Tashqi standartlardan foydalanish (Use of External Standards)
Download 307.5 Kb.
|
5-bob bo’yicha xulosalar
Murakkablikni kamaytirish - bu konstruktsiyalashdagi murakkablikni minimallashtirish, kamaytirish va alohida qismlarga bo’lish. Murakkablikni minimallashtirish, ijrochilarning murakkab tuzilmalarni va uzoq vaqt davomida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash qobiliyatining cheklanganligi bilan belgilanadi. Dasturiy ta’minot konstruktsiyalashning murakkabligini kamaytirish uchun oddiy va oson o’qiladigan kodni yaratish orqali erishiladi. Biz dasturiy ta’minot bilan hal qilmoqchi bo’lgan muammolar ko’pincha muqarrar ravishda murakkab elementlarni o’z ichiga oladi va ularga mos keladigan dasturlarga har xil, ba’zida o’zaro istisno talablar qo’yiladi. Murakkab tizimlar ko’pincha ierarxik tuzilmaga ega bo’lgan bir -biriga bog’liq quyi tizimlardan iborat bo’lib, ular ham o’z navbatida quyi tizimlarga va boshqalarga bo’linishi mumkin. Ishlaydigan har qanday murakkab tizim ishlagan oddiy tizimning rivojlantirilishi natijasidir. Deykstra ta’kidlaganidek, "murakkab tizimlarni boshqarish usuli qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan - divide et impera (разделяй и властвуй bo’lib tashla va hukmronlik qil)". Murakkab dasturiy ta’minot tizimini loyihalashda uni iloji boricha kichikroq tizimlarga bo’lish kerak, ularning har biri mustaqil ravishda takomillashtirilishi mumkin. Millerning tajribalarida, odatda, odam bir vaqtning o’zida atigi 7 ± 2 birlik ma’lumotni qabul qilishi aniqlandi. Bu raqam ma’lumotlarning mazmuniga bog’liq emas. Millerning o’zi ta’kidlaganidek: "Xotiramiz hajmi biz qabul qila oladigan, qayta ishlash va eslab qolishimiz mumkin bo’lgan axborot miqdoriga jiddiy cheklovlar qo’yadi. Bir vaqtning o’zida bir nechta kanallar orqali va alohida bo’limlar ketma -ketligi ko’rinishida kirish ma’lumotlarining oqimini tashkil qilib, 94
biz bu axborot oqimini to’xtashimiz mumkin. Professor Austerxout, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning eng katta maqsadi-bu murakkablikni kamaytirish, deb ta’kidlagan. Dasturiy ta’minotni tushunish va o’zgartirishni qiyinlashtiradigan har qanday omil murakkablik deb ataladi. Dasturiy ta’minot tizim loyihasini amalga oshirishda bu tizimining murakkabligini baholash katta ahamiyatga ega. Tizimning murakkabligi ishlab chiqaruvchilar mehnatining mahsuldorligini, shuningdek, ish hajmini, ishlab chiqish vaqtini va loyihaning narxini belgilaydi. Download 307.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling