Tashqi savdo aylanmasi elastikligini tavsiflovchi ko`rsatkichlar
Sodda foizlarda oshgan qiymat summasi qaysi formula bilan hisoblaniladi? Misollar keltiring
Download 38.47 Kb.
|
4 JORIY NAZORAT STAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Regionning eksport kvotasi
- Regionning import kvotasi (KI)
- 7.Aholi turmush darajasi statistikasi.
Sodda foizlarda oshgan qiymat summasi qaysi formula bilan hisoblaniladi? Misollar keltiring.
Sodda foizlarda ( dekursiv metod bo`yicha ) oshgan qiymat summasi quyidagi formula orqali hisoblaniladi: S=R+R*i*n S=R*(1+i*n) S- pulning oshgan qiymat summasi R- qiymat summasi n- foiz yozish davrlari soni foiz stavkasi 1+i*n – boshlang`ich summani ko`paytiruvchi miqdor Misol: 10 mln so`m 5 yilga 30 % stavkasi bilan berilgan. 5 yildan keyin qaytarib olinadigan summa – oshgan qiymat aniqlansin. R=10mln S=R+R*i*n S=10+10*0.3*5=10+15=25 n=5 i=30%=0.3 S=25mln 4.Tashqi savdo aylanmasi elastikligini tavsiflovchi ko`rsatkichlar 1. eksport elastikligi: EE=(delta E/E) / (delta YaIM/YaIM) Delta E- eksport o`simi E- eksport hajmi Delta YaIM- YaIM o`simi 2. eksportning ilgarilash keffitsienti: KE=JE / JYaIM JE-eksport indeksi JYaIM-YaIM indeksi Regionning eksport kvotasi (KE) KE = (eksport hajmi / yalpi ichki mahsulot)*100 E - eksport hajmi YaIM - yalpi ichki mahsulot JE=KE1 / KE0 KE1 bazis va joriy davrlarda eksport kvota darajalari KE0 3. import elastikligi: EI=(delta I/I) / (delta YaIM/YaIM) Delta I- import o`simi I- import hajmi Delta YaIM- YaIM o`simi 4. importning ilgarilash koeffitsienti: KI=JI / JYaIM JI- import indeksi Regionning import kvotasi (KI) KI = (Import hajmi / yalpi ichki mahsulot)*100 I - Import hajmi YaIM - yalpi ichki mahsulot JI=KI1 / KI0 KEO bazis va joriy davrlarda import darajalari KE1 5. Koordinatsiya indeksi JK=JE / JI 6. Koordinatsiya nisbiy miqdori KNM= E / I 7.Aholi turmush darajasi statistikasi. Aholi turmush darajasini dastavval quyidagi ko`rsatkchilar umumlashtirib ifodalaydi: jon boshiga to`g`ri kelgan sof milliy daromad; nominal va real daromad indekslari; turmush qiymati indeksi; inson barkamolligi indeksi; qashshoqlik indeksi; aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi; yashash minimumi va boshqalar. Bu ko`rsatkchilar qiymat - pul ko`rsatkichlari bo`lib, aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini aks ettiradi. Aholi jon boshiga yaratilgan YaSD iqtisodiy taraqqiyotni va aholi turmush darajasini ifodalaydi: Katd = SMD / A Katd - aholi turmush darajasi koeffitsienti SMD - sof milliy daromad А - aholining o`rtacha soni Aholi turmush darajasining o`sishi uchun SMD ning o`sish sur’ati aholining o`sish sur’atidan tezroq bo`lishi lozim. Buni aniqlash uchun turmush darajasi indeksini hisoblash kerak: J ATD1 = SMD1 / A1 J ATD0 = SMD0 / A0 J ATD = ( SMD1 / A1 ) / ( SMD0 / A0 ) Agar JATD>1 bo`lsa iqtisodiy o`sish sodir bo`lgan, binobarin aholi turmush darajasi oshgan. J ATD = 1 iqtisodiy o`sish o`zgarmagan. J ATD < 1 iqtisodiy o`sish salbiy, aholi turmush darajasi pasaymoqda. Nominal daromad - bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab to`lanadigan haq bo`lib, u pul shaklidagi jamiki daromadni o`z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan nominal daromad quyidagicha hisoblanadi: ND = MBOD+MKD bu yerda ND - nominal daromad; MBOD - mehnat bilan olingan daromad, ya’ni ish haqi, menejer daromadi, tadbirkor daromadi; MKD - mulkdan kelgan daromad, ya’ni foyda, renta, foiz va dividend. Pul daromadining o`zi, ya’ni nominal daromad aholi turmush darajasini aniq ifodalay olmaydi, pulning real qadri iste’mol tovarlari narxiga ham bog`liq. Shu sababli real daromad: nominal daromadning miqdoriga; daromaddan chegirilgan har xil soliqlar va to`lovlarga, ya’ni pul daromadining egasi qo`liga tegadigan qismiga; transfert to`lovlariga, ya’ni pensiya, nafaqa, ishsizlik bo`yicha nafaqalar, tibbiy sug`urta kabilardan tushgan daromadlarga bog`liq. Real daromad jamiki pul daromadlari (brutto`daromad)dan turli to`lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug`urta to`lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi - sof (netto) pul daromadini baho`indeksiga bo`lish yordamida aniqlanadi: TT - transfert to`lovlar evaziga tushgan daromadlar S - soliqlar va turli to`lovlar Jp - bahoning umumiy indeksi. Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo`lib, pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi, aholi turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi. Download 38.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling