Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini loyihalashtirish reja: Kirish


Hamma mashg‘ulotlar uch qismga bo‘linadi


Download 435.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.11.2023
Hajmi435.13 Kb.
#1748689
1   2   3
Bog'liq
9-Mavzu (2) (1)

Hamma mashg‘ulotlar uch qismga bo‘linadi: 

mashg‘ulotning boshlanishi–topshiriqni tushuntirish;

mashg‘ulotning borishi–topshiriqni bolalar tomonidan bajarilishi;

mashg‘ulotning yakuni–bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish.
I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab 2-5 minutgacha davom 
etishi mumkin, 1-qismda tarbiyachi bolalarga ular bajaradigan topshiriqni xabar 
etadi. Tarbiyachining tushuntirishi emotsional, ijodiy kayfiyat tug‘dirishi lozim. 2-
qismda tarbiyachi bolalarni berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini 
tekshiradi. Bola ishi o‘rtasida pauza bo‘lmasin, bola bir topshiriqni bajardimi, 
keyingisiga darhol o‘tishlari, bajarishlarini kuzatish lozim. Mashg‘ulot davomida 
bolalar tinch ishlashga, o‘z o‘rinlaridan so‘roqsiz turmaslikka o‘rganadilar. Katta 
guruhdagi bolalar dastavval tarbiyachi ruxsati bilan, keyin o‘zlari suvni, 
mo‘yqalamni o‘z joyiga qo‘yadilar. Kichik guruhda bolalar mustaqil bo‘lmaganlari 
uchun ko‘proq tarbiyachining o‘zi bolalar oldiga kelib turadi. O‘rta guruhdan 
boshlab bolalar tarbiyachiga qo‘llarini ko‘tarib, murojaat etishga o‘rganadilar. 
Bolalarni asta- sekin mustaqil ishlashga o‘rgatib boriladi. Bor bo‘lgan 
qiyinchiliklarni o‘zlari hal etish yo‘llarini o‘rganib boradilar. Mashg‘ulotni 
yakuniga 5 minut qolganda bolalar ogohlantiriladi. Bu narsa kichik guruh bolalari 
uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan bo‘ladilar. 


Kichik guruhdan boshlab bolalarga ishini oldinroq tugatgan bo‘lsa, o‘zi yana 
rasmni element bilan boyitishni taklif etiladi.
Mashg‘ulotning yakuni–bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil 
qilish.Tarbiyachi ishni tugatishni qat’iyan taklif etsa, bolalar hammasi ishni 
tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida bolalarga o‘z ishlarini tugatib 
olishga imkon yaratishi lozim. Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Bolalar ishlarini tahlili ta’limiytarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Bolalar ishlari devoriy ro‘znoma qilib osiladi. Bolalar devoriy ro‘znomadagi 
ishlarini yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so‘raydi va 
bolalar ishlariga umumiy baho beradi. Mashg‘ulotdan so‘ng bolalarga o‘z ishlarini 
ko‘rib chiqish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg‘ulot 
cho‘zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmida amalga 
oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar uchun burchak tashkil 
etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg‘ulotgacha qoldiradi. Albatta, ular 
dastavval yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin. Agar burchak 
tashkil etishni iloji bo‘lmasa, bolalar ishidan albom qilinadi. Bittadan varaq bir 
kishiga ajratiladi va varaq ustiga konvert yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib 
qo‘yilib, shu konvertga bolaning har bir bajargan ishi qo‘yiladi. Aralash yosh 
guruhlarda mashg‘ulotni tashkil etish o‘ziga hos xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-
3 yuqori guruhga bo‘lib, har biri uchun o‘zining dastur mazmuni aniqlanadi. 
(bolalarning hammasi, birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan shug‘ullansa ham).
Ta’lim–maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elementar bilimlar tizimini 
bilan tanishtirishda, maktabgacha ta’lim muassalari uchun ishlab chiqilgan 
dasturlarda nazarda tutilgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda yetakchi 
rolni o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida bolalarga yangi bilimlarni muntazam berib 
borish, ular jamg‘argan tasavvurlarni aniqlash va tizimlashtirish, bolalarning bilish 
jarayonlari hamda tafakkur faolliklarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Ta’lim – 
ikki tomonlama jarayon: mashg‘ulotlar kuzatilar ekan, tarbiyachining ta’lim berish 
faoliyatini, uning bolalarga ta’sir etish imkoniyatlarini hamda bolalarning javob 
berish reaksiyalarini, o‘quv harakatlari sifatini ham baholash muhimdir. 


Ta’lim jarayoni bolalarning jismoniy, ma’naviy, mehnat va estetik 
rivojlanishlariga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonining muhim 
vazifasi uning bolalarga tarbiyaviy, umumta’lim ta’sirini (kuzatuvchanlik, 
zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat faolligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning 
rivojlanishini) aniqlashdir. Pedagog har bir mashg‘ulotda ta’lim va tarbiyaning 
o‘zaro bog‘langan vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, 
bolalarga rasm chizish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil 
tahlil qilishni, ko‘rganlarini tasvirlashni, harakat usullari haqida gapirishni, 
bo‘yoqdan tartibli foydalanishni, o‘rtog‘iga halaqit bermaslikni oxirida hamma 
narsani o‘zi joy-joyiga olib qo‘yishni o‘rgatadi. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida 
bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular o‘z fikrlarini 
erkin bayon qila olishlarini, ularning lug‘at boyliklari qandayligini aniqlash 
mumkin. Bolalardagi ma’naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va 
shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak, ko‘rilgan 
har bir mashg‘ulotlarda dasturning barcha bo‘limlari bo‘yicha bolalar bilan olib 
borilgan ishning darajasi xuddi ko‘zgudagidek aks etadi. Tarbiyachi o‘tkazadigan 
mashg‘ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi bilishga, ta’lim 
metodikasini egallaganlikka, o‘z guruhidagi bolalarning yosh va individual 
xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyachini nazorat 
qilish va unga yordam ko‘rsatish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi 
barcha yosh guruhlarining dasturini hamda ta’lim metodikasini bilishi, 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixofiziologik xususiyatlarini 
tushunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or pedagogik tajribadan xabardor bo‘lishi 
kerak.


Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
“Bilimdon” dasturi. T.: 2014
3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik 
elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi 
ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007

Download 435.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling