Tasmali uzatmalarni loyihalash


Download 94.66 Kb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi94.66 Kb.
#1221735
  1   2   3
Bog'liq
Dilshod


TASMALI UZATMALARNI LOYIHALASH
Umumiy ma’lumotlar
Tasmali uzatma Yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan, hamda ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan iboratdir. Yuklanish Yetaklovchi shkivdan yetaklanuvchi shkivga tasma orqali, tasma bilan shkiv o’rtasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi.
Tasma ko’ndalang kesimining shakliga qarab, tasmali uzatmalar: yassi (1 a-shakl), ponasimon (1v-shakl), doiraviy (1b-shakl), hamda tishli (1g-shakl) tasmali uzatmalarga bo’linadi.
Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi hamda tasma bilan shkiv o’rtasidagi ishqalanish koeffitsienti qanchalik yuqori bo’lsa, uning foydali ish koeffitsienti shunchalik yuqori bo’lib, katta yuklanishni uzatishga mo’ljallasa bo’ladi.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatda asosan tasmalarning rezina-matoli, charmli, ip gazlamali, junli turlari ishlatiladi.
1. Rezina-matoli tasmalar /GOST 23831-79/. Bu tasmalar nisbatan chidamli bo’lib, 30 m/s gacha tezlik bilan harakatlanadigan uzatmalarda ishlatiladi.
Bu tasmalar vulkanizatsiyalangan rezinalar yordamida bir-biriga yopishtirilgan bir necha qavat gazlamalardan tashkil topgan. Yuklanishni asosan tasmadagi gazlamalar uzatadi, rezina esa gazlama qavatlarini bir butun qilib yopishtiradi va zarur ishqalanish koeffitsientini hamda egiluvchanlikni tahminlaydi.
Bu tasmalarni neft mahsulotlarning bug’lari to’planadigan xonalarda ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki ular yog’, kerosin, benzin kabi moddalarga yaxshi bardosh bera olmaydi. Bunday xonalarda ishlatish uchun rezina-matoli tasmaning to’rt tomonlama rezina bilan qoplangan turi qo’llanadi. Bunday tasmalarning mustahkamlik chegarasi 40 MPa gacha yetadi. Bunday tasmalarni kichik diametrli shkivlarda ishlatish tavsiya etilmaydi.
2. CHarm tasmalar /GOST 18697-73/. Bunday tasmalar yuklanish o’zgaruvchan, zarb bilan ta’sir qilinadigan, hamda tezligi 40-45 m/s.gacha bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi. CHarm tasmalar nisbatan mustahkam, yengil va elastik bo’lganligi uchun bahzi hollarda tezligi 100 m/s.gacha bo’lgan uzatmalarda ham qo’llanishi mumkin. Bunday tasmalarning o’lchamlari 2-jadvalda ko’rsatilgan. Mustahkamlik chegarasi – 200-250 MPa ni tashkil qiladi. Lekin bu tasmalarni yuqori temperatura va namlikda, kislotali, ishqorli hollarda, bug’lari to’planadigan xonalarda ishlatish tavsiya etilmaydi. Nisbatan qimmat bo’lganligi uchun charm tasmalarning sanoatda qo’llanishi cheklangan.

Download 94.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling