Tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Download 85.06 Kb.
|
MALAKA TALABLARI (Magistratura)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida
Huquq-tartibot faoliyatida:
- qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, jamiyat, davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati subyektlarining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, turli mulk shakllarini himoya qilish; - jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish; - siyosiy jarayonlarga tahdid soluvchi omillarni bartaraf etishg a qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish: xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi jinoyatlar va qonunbuzarliklarni profilaktika qilish, ogohlantirish, aniqlash va ochish. Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida: - ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish; - tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalar tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish; - davlat boshqaruvi organlari faoliyatini rejalashtirish, siyosiy tahlil o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar; - saylovlar jarayonini tashkil etish, muhim siyosiy karorlar qabul qilish jarayonida faol qatnashish, milliy manfaatlarni himoya qilish borasidagi takliflar kiritish yo‘li bilan siyosiy barkarorlikni ta’minlash; - qabul kilinadigan karorlarni milliy, mintaqaviy va global xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida ularni xavf-xatar va oqibatlarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqishda hamda tanlab olishni asoslashda ishtirok etish; - davlatlararo hamkorlik shartnomalarini tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash, tezkor va statistik hisobotni olib borishni tashkil etish, hisobotlarni tuzish tartiblarini aniqlash; - ichki va tashqi siyosat istikbolini belgilash yuzasidan takliflarni ilgari surish, siyosiy fanlar hamda xalqaro munosabatlar sohasini rivojlantirish; - Uzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida, shu jumladan Diplomatik servis xizmati, Jahon axborot agentligi va Diplomatik kurslarda kasbiy faoliyatni amalga oshirish. Download 85.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling