sht, sut mahsulotlari, saryog’, shakar, moyli o’simliklar urug’lari va meva, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmatsevtika, mahsulotlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar, uskunalar va jixozlar importning asosiy bandlarini tashkil etadi. Mamlakat chetdan oladigan jami tovarning 18,2% dan ko’prog’ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi (1993 yilda 60%).
O’zbekiston xukumati ko’rgan chora tadbirlar natijasida respublikada 1994-99 yillarda g’alla yetishtirish keskin ko’paydi. Galla importi deyarli ikki marta, guruch importi 10 marta, umuman oziq-ovqat mahsulotlari importi 11,5 marta qisqardi. O’zbekistonning tashqi savdo balansi aktiv saldoga ega bo’lib bormoqda.
2. Moliya - kredit munosabatlari tobora kengaymoqda. AQSH, Germaniya, Turkiya, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta xajmda eng yangi mashina va uskunalar hamda tehnologiyalar importini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini markazlashtirgan holda xarid qilishni moliyalash, Ko’kdumalaq gaz-neft konini o’zlashtirish loyixalarini kreditlash bo’yicha bitmlarni imzoladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Muruntov oltin konlaridan oltin, kumush va boshqa nodir metallarni ajratib olishga ixtisoslashgan “Zarafshon-Nyumont” O’zbekiston-AQSH qo’shma korxonasini qurilishini moliyalash va boshqa moliya mablag’larini muvofiqlashtirish bo’yicha bitimlar imzolandi.
3. Ilmiy - tehnikaviy hamkorlik ayrim ilmiy-tehnikaviy ishlarni birgalikda xal qilish, axborot tizimini chuqurlashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorliklarni o’z ichiga oladi.

Download 36.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling