Tasmali (lentochnыe)konveyerlar tuzilishini va ish rejimini o’rganish
Download 109.92 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-labaratoriya
a – vintli; b – aravachadagi yukli; v – aravachasiz yukli.
Tozalash qurilmalari. Tasmaning ishchi qismini unga yopishib qolgan material zarrachalaridan tozalash uchun yuklar quruq bo‘lganda qirg‘ichlardan, xo‘l va yopishuvchan bo‘lganda aylanib turadigan cho‘tka yoki shneklardan foydalaniladi. Ular baraban ostiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Zanjirli konveyerlar va elevatorlar tuzilishi ish rejimini organish. Zanjirli konveyerlarda yukni olib, tortib boruvchi tasma o‘rnida zanjir ishlatiladi. Ular konveyerning ikki uchiga o‘rnatilgan yulduzchalarga ulab quyiladi. Ulardan biri yuritmali bo‘ladi, ikkinchisi esa taranglab tortuvchidir. Yulduzchalar orasida zanjirlar yo‘naltiruvchi moslamalar yordamida ushlab turiladi.Zanjirli konveyerlarda bir necha zanjir bir-biriga parallel xarakat kilishi mumkin. Zanjirli konveyerlar pol ustiga o‘rnatilgan va osma ko‘rinishda bo‘ladi. Osma konveyerlar murakkab fazoviy trassaga ega bo‘lishi mumkin. Zanjirli konveyerlar tasmali konveyerlardan farqli o‘larok yuklarni gorizontga nisbatan istalgan burchak ostida (90° gacha ) tashishi mumkin. Iqtisodiyotning barcha ishlab chiqarish sanoatlarida zanjirli konveyerlar asosan yumaloq va arralangan yog‘och-taxta materiallarni,fanera,yog‘och-qirindili plita(DStP) va yog‘och-tolali plita(DVP)larni, o‘ram shaklidagi qog‘oz, kartonlarni tashishda qo‘llaniladi. Zanjirli konveyerlarni asosiy elementlariga zanjir, yulduzchalar, yo‘naltiruvchi bloklar, yuk tashuvchi organlar va ularning tayanch konstruksiyalari(ramalari) kiradi. ELEVATORLAR Elevatorlar sochiluvchan yoki donali yuklarni vertikal yoki gorizontga nisbatan 70-75° burchak ostida yotgan maydonchalarga ko‘tarib berish uchun xizmat kiladi.Elevatorlarning eltuvchi elementi o‘rnida rezinalashtirilgan tasma yoki zanjirlar qo‘llaniladi. 24-rasmda a,b tasmali va zanjirli elevatorlarning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. 24 – rasm. Elevatorlar: a – tasmali, b – zanjirli; 1 – yuritma barabani, 2 – tortqi (natyajnoy) barabani, 3 – tasma, 4 – kovsh (cho‘mich). Tasmali elevator(24-rasm, a)larda tasma harakati tekis va ravon bo‘lib, u katta tezlikda harakat qilishi mumkin (3,5m/sek)gacha. Ammo tasmaning uncha pishiq bo‘lmasligi og‘ir yuklarni ko‘tarib tashishga imkon bermaydi. Zanjirli elevatorlarda esa ancha og‘irroq bo‘lgan yuklarni ko‘tarib tashish imkoni bor, lekin bunda zanjirning harakat tezligi 0,5-1m/sek dan oshmaydi. Cho‘michlar (kovshi) qalinligi 1-6 mm li po‘lat listlarni payvandlab yoki shtampovka qilib olinadi. Plastmassali(shisha tolali) va rezinali cho‘michlar ham mavjud. Ayrim vaqtlarda cho‘michning oldi qism chet qirralarini yedirilishidan saqlash va uni kamaytirish uchun cho‘michni qo‘shimcha ravishda yedirilishga chidamli(turg‘un) po‘lat listlar bilan qoplab chiqiladi. Cho‘michli elevatorlarning ish unumi (ml/soat) quyidagi formula orqali aniqlanadi: Q = 3600 (11) bu yerda: x - tortish elementining harakat tezligi, m/sek; ak - cho‘michlar orasidagi masofa(qadam), m; i0 - cho‘michning geometrik sig‘imi, ml. s- cho‘michni to‘lib turish koeffitsienti; u qipiq uchun s = 0,7:0,9; payraxalar uchun s = 0,5:0,7; har xil kukunsimon va kimyoviy moddalar uchun s = 0,6 ga tengdir. Download 109.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling