Tashqi savdo operatsiyalari logistikasi


“Inkoterms-2000” va “Inkoterms -2010” dagi tafovutlar


Download 25.21 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2023
Hajmi25.21 Kb.
#1767065
1   2   3
Bog'liq
tashqi savdo operatsiyalari

3.“Inkoterms-2000” va “Inkoterms -2010” dagi tafovutlar

“Inkoterms 2010” ning yangi tahriri va avvalgi “Inkoterms 2000” dagi farqlar:


- DAP va DAT shartlari: “Inkoterms 2010” da terminlar soni 13 tadan 11taga qisqartirildi. Biroq shunga qaramasdan multimodal tashuvlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan 2 ta yangi atamalar (DAP – delivered at place –punktgacha etkazish va DAT – delivered at terminal – terminalgacha etkazib berish) qabul qilindi. Amaliyotda nisbatan kam ishlatiladigan 4ta holat olib tashlandi.(DAF, DES, DEQ va DDU)
- DAT termini DEQ ni o‘rnini bosadi
- DAP sharti DAF, DES, va DDU shartlarining o‘rniga qo‘llaniladi.
- FOB, CFR, CIF shartlarida javobgarlik yangicha yuklanadi, ya’ni, avval tavakkalchilik kema bortiga etkazilgandan keyin o‘tgan bo‘lsa, Inkoterms-2010 da tavakkalchilik yuk kema bortiga butkul yuklanib bo‘lganidan so‘ng o‘tadi.
Bu usullar bilan tovarlarni eksport-import qilishda sotuvchi ijobiy kelishuvlar asosida tovarni sug‘urta kompaniyalari orqali sug‘urtalashga majbur. GIF va CIP sharti bo‘yicha sotuvchi yuk sug‘urtasini albatta, ta’minlashi shart. Xaridor esa tashish jarayonini tovarning yo‘qolishi va shikastlanishi bilan bog‘liq xavf uchun mas’uldir. Sotuvchi sug‘urta shartnomasini tuzadi va sug‘urta mukofotini to‘laydi.
Xaridorning CIP etkazib berish shartiga ko‘ra sotuvchi eksport uchun tovarni bojxonada holi qilishni ta’minlashi kerak. CIP etkazib berish sharti bo‘yicha transportning hap kanday turidan foydalanilishi mumkin.
Xalqaro savdo tijorat yo‘nalishda qabul qilingan qoidalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini tuzishni taqozo etadi. Sug‘urta hodisalari ro‘y berishi natijasida yuzaga keladigan xarajatlarni eng kam shkalaga keltirish uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha shartnomalar olib boriladi. Bunga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin. London sug‘urta institutining yuklarni sug‘urtalash tamoyiliga ko‘ra (yuklar halokati bundan mustasno) xalqaro yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan sug‘urta kompaniyalari sug‘urta javobgarligini o‘z zimmasiga oladi. Xalqaro savdo yo‘nalishidagi kelishuvlarda London sug‘urta instituti tomonidan ishlab chiqilgan «A», «V» va «S» tamoyillardan yuklarni sug‘urtalaщda keng foydalaniladi.Xalqaro yo‘nalishlarda tovarlar(ishlar, xizmatlar)ni sug‘urtalashni O‘zbekistan Respublikasida «O‘zbekinvest» EIMSKsi amalga oshiradi.
«O‘zbekinvest» kompaniyasi 1997 yil fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga binoan eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha davlat agentligi vazifalarini bajarishga kirishdi.Eksport sug‘urtasi kompaniya faoliyatining asosiy turlaridan biri hisoblanib, xorijiy bozorlarda milliy eksportchilarning siyosiy va tijorat risklaridan sug‘urtaviy himoyalashni nazarda tutadi. Ma’lumki, kafolat bilan yoki akkreditiv bilan mahsulotni etkazib berishga nisbatan muqobil shakl sifatida eksport shartnomalarini sug‘urtalash polisining mavjudligi eksportchilarga xorijiy xaridorning to‘lov shartlarini bajarishga ishonch va pulni keyinchalik to‘lab berish sharti bilan mahsulotni tushirish imkoniyatini beradi.
Xalqaro va ichki yuklarni tashishda yuklarning sug‘urtasi ko‘p oldi-sotdi shartlari sug‘urtalovchi yoki sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tarkibida bo‘ladi. SHartnomada asosan, sug‘urta shartnomasini tuzishda majburiyatni qaysi tomon olishi, sotuvchi yoki xaridor va tashuvchining sug‘urta javobgarligi qanday miqdorda bo‘lishi ham ko‘rsatiladi. Sug‘urta amaliyotida yuklarning sug‘urta shartnomalari quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
- barcha risklar uchun javobgarlik. Barcha turdagi zararlarning sug‘urta himoyasini anglatadi;
- xususiy avariyalar uchun javobgarlikda yukning avariyada ko‘rgan zarari to‘la yoki qisman qoplanadi;
- yuk uchun javobgarlikda yuklarning to‘la yoki qisman avariyasi % hisoblanmay, yukni olib ketayotgan transport vositasi avariyaga uchragandagina to‘lanadigan summa nazarda tutiladi.
Barcha zararlarning sug‘urtaviy qoplanishi sug‘urta ta’riflari asosida amalga oshiriladi. Sug‘urta tariflarini ishlab chiqishdan asosiy maqsad sug‘urtalanuvchiga tug‘ri keladigan ehtimoldagi zararning summasini aniqlash ko‘zda tutiladi. Sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplashda ikki xil usuldan foydalaniladi. Birinchi usulda yuk barcha risklardan sug‘urta qilinadi. SHu yo‘nalish bo‘yicha «O‘zbekinvest» sug‘urta himoyasini London sug‘urta instituti tomonidan ishlab chiqilgan yuklarni sug‘urtalaщda ko‘rsatilgan «A» tamoyili bo‘yicha amalga oshiradi, ammo quyidagi yunalishlar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar sug‘urta orqali qoplanmaydi:
- harbiy holatlar natijasida, torpedalarning urilishi, bombalar va boshqa harbiy qurollar oqibatida, qaroqchilik hujumi, fuqarolar urushi, xalq quzg‘oloni, musodara qilish, tovarlarni yo‘q qilish, tovarlarning harbiy yoki fuqaro hokimiyatlari tomonidan yo‘q qilinishida;
- atom bombasi portlashi oqibatidagi zararlar yoki har qanaqa atom energiyasidan foydalanganlik tufayli quriladigan zararlar;
- yuklarni tashish davrida yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatida qurilgan zararlar;
- harorat ta’siridan, havoning keskin almashinuvidan yoki tovar tabiiy xususiyatining o‘zgarishidan yoki tovarning ko‘rib qolishidan;
- tovarlar kadoqlanish qoidalarining buzilishidan ko‘rilgan zararlar;
- yuklarning o‘z-o‘zidan portlashi yoki qizishi natijasida o‘t chiqib ketishi oqibatida ko‘rilgan zararlar;
- yuklarning xalqaro kadoqlanish standarti talablariga mos bo‘lmaganligi oqibatida ko‘rilgan zararlar;
- tovarlarni hashorat bosishidan ko‘rilgan zararlar va boshqa holatlar.
Ikkinchi usul bo‘yicha sug‘urta himoyasi faqatgina qayd qilingan turlargagina taalluqlidir. Bunday sug‘urtaviy himoya belgilangan «V» va «S» shartlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, agar sotuvchi «V» bandita binoan ogohlantirilgan bo‘lsa, kelishilgan sanadan yoki etkazib berish uchun belgilangan muddatning tugashi sanasigacha bo‘lgan javobgarlik nazarda tutiladi. Bunda tovar mazkur shartnomaning ashyosi sifatida tegishli tarzda identifikatsiya qilinadi, YUklarni ikkinchi va uchinchi variant bo‘yicha sug‘urtalaщda, yuklarga bo‘lgan risk hodisalari kamroq himoya qilinadi. London sug‘urta instituti qoidasiga asosan bu quyidagicha ta’riflanadi:
- yong‘in, yashin, buron va boshqa tabiiy afatlar, kemalarning yo‘q bo‘lishi yoki bir-biri bilan tuqnashishi, havoda o‘zi uchib yuruvchi qattiq predmetlarga qurilishi, kemalarning kumga utirib qolishi, portlashi, shikastlanishi, palubalarini suv yuvib ketishi, kupriklarning buzilishi;
- kema va samolyotlarning bedarak yo‘qolib ketishi;
- ortish va tushirish davridagi baxtsiz voqealar sodir bo‘lishi, hamda yoqilg‘ilarni qabul qilishdagi sodir bo‘ladigan noxush voqealarda;
- umumiy avariya.
YUqorida qayd etilgan tamoyillarning ta’rifi quyidagicha:
A - sug‘urta risklaridan himoyalash ayrim risklarni inobatga olmaslik sharti bilan tuzilgan sharnoma bo‘lib, unda yuklar barcha sug‘urta risklaridan himoyalanadi. Sug‘urtalarning bu turi bo‘yicha sug‘urtaviy himoyalash «Barcha sug‘urta riski bo‘yicha javobgarlik» mas’uliyatini belgilaydi.
V - S ayrim sug‘urta risklarini inobatga olish sharti bilan tuzilgan shartnoma bo‘lib, unda yuklar shartnomada ko‘rsatilgan turlari bo‘yicha himoyalanadi.
V va S - yuklarining sug‘urtaviy risklar bo‘yicha himoyalanishi kam bo‘ladi.YUklarning «S» bandi bo‘yicha sug‘urtalashning asosiy yo‘nalishi shundan iboratki, yuklar kemalarning halokatga uchrashi bilangina zararlansa, u holdasug‘urta hodisasidan ko‘rilgan zararning bir qismi qoplanishi mumkin.
YUklarni sug‘urtalashning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundan iboratki, bunda faqat yuklarning zarar ko‘rgan miqdori qoplanadi. Bunday sugurtalash faqat transport vositalarida qo‘llaniladi.
SHuning uchun barcha kema xodimlari sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishining oldini olish choralarini mukammal ravishda qullashga harakat qiladi. Masalan, kema a’zolari kemani yong‘indan saqlab qolish maqsadida yuklarning bir qismini tashlab yuborishi yoki uni suv bilan uchirishi mumkin.
Umumiy avariyadan hosil bo‘lgan zarar va xarajatlar tovar va kema egasi o‘rtasida uning umumiy qiymatiga ko‘ra teng taqsimlanadi va zarar hisoblab chiqiladi. Ayrim holatlarda ko‘rilgan zararlar tuliq yoki qisman avariyaga sababchi bo‘lgan tomondan qoplanishi mumkin. Bunday javobgarlik Dengiz savdo kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham tovarlarni qaysi transport vositalarida tashilishidan qat’iy nazar sotuvchi va xaridor tovarlarni eksport-import qilish maqsadida tuzilgan shartnomalarda imkon qadar kam zararlanishni ko‘zda tutishlari lozim bo‘ladi. Sotuvchi va xaridorning u yoki bu sug‘urta variantini qabul qilishda birgalikda ish ko‘rishlari muhimdir. Har ikki tomon CIF yoki CIP shartlari bo‘yicha tovarlarni tashishda, mustaqil risk qiymatini inobatga olgan holda amalga oshirishlari mumkin.
Tovarlarni CIF yoki CIP shartlari bo‘yicha ayirboshlashda sotuvchi uchun alohida tovarlarning sug‘urtalanishi ko‘zda tutilmagan. CHunki, ayrim tovarlarni (koks, metall, chuyan, neft kabilar) jo‘natish jarayonida hech qanday zarar ko‘rmasliklari mumkin. Qimmatbaho mashina uskunalari va asboblarni jo‘natishda buning aksini kuzatish mumkin. SHuning uchun ham tomonlar shartnomalarni imzolash paytida, o‘zlariga qulay bo‘lgan sug‘urta variantini tanlashlari kerak bo‘ladi. Tomonlarning kelishuviga binoan, ayrim turdagi sug‘urta riski ham sug‘urtalanishi mumkin. Masalan, ba’zi shartnomalarda harbiy holatdan, omma qo‘zg‘olonidan va boshqa risklardan sug‘urta qilish nazarda tutiladi. Ikki tomonlama tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini tuliq amalga oshirishda sug‘urta kompaniyalarini tanlash muhim ahamiyatga egadir.
Xorijda va O‘zbekistan Respublikasida hozirgi kunda juda ko‘p sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatadi, ammo eksport yuklarni sug‘urtalashni hamma kompaniyalar ham amalga oshiravermaydi. O‘zbekistonda xalqaro savdo yuklarini sug‘urtalashni «Uzbekinvest» EIMSKsi amalga oshirmoqda. Bu kompaniyaning xalqaro bozor yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotganiga 10 yildan oshdi.
To‘planayotgan boy tajriba «O‘zbekinvest» kompaniyasini dunyoning barcha nuqtalarida faoliyat olib borishi uchun keng imkoniyatlar ochib berayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda «Sug‘urta faoliyati tug‘risida»gi qonunning qabul qilinishi esa kompaniyani har tomonlama rivojlantirish uchun xuquqiy asos yaratib berdi.
1994 yil 13 aprel «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi tashkil etilganligining rasmiy sanasi bo‘lib hisoblanadi. Lekin kompaniyaning alohida o‘rni 1997 yilda belgilab berilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra u 60 mln. AQSH dollari miqdoridagi nizom jamg‘armasi bilan «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi. Xorijiy investorlar va milliy eksportchilarga investitsion va tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan kutilmagan risklardan ishonchli sug‘urta kafotlarini taqdim etish kompniyaning asosiy maqsad va vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda «O‘zbekinvest» kompaniyasi xalkaro amaliyotda qo‘llaniladigan sug‘urta xizmatlarning deyarli barcha turlarini amalga oshirib kelayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanib, sezilarli moliyaviy zahiralariga, mamlakat ichkarisida hamda xorijda filiallar va shu’ba korxonalarning rivojlangan tarmog‘iga, etakchi xorijiy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari bilan aloqalarga ega ko‘p tarmoqli universal sug‘urta kompleksini tashkil etmoqda.
Nazorat savollar:
1. Transport tashuvlarida xalqaro yagona terminlar majmuasi zaruriyati
va qabul qilinishi tarixi
2. Inkoterms 2010 dagi atamalar sharhi
3. Xalqaro transport tashuvlarini sug‘urtalash xususiyatlar
Download 25.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling