Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati


Ifloslanish iqtisodiy tahliliga e'tirozlar


Download 231.96 Kb.
bet10/12
Sana21.01.2023
Hajmi231.96 Kb.
#1107483
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati

Ifloslanish iqtisodiy tahliliga e'tirozlar
"Biz hech kimga haq evaziga ifloslantirish imkonini berolmaymiz." Sobiq senator Edmund Maskining ushbu gapi ayrim
ekologlar fikrini aks ettiradi. Ular aytishicha, toza havo va toza suv iqtisodiy jihatdan hisobga olinmasligi kerak, chunki ular amaliy inson huquqlari hisoblanadi. Siz qanday qilib toza havo va toza suv ustida narx qo`yishingiz mumkin? Ular da'vosiga ko`ra, narxidan qat'iy nazar, atrof-muhit muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni iloji boricha ko`proq himoya qilish kerak.
Iqtisodchilar ushbu dalilga kam qiziqish bildirishadi. Iqtisodchilar uchun, yaxshi ekologik siyosat 1-bobda keltirilgan iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining birinchisini tushunishdan boshlanadi: Odamlar sotib yuborishga duch keladi. Albatta, toza havo va toza suv qiymatga ega. Lekin ularning qiymati ularning imkoniyati harajatiga nisbatan olinishi kerak, ya’ni kimdir ularni olish uchun nimadandir voz kechishi kerak. Barcha ifloslanishlarni bartaraf qilishning iloji yo`q. Barcha ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish bizga yuqori yashash andozalaridan bahramand bo`lishimizga sabab bo`luvchi ko`plab texnologik yutuqlarga teskari bo`lib qoladi. Imkon qadar atrof-muhitni toza qilish uchun kam kishi kam ovqatlanish, yetarli bo`lmagan tibbiy yordam yoki sifatsiz uy-joylarni qabul qilishga tayyor bo`ladi.
Iqtisodchilar ba'zi ekologik faollar iqtisodiy jihatdan o`ylamasdan o`z da’volariga zarar yetkizadi deb aytadi. Toza muhit boshqa tovarlar kabi tovardir. Barcha normal tovarlar kabi u ijobiy daromad egiluvchanligiga ega: Boy davlatlar rivojlanmagan davlatlarga qaraganda tozaroq muhitga ega va shuning uchun, odatda, qat'iy muhitni muhofaza qiladi. Bundan tashqari, boshqa ko`plab tovarlar kabi, toza havo va toza suv talab qonuniniga bo`ysunadi: atrof-muhit muhofazasi narxi qanchalik past bo`lsa, jamoat istagi shunchalik ko`p bo`ladi. Ifloslantirishga ruxsat va tuzatuvchi soliqlar yordamida iqtisodiy yondashuv atrof-muhitni muhofaza qilish harajatlarini kamaytiradi va, shuning uchun, toza atrof-muhit uchun ijtimoiy talabni oshiradi.

Download 231.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling