Tasodifiy hodisa


Download 25.66 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi25.66 Kb.
#1630547
Bog'liq
Bozorova Nargiza Nasriddinovna MTS 103- guruh


GLOSSARIY

Atama nomi

izox

Tasodifiy hodisa

(ehtimollar nazariyasida) –ma`lum shartlar bajarilganda ro`y berishi ham, bermasligi ham mumkin bo`lgan yoki berishi aniq ehtimollikka ega bo`lgan hodisa. Agar ko`p tajribalar o`tkazilganda tasodifiy hodisaning ro`y berish chastotasi biror r soniga yaqinlashsa, mana shu son tasodifiy hodisaning ehtimolidan iborat bo`ladi.

Asimptota

Yunonchadan olingan bo`lib, “asymptotos” - mos kelmaydigan. Egri chiziq nuqtasi uzoqlasha borganda egri chiziqqa yetarli darajada yaqin bo`ladigan to`g`ri chiziq.

Matematik induksiya

Muhim isbotlash usullaridan biri, matematik induksiya aksiomasiga (prinsipiga) asoslanadi. Induksiya arifmetik va geometrik progressiya formulalarini, logarifmlarni o`rganishda uchraydigan formulalarni, Nyuton binomi va kombinatorikaga doir formulalarni chiqarish va boshqa hollarda keng qo`llaniladi.

Regressiya

Biror tasodifiy miqdor o`rta qiymatining boshqa bir tasodifiy miqdoriga bog`liqligi. Funksional bog`lanishda miqdorning har bir qiymatiga u miqdorning bitta qiymati mos kelsa, regressiv bog`lanishda x ning x qiymatiga turli hollarda turliqiymatlar mos keladi. Regressiya tushunchasi faqat tasodifiy miqdorlar uchun emas, tasodifiy vektorlarga nisbatan ham kiritiladi. Regressiya terminini inliz olimi F.Galton kiritgsn.(1886-yilda) Regressiya tabiat va jamiyat hodisalarini o`rganishda muhim matematik vosita hisoblanadi.

Determinant

Aniqlovchi.Matematik tushuncha. A.nazariyasi ixtiyoriy chiziqli algebrik tenglamalar sistemasini yechish yo`lida vujudga kelgan bo`lib, 18- asr yarmi va 19- asr birinchi yarmida yaratiladi. A. iborasi K. Gauss tomonidan kiritilgan, hozirgi belgilanishi ingliz matematigi A.Keliga mansub.

Download 25.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling