Tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


-Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati mutaxassisligi bo‘yicha magistratura kasbiy faoliyatining tavsifi


Download 85.06 Kb.
bet2/7
Sana25.08.2023
Hajmi85.06 Kb.
#1670252
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MALAKA TALABLARI (Magistratura)

1.2. 70310802-Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati mutaxassisligi bo‘yicha magistratura kasbiy faoliyatining tavsifi
1.2.1. 70310802-Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati mutaxassisligi bo‘yicha magistratura kasbiy faoliyatlarining sohalari:
70310802-Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati - «Ijtimoiy va siyosiy, mintaqashunoslikka mansub fanlar” sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlar, ilmiy hamda siyosiy masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari va tashkilotlari; davlat boshqaruvi organlari; xalqaro tashkilotlar; siyosiy partiyalar; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari; tashqi ishlar organlari; xorijiy mamlakatlar bilan bog‘liq nodavlat va notijorat tashkilotlar; xususiyligi istalgan shaklda bo‘lgan ishlab chiqarish birlashmalarida xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 70310802-Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati mutaxassisligi bo‘yicha magistratura kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
- O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Diplomatik servis xizmati, Diplomatik kurslar;
- O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning O’zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- tizimli tahlil va optimal qaror qabul qilish jarayonlari;
- vazirliklar, davlat qo’mitalari, siyosiy partiyalar, hokimliklar va boshka davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo’limlari;
- miqdoriy va sifatli tahlil, deduktiv, statistik va kompyuterli modellashtirish, matnlarni va siyosiy jarayonlarni kuzatish asosida tahlil qilish va eksperimental uslublar jarayonlari;
- davlat va mahalliy boshqaruv organlaridagi boshqaruv jarayonlari;
- tizimli fikr yuritish, umumlashtirish, tahlil qilish, tadqiqot maqsadini belgilash qobiliyati, muammoni hal qilish yo‘nalishini aniqlay olish, milliy manfaatlar asosida xalqaro munosabatlar yo‘nalishini tushunish, baholash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish jarayonlari;
- xalqaro, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy va amaliy tadqiqot, nazariy va amaliy tahlil, modellashtirishni amalga oshirish jarayonlari;
- O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlaridan kelib chiqib, o‘z sohasining asosini kompleks anglashda tizimli tahlilni qo‘llash jarayonlari.



Download 85.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling