Tasmali uzatmalarni loyihalash
Download 94.66 Kb.
|
Dilshod
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Jun tasmalar.
- Tasmali uzatmalarni hisoblash
3. Ip gazlamali tasmalar /GOST 6982-75/. Bu tasmalar uncha katta bo’lmagan va o’zgaruvchan yuklanishli, kam quvvatli harakat tezligi 20 m/s.gacha bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi. Bunday tasmalar yengil va egiluvchan bo’lganligi uchun shkivlarning diametri kichik bo’lgan uzatmalarda ham yaxshi ishlay oladi. Tasmaning tan narxi arzon bo’lib, mum va shu kabi moddalar qotishmasiga to’yintiriladi. Ip gazlamali tasmalar o’zgaruvchan yuklanishda, o’rta quvvatda ishlovchi uzatmalarda ishlatiladi. Bunday tasmalar yuqori temperaturada, nam, chang va ishqorli hollarda yaxshi ishlaydi. Bunday tasmalarning o’lchamlari 3-jadvalda ko’rsatilgan. Ularning mustahkamligi chegarasi 50 MPa dan oshmaydi.
4. Jun tasmalar. Bunday tasmalar egiluvchan bo’lganligi tufayli o’rta va katta quvvatda, o’zgaruvchan yuklanish holatida harakat uzatish uchun qo’llaniladi. Yuqori temperatura, nam, chang va kislotali hollarda ham jun tasmalar yaxshi ishlaydi. Yuqorida qayd etilgan tasmalar orasida rezina – matoli va charmli tasmalar eng yaxshi tortish xususiyatiga ega. SHuning uchun bu tasmalar sanoatda keng ko’lamda ishlatiladi. Tasmali uzatmalarni hisoblash Tasmali uzatmani hisoblash jarayonida uzatmaning asosiy geometrik parametrlari: Yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlarning diametrlari d1 va d2, markazlararo masofa – a, tasmaning uzunligi – L, qamrov burchagi - 1, va tarmoqlar orasidagi burchak - , yassi tasmali uzatma uchun tasmaning qalinligi - va eni, b, ponasimon tasmali uzatma uchun tasmalar soni - Z, hamda tasma tarmoqlarida hosil bo’ladigan kuch va kuchlanishlar, tasmaning ishlash muddati aniqlaniladi. 1. Uzatmaning ishlash sharoitiga qarab, yuqorida keltirilgan tavsiyalarga ko’ra, 4-jadvaldan foydalanib, tasmaning turi tanlanadi. Yetaklovchi shkivning diametri – d1, mm. mm (1) bu yerda: T1- Yetaklovchi shkiv validagi burovchi moment, Nmm: ning hisobiy qiymati standartga moslanadi (GOST 17383-73). 5-jadvalda keltirilgan shkiv diametrlari qatoridan hisoblangan ga ko’ra katta tomondan eng yaqin bo’lgan qiymat, shkivning diametri deb qabul qilamiz. d1=315 mm 2. Yetaklovchi shkivning aylanish tezligi – υ1, m/s topiladi. m/s (2) υ1 ning qiymati tanlangan tasmaning tavsiya etilgan tezligi /rezina-matoli tasma uchun 30 m/s, charm tasmalar uchun 45 m/s, ip gazlamali tasmalar uchun 20 m/s / dan oshib ketmasligi kerak (4-jadval). Agar υ1 qiymati tanlangan tasmaning tavsiya etilgan tezligidan oshib ketsa, tasma materialini o’zgartirish yoki d1 ning qiymatini kichikroq olish kerak bo’ladi. 3. Yetaklanuvchi shkivning diametri – d2, mm. (3) 5-jadvaldagi qatordan hisoblangan d2 ga kichik tomondan eng yaqin kelgan qiymat yetaklanuvchi shkivning diametri deb qabul qilinadi. d2=1000 mm 4. Uzatish sonining haqiqiy qiymati – i’, aniqlanadi. (4) bu yerda: ε-sirpanish koeffitsienti, yassi tasmali uzatmalar uchun ε=0,01..0,02. 5. Haqiqiy uzatish sonining masala shartiga binoan, berilgan uzatish sonidan farqi -i% aniqlanadi. (5) i% miqdori - 3 foizdan oshmasligi kerak. 6. Markazlararo masofaning taxminiy xisobi qo’yidagicha aniqlanadi. (7) bu yerda: tezyurar uzatma uchun υ < 60 m/s bo’lsa, 1,5 koeffitsienti; sekinyurar uzatma uchun esa υ < 20 m/s bo’lsa, 2 koeffitsienti olinadi. 7. Tasmaning uzunligi – L, mm, topiladi. (8) 8. Tasmaning nisbatan uzoq muddat ishlay olish sharti tekshiriladi L > Lmin 7369,15 > 2920 (9) bu yerda: Lmin, mm – hisoblanayotgan sharoitda nisbatan uzoq muddat ishlay oladigan tasmaning uzunligi. (10) bu yerda: k – tasmaning shkivni aylanib o’tish takrorligi, S-1; Yassi tasmalar uchun k < (3…5) c-1 (11) Agar yuqoridagi (9) shart bajarilmasa, L ning miqdori kattalashtiriladi, yahni L > Lmin qilib olinadi, so’ngra markazlararo masofaning qiymatiga tuzatish kiritiladi. 9. O’qlararo masofaning xaqiqiy qiymati, mm (12) bu yerda: 10. Qamrov burchagi - 1; (13) 1 1580 bo’lishi tavsiya qilinadi. 1 < 1500 bo’lsa, markazlararo masofani biroz kattalashtirish yoki taranglovchi rolik o’rnatish kerak bo’ladi. Agar markazlararo masofaning qiymati o’zgartirilsa, tasmaning L uzunligi (8) formula orqali qaytadan hisoblanadi. Agar taranglovchi rolik o’rnatilsa, bunday uzatmalar uchun quyidagi qo’shimcha parametrlar aniqlanadi. Taranglovchi rolik diametri – Dr, mm. (14) Markazlararo masofa –a mm (15) Yetaklovchi shkiv bilan taranglovchi rolik markazlari orasidagi masofa mm (16) 11. Tasma qatlamining 1 mm eniga to’g’ri keladigan ruxsat etilgan ishchi yuklanishning hisobiy qiymati [P] aniqlaniladi, MPa (17) bu yerda : [P0], MPa – 1 mm tasma eni uchun ruxsat etilgan ishchi yuklanish, [P0] - ning qiymati 6-jadvaldan, dmin/ nisbatning hamda tavsiya etilgan qiymatlari bo’yicha tanlanadi ([P0]=1.6). 6-jadval Download 94.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling