Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo’llari


Download 250.24 Kb.
bet1/13
Sana24.07.2023
Hajmi250.24 Kb.
#1662159
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

3-MAVZU. TASHQI SAVDONI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA BOSHQARISH YO’LLARI
3.1. Xalqaro savdoda davlatning roli
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy yo’nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksportimport tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug’rofiy yo’nalishini tartibga solish bilan bog’liq byudjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Tashqi savdo siyosati xo’jalik rivojlanishining ichki jihatlari bilan uzviy bog’liq bo’lganligi uchun uning bosh vazifasi mamlakat ichkarisida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy boylikni ko’paytirish uchun zarur bo’lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish hisoblanadi.
Erkin savdo siyosati (yoki fritredlik — inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Uning nazariy jihatdan asoslanishida A. Smitning mashhur asari - «Xalqlar boyligi tabiati va sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Fritredlik nazariyasi boshqa bir ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida rivojlantirildi va deyarli nihoyasiga yetkazildi. D. Rikardo Adam Smitning raqobat sharoitida erkin tadbirkorlik ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotini «ko’rinmas qo’l» hukmronligiga, ya’ni bozorning o’z-o’zini boshqarish qonunlari ixtiyoriga topshiruvchi jamiyatning «tungi qorovuli» sifatidagi davlat roli haqidagi g’oyalarini rivojlantirdi.
Erkin savdo siyosatining klassik namunalarini XIX asrning ikkinchi yarmidagi ingliz-sakson mamlakatlari, ayniqsa, Buyuk Britaniya va uning dominionlari (1947 yilgacha Britaniya tarkibiga kirgan, rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan davlatlar) iqtisodiyotida kuzatish mumkin. Hozirgi paytga kelib fritredlik tizimining klassik ko’rinishi davlat ixtiyorida bo’lgan biror-bir mamlakat qolmadi. Davlatning nufuzli tashkilotlarini tartibga solish borasida rolini sezilarli oshganligini hisobga olsak, bu o’z-o’zidan tushunarli, albatta. Biroq erkin savdo siyosatining unsurlari ko’plab mamlakatlarning iqtisodiy kursida hozir ham sezilarli, ayniqsa, rivojlangan va hududi hamda resurslari jihatidan kichiq bo’lgan mamlakatlarda, masalan, Singapurda.
Iqtisodiy nazariyada odatda erkin savdo protektsionizm siyosatiga (ingl.
protection — himoya, homiylik), ya’ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor tamoyillarining salbiy ta’sirlaridan himoyalash maqsadida davlat tomonidan joriy etiladigan iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlar tizimi qarama-qarshi qo’yiladi.
Protektsionizm o’z mohiyatiga ko’ra, ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon mavjud. Bu siyosatning printsiplari nazariy jihatdan amerikalik davlat arbobi A. Gamilton (XVIII asrning oxiri) va taniqli nemis iqtisodchisi F. List (XIX asrning o’rtalari) asarlarida ishlab chiqilgan. Biroq protektsionizm amaliy chora-tadbirlar seriyasi sifatida sayyoramizda so’l (SSSR) va o’ng («Uchinchi reyx» - fashistlar Germaniyasi) siyosiy oqimlarning totalitar rejimi davrida o’z kulminatsiyasiga yetgan. Bu mamlakatlarda savdo sohasiga davlat monopoliyasi xos edi.
Yuqorida qayd etib o’tilgandek, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy tamoyili sifatida yanada ko’p sonli mamlakatlarni aholi turmush farovonligini oshishini ta’minlovchi erkin savdo siyosatiga o’tishi tan olinib kelinayotgan bo’lsada, protektsionizmning «tanlangan» restavratsiyasi deb atalgan jarayon ham kuzatilmoqda.

Download 250.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling