Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning turlari metod va usullari reja: Kirish
Download 250.68 Kb.
|
ismoilova
TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISHNING TURLARI METOD VA USULLARI Reja: Kirish Tasviriy faoliyatning turlari Tasviriy faolyatning metod va usullari MTT tarbiyalanuvchilarining tasviriy faoliyatga o’rgatishning ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy printsip, bu tasviriy faoliyatni ta'lim-tarbiyaviy ishning eng muhim bo'limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni ma'lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo'yicha amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o'ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo'lsa-da, ularni bir yo'nalish, maqsad bo'yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o'ziga xos ko'rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat turlari - rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya o'ziga xos tasviriy texnikaga egadir. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg'ulotlar soniga qat'iy rioya qilishi lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg'ulot qanday materiallar bilan o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog'i lozim. Masalan, loy bilan ishlashda - loy yoki plastilin, rasm chizishda - guash, rangli qalam, ko'mir tayoqchasi va hokazo. Shuningdek, tarbiyachi mashg’ulotning dastur mazmunini tanlashda, bolalarga qanday predmetlarni chizdirish haqida emas, balki shu predmetni chizdirish yoki loydan yasattirish orqali qanday bilim va ko'nikma berish yoki o'rgatish haqida ko'proq o'ylashi lozim. Ixtiyoriy mashg'ulotlarni rejalashtirishda esa tarbiyachi bolalarning mustaqilligini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi o'rgatish usullari to'g'risida o'ylab olishi kerakdir. Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san'at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi. Download 250.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling