Tasniflanishi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Yuklarning xalqaro tashuvlar bo‘yicha tasniflanishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
1-MAVZU. YUKLARNING XALQARO TASHUVLAR BO‘YICHA TASNIFLANISHI 1.1. Multimodal tashishlar haqida tushuncha va uning mohiyati. 1.2. Multimodal tashishni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari. 1.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan multimodal tashuvlarning xususiyatlari. Tayanch so‘z va iboralar: multimodal, intermodal, unimodal, aralash tashish, kombinatsiyalashgan, , "Piggibeek" tashuvlar, piggibeking Yuklarni multimodal (modal) tashishlar deb har xil transport turlaridan foydalaniladigan tashishlarga aytiladi. SHunga muvofiq, multimodal transport deganda yuklarni butun tashish yo‘nalishi davomida tashish uchun jalb etilgan barcha transport turlari majmuasi tushuniladi. Ba’zi xorijiy manbalarda multimodal termin intermodal atamaga mos keladi. Xalqaro multimodal tashishlar odatda bitta tashuvchining javobgarligi ostida bir nechta transport turlaridan foydalanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish uchun yagona narx bo‘yicha bitta tashish hujjati bilan amalga oshiriladigan tashish sifatida belgilanadi. Bugungi kunda iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda bunday tashishlar "kombinatsiyalashgan", "aralash", "intermodal" deb ham ataladi. Ushbu atama, tashuvlarni amalga oshiruvchi tomonlar va huquqni muhofaza qilish organlari uchun bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ko‘plab davlatlar qonunchiligiga va xalqaro miqyosda qabul qilingan multimodal tashishlarni aniq belgilashga hech qanday yondashuv mavjud emas. Aralash tashishda qo‘shimcha yuk operatsiyalari va u bilan bog‘liq qo‘shimcha yuk ushlanib qolishlar va xarajatlar paydo bo‘ladi. Intermodal tashish - yuk birligi yukni qayta yuklamasdan bir xil yuk birligi yoki transport vositasida (TV) bir nechta turdagi transportlarda ketma-ket ravishda tashish. Bu yukni egasining ishtirokisiz transportning bir turidan ikkinchisiga yukni qayta yuklash punktlarida yuklarni yetkazib berish tizimi. Intermodal tashishda yuk egasi butun yo‘nalish bo‘ylab yuklarni tashish uchun bir vositachi (operatorga) bilan shartnoma tuzadi. Ko‘pincha yuk egasi nomidan operator sifatida tashish davomida barcha transport operatsiyalarini tashkil qilish va tashishni nazorat qilish majburiyatini oluvchi ekspeditorlik kompaniyasi hisoblanadi. Intermodal tashishda har bir tashuvchi o‘z uchastkasi uchun transport hujjatini rasmiylashtiradi va operatorga faqat uning nomidan amalga oshiriladigan qismi uchun javobgar bo‘ladi. Multimodal tashish – bu tashishni tashkil etuvchi shaxs tomonidan tashish jarayonida tashishda ishtirok etuvchi transport turlari sonidan qat’iy, nazar yagona tashish hujjati asosida tashish majburiyatini oluvchi tashishlar hisoblanadi. Masalan, tashishning dastlabki elkasida, tyagach, yuk avtomobili, tirkama yoki yarim tirkama, olib qo‘yiladigan kuzov yoki konteyner (20 fut yoki undan katta) avtomobil transportida va oxirgi elkasida - temir yo‘l, ichki suv yo‘llari yoki dengiz orqali (boshqa variant: temir yo‘l - ichki suv yo‘llari / dengiz tashish) transportlari ishtirok etadi. SHunday qilib, multimodal transportda yuk birligi belgilangan yo‘nalish bo‘ylab kamida ikki xil transport turi bilan tashiladi. Yuklarni multimodal tashishlar uchun bir nechta shartlar bajarilishi lozim: - multimodal tashishlar aralash tashishlar shartnomasi asosida amalga oshirilishi kerak; - multimodal tashishlar bittadan ortiq transport turlari bilan amalga oshirilishi kerak; - multimodal tashuvlar ularni bir davlatdan boshqasiga yetkazib berish uchun yuklarni multimodal operatori boshqaruviga topshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, Konventsiya, agar yuk turli transportlar tomonidan turli shartnomalarga muvofiq tashilib, aralash tashish shartnomasiga ega bo‘lmasa, bunday tashish multimodal hisoblanmaydi. Multimodal tashish tamoyili yangi emas, u xalqaro savdoni aynan konteyner inqilobi bilan bog‘liq holda mutlaq e’tirofga sazovor bo‘ldi. Aynan konteynerlashtirish bilan bosh yuklarni multimodal tashish standart savdo amaliyotiga aylanadi. Bugungi kunda yo‘nalishga qarab, multimodal tashishlar dengiz, daryo, temir yo‘l, avtomobil, havo transportlarini o‘z ichiga oladi, ular har qanday kombinatsiyaga birlashtirilishi mumkin. Ushbu yetkazib berish usulining asosiy ustunligi - har xil transport turlarining afzalliklaridan maksimal darajada foydalanish, shuningdek operator tomonidan yuk tashishning rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish, masalan: tashish davomida yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, port ichi rasmiylashtiruvi, qabul qilish, qayta ishlash, qayta yuklash, omborlashtirish va saqlash. Odatda yukni yetkazish bo‘yicha barcha multimodal yo‘nalishidagi eng katta transport xizmatlari dengiz orqali tashuvlar hisoblanadi. Dengiz transporti, odatda, ancha past va raqobatbardosh tashish narxiga ega. Ba’zi hollarda temir yo‘l transportida tashish yelkasining uzunligi asosiy transport vazifasini aynan shu transport turi o‘z zimmasiga oladi. Multimodal tashish, shuningdek to‘g‘ridan- to‘g‘ri har bir tashuvchi bilan emas, balki, qulay va tejamkor bo‘lgan multimodal operator bilan bevosita aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Multimodal tashishlar multimodal operatordan transport zanjirining har bir bo‘g‘inida mutlaq nazorat qilishni talab qiladi. Bu transport vositasini va boshqa tashuvchilarni boshqa imkoniyatlarini samarali qo‘llashni emas, balki operatorni transport jarayonini rejalashtirish va boshqarishda erkinlikni ta’minlaydigan, transport vositalarini boshqarishni tartibga soluvchi tizimni yaratish, ushbu jarayonga jalb etilgan tashuvchilarning hamkorligini yaratish imkonini beradi. SHunday qilib, multimodal tashuvlar uchun asosiy mezonlar multimodal operatori tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati, ularning muvaffaqiyati va multimodal operatori tomonidan nazorat qilish imkoniyati hisoblanadi. Multimodal tashuvlar operatori shartnoma asosida tashuvchi sifatida qatnashadi. U amalda tashuvchi bilan bitim tuzadi va butun yo‘nalish davomida mijoz oldida yukning saqlanishi uchun majburiyat oladi. Multimodal operatori sifatida transport kompaniyalari yoki ekspeditorlik firmalari faoliyat yuritish mumkin. Ekspeditor – yetkazib berishni tashkil etuvchi. Tashuvchi – bu bajaruvchi. Ekspeditorlik kompaniyasi bitta ofis va saytga ega bo‘lishi mumkin. SHuning o‘zi yuklarni yetkazib berishning hamma jihatlarini va tashishni tashkil etishni kelishish uchun yetarlidir. Tashuvchi avtokorxonaga ega. temir yo‘l sostavlari, kemalar va samolyotlarga ega. Ko‘p tashuvchilar – ular jismoniy shaxslar va ulgurji Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling