Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Endokrin tizlmi va moddalar almashinuvi


Download 0.64 Mb.
bet58/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Endokrin tizlmi va moddalar almashinuvi. Endokrin bezlar yoki ichki sekretsiya bezlari gormonlar ishlab chiqarib turadigan organlardir. Ichki sekretsiya bezlari tizimi bilan nerv tizimining faoliyati bir- biridan ajralmasdir. Organizmning funksional holatini shularning ikka

i I

Iasi idora etib boradi, chunonchi, gipotalamus bir vaqtning o‘zida vege- tativ nerv tizimi bilan endokrin tizimini idora etib boradigan markaz bo‘lib hisoblanadi. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi markaziy nerv tizimi nazorati ostida turadigan yagona bir tizimni hosil qiladi. Birorta bezning zararlanishi albatta butun endokrin tizim faoliyatining buzi- lishiga olib keladi. Qalqonsimon bez bir-biriga tutashgan ikkita bo‘lakdan ibo- ratdir. U boylamlar yordamida traxeya bilan uzuksimon tog‘ayga birikkan. Odam yutingan paytida bu bez so‘riladi. Qalqonsimon bez follikular (bez to‘qimasi) va biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan, biriktiruvchi to‘qimasida qon va limfa tomirlari, shuningdek nerv tolalari o‘tadi. Qalqonsimoni bez ikkita gornion - triyodtironin va tiroksin (triyo- dtironin) ishlab chiqaradi. Mana shu gormonlarning sintezi uchun yod va tirozin degan aminokislota bo‘lishi zarur. Tirozin bir yod atomini biriktirib olib; monoyodtirozin hosil qiladi, monoyodtirozin keyin yod biriktirib, diyodtirozin hosil qiladi. Mono va diyodtirozin hali gormonlar xossalariga ega bo‘lmaydi. Diyodtirozin atomlarining bir-biri bilan yoki monoyodtirozin atomlari bilan birikishi tireoid gormonlar triyodtironin va tiroksin hosil bo‘lishiga olib keladi. Qalqonsimon bez gormonlari qonda oqsillar bilan birikadi, shu narsa ularning to‘qimalarga tez o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gormonlar jigar, muskullar, miya va buyraklarda parchalanadi. Gormonlar ishlanib chiqishini gipofizning tircotrop gormoni ham- da simpatik nerv tizimi kuchaytirib boradi. Parasimpatik nerv tizimi (adashgan nerv) qalqonsimoni bez faoliyatini, aksincha, susaytiradi. Odamning yodga bo‘lgan sutkalik talabi 100-200 mkg ni tashkil etadi. Yod organizmga suv va ovqat bilan birga kiradi. Havoda arzimas miq- dorda yod bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling