Tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


-Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar


Download 85.06 Kb.
bet5/7
Sana25.08.2023
Hajmi85.06 Kb.
#1670252
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MALAKA TALABLARI (Magistratura)

70310802-Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

  1. Umumiy kompetensiyalar:

- ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosi, iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, ilmiy tadqiqot va pedagogika metodologiyasini bilishi va kasbiy faoliyati undan zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilishi;
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
- o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va taxdil kilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
- o‘z faoliyatida me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalana olishi, o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
- internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- axborot texnologiyalaridan foydalana olish, axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va aqamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi.

    1. Kasbiy kompetensiyalar:

- ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilish;
- ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashishni bilish;
- ilmiy faoliyati natijalari bo‘yicha davlat va xorijda e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash malakalariga ega bo‘lishi;
- ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- ichki va tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zlashtirish va amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalkaro boshqarma va bo‘limlarida kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha strategik rejalarni ishlab chikish, davlatlararo nizolarni hal etish yuzasidan ilmiy-konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chikish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishni bilish;
- xalqaro tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
- ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash;
- me’yoriy-huquqiy hujjatlarni siyosiy va hukuqiy espertizadan bilish va amalda qo‘llash malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Download 85.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling