Tasniflanishi


 Multimodal tashishni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.08.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1669195
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu. Yuklarning xalqaro tashuvlar bo‘yicha tasniflanishi (1)

2. Multimodal tashishni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari 
Transport tizimlarining muammolari ko‘p qirrali bo‘lib, mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transportning rolini ta’minlaydi. Mijozlarning 
ehtiyojlari va transport tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlari asosida har qanday 
yuklarni tashishda bir nechta transport turlari jalb qilingan. Yuklarni dengiz, daryo, 
havo transportlari bilan tashish, odatda, avtomobil transporti orqali to‘ldiradi. XXI 
asrning boshida jahon iqtisodiyoti tuzilmasida XX asrning oxiriga xos bo‘lgan 
yo‘nalishlarning rivojlanishi davom etmoqda, ularning eng asosiysi globallashuv 
va ishlab chiqarish va almashinuvning integratsiyasi. 
Yuk tashish intermodal texnologiyasining paydo bo‘lishi XX asrning 
o‘rtalariga kelib, Yevropaning ayrim mamlakatlarida va AQSHda yuk tashuvchi 
avtotreylerlarda yiriklashtirilgan yuk birliklari (YYuB) shaklida yuk poezd 
platformalarida o‘rnatilishga kirishdi. Avtotreyler oldingi g‘ildiraklarsiz yarim 
tirkamadir, u tyagachga qo‘shib ishlatiladi. 
SHu bilan birga, bu maqsadlar uchun old va orqa g‘ildiraklarga ega bo‘lgan 
avtofurgonlardan 
ham 
foydalanish 
boshlandi. 
Biroq, 
YYuB 
tashishda 
konteynerlarda tashish eng ko‘p tarqaldi. Hozirgi vaqtda intermodal tashish uchun 
konteynerlar, olib-qo‘yiladigan kuzovli avtotransport vositalari, roll-treylerlar 
YYuB sifatida ishlatiladi. SHu bilan birga, temir yo‘l vagonlari (paromli tashish 


xizmatida), shuningdek 
katta tonnali va suzuvchi konteynerlar
- lixterlar YYuB
rolini o‘ynaydi. 
Jahon iqtisodiyoti va savdosining uch qutbli xususiyati SSSR parchalanib 
ketganidan keyin - SHimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va Tinch okeani regionida 
paydo bo‘lgan. Rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo xalqaro 
savdoning umumiy qiymatining tahminan 60% ni tashkil qiladi va rivojlanayotgan 
mamlakatlar eksportining 70% sanoati rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. 
AQSH, Germaniya va Yaponiya singari sanoati rivojdangan mamlakatlar 
xalqaro savdo markazlari bo‘lib kelgan. Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, 
Tayvan, Singapur, Indoneziya va Lotin Amerikasi mamlakatlarining ta’siri oshib 
bormoqda. Natijada Amerika, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqalarini 
bog‘laydigan transport koridorlarining ahamiyati ortib bormoqda. Bunday hollarda 
multimodal tashishni xalqaro yuk tashishni tashkil qilish usuli sifatida baholash 
mumkin emas. Aralash tashish transportning kamida ikkita turi ishtirok etishini 
anglatadi va bitta transport hujjati tashish shartnomasining tuzilishi va uning 
mazmuni to‘g‘risida dalolat beradi. Yuk tashish to‘lovi tariflar miqdori bo‘yicha 
bir marotaba amalga oshiriladi va yukni sotuvchiga barcha yuklarni tashish uchun 
javobgarlik odatda bitta shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 
Bunday shaxsga multimodal tashish operatori, deyiladi, chunki bunday 
tashish multimodal deb ham nomlanadi. Transport faoliyati sohasida ishlatiladigan 
terminologiya ancha murakkab va standartlashtirishga muhtoj. 
Modal tashish yuk birliklarini bir punktadan ikkinchi punktga harakatlanishini 
nazorat qilish yagona dispetcherlik markazidan amalga oshiriladigan tashish deb 
ataladi, bu transport vositasi sifatida faqat bitta shaxsning javobgarligini hisobga 
olishni nazarda tutadi. Bunda yuk amalda har xil transport turlari tashish 
vositalarida ketma-ket,parallel, hatto ularning kombinatsiyalari bo‘yicha amalga 
oshirilishi mumkin.
Yuk egasi uchun modal tashuvlarning qulayligini isbotlashning hojati yo‘q, 
chunki yuk tashish shartnomasi unga modal tashuv operatori bilan oddiy ikki 


tomonlama shartnoma deb hisoblanadi. Multimodal tashishlar 1950-1960 
yillardagi konteyner inqilobi bilan bog‘liq ravishda sezilarli darajada rivojlandi.
1927 yilda bunday birlashma zarurligi haqidagi masalani ko‘targan Xalqaro 
savdo palatasining Stokgolьm konferentsiyasini hisobga olmaganda, XX asrning 
birinchi yarmi multimodal yuklarni tashishni tartibga soluvchi me’yorlarni xalqaro 
birlashtirish uchun deyarli samarasiz edi. Biroq, xalqaro vaziyat yuklarning 
multimodal tashuvlarni xalqaro-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq masalalarni 
hal etishga yordam bermadi. 
1969 yilda Xalqaro dengiz qo‘mitasining Tokio konferentsiyasida Tokio 
qoidalari deb nomlangan multimodal tashishlar to‘g‘risida xalqaro konventsiya 
loyihasi ishlab chiqilgan. Tokio qoidalarida ko‘zda tutilgan g‘oyalar Xalqaro yuk 
ekspeditorlar uyushmalari assotsiatsiyalari (FIATA)
(Mejdunarodnaya federatsiya 
ekspeditorskix assotsiatsiy), (ingl. International Federation of Freight Forwarders 
Associations, FIATA),
, Boltiq va xalqaro dengiz kengashi 
(BIMKO) (angl. Baltic 
and International Maritime Council).
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi 
IATA) (angl. International Air Transport Association, IATA)
neytral havo yo‘li 
avianakladnoyini ishlab chiqdi, bu esa aralash tashish er uchastkalarini ishlatish 
imkoniyatini nazarda tutadi. 
1973 yilda Xalqaro savdo palatasi Tokio qoidalariga asoslangan multimodal 
tashishlar hujjatiga oid xalqaro qoidalarni ishlab chiqdi. 1980 yil 24 mayda 
Jenevada BMT yuklarn xalqaro aralash tashish Konventsiyasi imzolangan bo‘lib, u 
hali kuchga kirmadi, chunki etarli davlatlar uni ratifikatsiya qilish, qabul qilish, 
tasdiqlash yoki qo‘shilish yo‘li bilan kuchga kiritishni afzal ko‘rdilar. Birlashgan 
millatlar tashkilotining savdo va taraqqiyot konferentsiyasi (YuNKTAD), asosan 
rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini ifodalashga qaratilgan bo‘lib, 
Konventsiyani uzoq muddatga tatbiq etishdan qoniqishmadi, 1991 yilda olib 
borilgan 
multimodal 
tashuvlar 
hujjatlari 
bilan 
bog‘liq 
qoidalarni 
takomillashtirishga harakat qildi va keyinchalik Xalqaro savdo palatasi tomonidan 
tasdiqlangan. Yangi Qoidalar 1992 yil 1 yanvardan kuchga kirdi va 1995 yildan 


buyon mazkur Qoidalarning oxirgi ma’lum versiyasi amal qildi (
YuNKTAD/MTP 
-(UNCTAD/ICC Rules 95).
Ushbu Qoidalar, o‘zlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda ishlatadigan 
shaxslar orasida ham juda ommaviy bo‘lib, aralash tashishda tovarlar tashishini 
tartibga soluvchi mahalliy milliy huquqiy me’yorlarni yaratishda keng qo‘llaniladi. 
YuNKTAD/MTP
qoidalari - agar xalqaro multimodal yuk tashish shartnomasi 
taraflari ularni shartnoma bajarilishiga taalluqli me’yorlar deb hisoblasa, amal 
qiladi. 
Tokio qoidalarida bayon etilgan eng qiziqarli fikr - bu multimodal tashish 
vositasi – aralash tashish operatori (ATO) kabi o‘ziga xos xizmatni taqdim etish 
majburiyatini bajarishga mas’ul shaxsning huquqiy maqomini aniqlashdir. 
Multimodal tashuvlar operatorining tasniflanishi yoki tipifikatsiyasi ham 
ishlab chiqilgan: 
1) dengiz kemalaridan foydalanish bo‘yicha ATO; 
2) dengiz kemalaridan foydalanmaydigan ATO; 
3) hech qanday transport vositalarini ekspluatatsiya qilmaydigan ATO. ATO 
dengiz kemalari (
Vessel operator, VO
) - eng keng tarqalgan ATO turidir. Ushbu 
guruh o‘z ichiga transportning boshqa turlari, shuningdek, transport vositalari va 
suvlari, havo va avtomobil transporti, shuningdek transport terminallari va 
konteynerlar parklariga ega bo‘lmagan transport kompaniyalari ham kiradi. 
Xorijda ular "kombinatsiyalashgan" (ingl. 
to combine - 
aralashtirish) yoki 
"multimodal" (
multimodal
so‘zlar birikmasi: 
multi — ko‘p, modal — tur, shakl)
deb nomlanadi, bir xil transportda esa unimodal - bevosita aloqada tashish (temir 
yo‘l, suv transporti) deb ataladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling