Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKKOMODATSIYA 0‘ZGARISHLARI
AKKOMODATSIYA
Inson hayoti uchun uzoq va yaqin masofadan ko‘ra bilishning ahamiyati katta. Bu vazifani ko‘zdagi fiziologik mexanizm akkomodatsiya bajaradi. Akkomodatsiya ko‘zning uzoq va yaqinda turgan narsalarni aniq ko'ra bihsh uchun moslashuvidir. Akkomodatsiya yordamida to‘r pardada uzoq yoki yaqindagi narsalar shakli o‘z aksini topadi. Bujarayon ko‘z nur sindirish qobiliyatining turlanishi, gavhar sathi qiyasining o'zgaruvchanligi natijasida vujudga keladi. Gavhar sathi qiyasining o'zgaruvchanligi uning elastikligiga bog‘iiq bo‘lib, buni kipriksimon tanadagi muskulchalarning faol qisqarishi vujudga keltiradi. Akkomodatsiya mexanizmi; kipriksimon tana muskullari qisqarganda, gavharga yopishgan Sinn bogMamchalari bo‘shashib, gavhar qopchasining tarangligi kamayadi, shuning uchun uning oldingi yuzasi do‘ppayib, gavhar qalinlashib, nur sindirish kuchi ko‘payadi, natijada joylashgan buyumlar aksi to‘r pardaga tushadi. Akkomodatsiya doira muskullari bo'shashganida esa shu hodisaning aksi bo‘lib, qopcha o‘z holiga qaytadi va bir oz bo'shaydi, gavhar yupqalashib, to‘r pardaga uzoqda joylashgan buyumlarning aksi tushadi.Ko‘zni harakatga keltiruvchi asab tolalari hisobidan kipriksimon tanadagi doira muskullari qisqaradi va narsalarni yaqindan ko‘rish uchun gavharning nur sindirish qobiliyati kuchayadi, kipriksimon tanadagi radial muskul tolalari qisqarganda, uzoqdagi narsalarni ko‘rish uchun refraktsiya, aksincha, kuchsizlanadi. Akkomodatsiya- ning bu klassik nazariyasini Gelmgols yaratgan. AKKOMODATSIYA 0‘ZGARISHLARI Presbiopiya — bu akkomodatsiyaning inson yoshi qirqqa yaqinlashganda paydo bo‘ladigan o‘zgarishi, ya'ni akkomodatsiyaning susayishidir. Kishi yoshi ulg‘aygan sari ko‘z gavhari elastikligining kamayib borishi natijasida ilgari ko‘zga eng yaqindan ham yaqqol ko‘rinib turgan nuqtaning asta-sekin uzoqlashib borishidir. Bunda o‘qish-yozish yoki bichish-tikishdek mayda mashg‘ulotlarni bajarish qiyinlashib, ko‘zoynak taqishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Akkomodatsiya spazmi ko‘pincha ko‘z refraktsiyasining zo‘rayib ketishi, ko‘zning to'satdan faqat yaqindan ko‘radigan boiib qolishi, uning uzoqdan ko‘rish qobiliyatining susayishi bilan ifodalanadi. Spazmda ko‘zning faqat yaqindan ko‘radigan boiib qolishi, ko‘pincha yoshlarda kipriksimon tanadagi tegishli muskulchalarning normadan ortiq qisqarib (yoshlar juda ko'p kitob o‘qiganda yoki yozganda) toliqishi natijasida ko‘z gavharining nur sindirish kuchi oshadi. Bu holat kipriksimon tanadagi antogonist radial muskulchalar vazifasining susayishiga ham qisman bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan gavhar qiyasining kattalashuvi ko‘zning uzoqdan ko'rishiga ham salbiy ta'sir qiladi. Refraktsiyaga faol qatnashadigan inson ko‘zi akkomodativ apparatiga faqat qarilik emas, balki turii toksinlar, endokrin va nerv omillari, farmakologik moddalar ham yomon ta'sir qilishi mumkin. Inson yoshi oshgan sari akkomodatsiya kuchining kamayishi — presbiopiya fiziologik jarayondir. Buni tuzatish uchun ko‘zoynak tavsiya qilinadi. Demak, 40 yoshdan keyin ko‘zoynak kuchi har 5 yoshda 0,5 dptr ga, yoki har 10 yoshda 1,0 dptrga qo‘shilaveradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling