Tashqi ta'sirlarni yumshatish bo'yicha davlat siyosati
Download 179 Kb.
|
Tashqi ta\'sirlarni yumshatish bo\'yicha davlat siyosati
Tashqi ta'sirlarni yumshatish bo'yicha davlat siyosatiReja: 1. Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi 2. Salbiy tashqi ta’sirlar 3. Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati 1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi Ushbu bo`limda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir ko`rsatishini o`rganish uchun 7-bobdagi farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlarni resurslarni samarasiz taqsimlashiga olib kelishini aniq ko`rsatadi. Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qiladigan turli yo`llarni ko`rib chiqamiz. Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz. Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor – alyuminiy bozorini ko`rib chiqamiz. 1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizig`ini ko`rsatadi. Agar 7-bobdan eslasangiz, talab va taklif chizig`i harajatlar va daromadlar haqida muhim ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizig`i iste'molchilar to`lashga tayyor narxlarda o`lchanadigan alyuminiy miqdorini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, talab chizig`i balandligi chekli xaridor to`lashga tayyor bo`lgan narxni ko`rsatadi. Boshqa so`z bilan aytganda, u iste'molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini ko`rsatadi. Xuddi shunday, taklif chizig`i alyuminiy ishlab chiqarish harajatlarini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, taklif chizig`i balandligi chekli sotuvchi harajatlarni ko`rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan alyuminiy birligining harajatlarini ko`rsatadi. Hukumat aralashuvi bo`lmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab muvozanatini to`g`irlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning bozordagi miqdori 1-rasmdagi Qbozor sifatida ko`rsatilgan bozor muvozanatida u ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday taqsimlaydiki, alyuminiyning iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy harajatlari ayrilgani (qiymat – harajat) maksimal darajaga yetadi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling