Tasviriy san’at kafedrasi Rahim Ahmedov ijodi mavzusida yozilgan
O‘zbek tasviriy san’atida Rahim Ahmedovning tutgan o‘rni
Download 352.71 Kb.
|
kurs ishi Qosimov B. Raxim Axmedov ijodi
1.2. O‘zbek tasviriy san’atida Rahim Ahmedovning tutgan o‘rni
Bugungi kunda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bо‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O‘tmishda yashab o‘tgan buyuk vatandoshlarimiz, ulug‘ allamalar siymosini tasviriy san’at asarlarida aks ettish ijod ahli oldiga ham ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. 4 Taniqli rassom Rahim Ahmedov O‘zbekiston tasviriy san’atida yorqin iz qoldirgan xalq rassomi. Uning asarlari o‘ziga hosligi, kompozitsion yechimi bilan ajralib turadi. Uning ijodini o‘rganish har bir yosh tasviriy san’at ixlosmandi uchun muhim manba bo‘lib, ulardan ko‘plab ijodiy ilhom olish mumkin. O`zbekistonda qadimdan tasviriy san`at o`ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik sharofati bilan rangtasvir san`ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san`at, rangtasvir rivojida 1997-yilda tashkil etilgan O`zbekiston Badiiy akakdemiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasi muhim rol` o`ynaydi . O`zbekiston xalq rassomlari Raxim Axmedov, Malik Nabiev, Bohodir Jalolov va boshqalar halqimiz ongida milliy g`urur, Vatanga sadoqat tuyg`ularini uyg`otuvchi qator san`at asarlari yaratdilar. Amir Temur , MirzoUlug`bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va minatura san`ati yangi ma`no- mazmun bilan boyidi. Shahar ko`chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o`rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur-halovat, zavq bag`ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.5Talaba yoshlarni ilimga yo’naltirish va tasviriy sanʼatga qiziqishlarida bunday sanʼat asarlarinig oʼrni beqiyos desam adashmagan boʼlaman, bunga yaqqol misol tariqasida Oʼzbekiston xalq rassomi, akademik Raxim Axmedov ijodini olsak boladi.Rassomning yaratgan koʼplab ijodiy kompozitsiya asarlarining oʼziga xosligi moxirona bajarilganligi,ranglar jilosining oʼziga xosligi 50 asarlarda milliylik ruxinni aks yettirilishi inson xarakterlari topilganligi odamga bevosita yestetik zavq bagʼishlaydi. Bunga misol tariqasida “Ona oʼylari”, “Choʼpon yigit”, “Dehqon” kabi yaratgan sanʼat asarlarini kuzatib turgan xar bir inson milliylik ruxini xis qiladi bu yesa rassomning maxoratiga bogliq. Bunday sanʼat durdonalari talaba yoshlarni tasviriy sanʼatga qiziqishlarini sanʼatga bolgan muxxabatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi desam adashmagan bolaman. Chinakam mahorat maktabi Sanʼat milliylikka asoslanadi, ayni paytda yezgulik, olijanoblik, doʼstlik, hamjihatlik, maʼnaviy yetuklik kabi umuminsoniy gʼoyalarni targʼib yetadi. Yurtimizga chetdan kirib kelayotgan barcha asarni ham sanʼat deb qabul qilish notoʼgʼri. Bugungi globallashuv jarayonida, tezkor axborotlashuv davrida yoshlarni oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay olishga oʼrgatish zimmamizdagi asosiy vazifalardandir. Oʼzbek tasviriy sanʼati Chingiz Ahmarov, Oʼrol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Neʼmat Qoʼziboyev, Mannon Saidov, Baxtiyor Boboyev, Roʼzi Choriyev singari nomdor rassomlar asos solgan katta mahorat maktabiga yega. Bu maʼnaviy merosni oʼrganish, mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish muhim va zarur jarayondir. Ayni paytda Badiiy akademiya akademigi maqomiga yega boʼlgan ijodkorlar orasida rangtasvirchilar, grafiklar, haykaltaroshlar, madaniyatimizning zabardast namoyandalari boʼlgan ustalar, sanʼatshunoslar bor. Bular yesa yoshlarni tasviriy sanʼatga qiziqishlarini ortirishda va yoʼnaltirishda muxim roʼl oʼynaydi. Masalan, Alisher Mirzayev oʼz asarlarida hayot voqeligini koʼtarinki ruhda, turfa rang hamda shakllarda ifodalashi bilan ajralib tursa, Samigʼ Abdullayev Oʼrta asrlar Sharq madaniyati shakl-shamoyilini asarlariga singdirishga harakat qiladi. Javlon Umarbekovning ijodida yesa milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yangidan-yangi qirralari yorqin aks yettiriladi. Bunday sanʼat asarlari manaviy ozuqa boʼlibgina qolmay yoshlarni vatanga bolgan , tasviriy sanʼatga boʼlgan mexir muxabbatlarini yanada oshiradi. O‘zbеkistonda san'at va madaniyatni rivojlanishi o‘zini qadimiy tarixiga ega. Bir nеcha asr davomida har xil bosqichdagi san'at madaniy mеrosimizni boyitdi. Bizgacha еtib kеlib, hozirda Parijda milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV asrda Rashid-ad-Din ”Maqolalar to‘plami”ga ishlangan miniatyura (mo‘jaz san'at) portrеtlari O‘rta Osiyoda eng qadimgi tasviriy san'at asarlari hisoblanadi. XX asr O‘zbek tasviriy san'ati, ayniqsa, rangtasvir san'atining shakllanishida Yevropaning ilg‘or tasviriy san'ati an'analari, rus va boshqa xalqlar rassomlarining ta'siri katta bo‘lganligi ma’lum. Yevropa davlatlarida ancha ilg‘orlab ketgan uch o‘lchamlilik qonuniyatlari asosida rivojlangan tasviriy san'at aynan osha davrlarda bizning o‘lkamizda deyarli mavjud emas edi. Ajdodlarimizning san’atga ixlosmand vakillari ko‘proq xalq amaliy bezak san'ati bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ana shu ijodkor rassomlar ichida Rahim Ahmedov o‘z uslubi, portret va maishiy janr sohasidagi yaratgan asarlari bilan alohida ajralib turar edi. Bu musavvir O‘zbek rangtasvir san’ati va uning rivojlanishida katta xizmatlar qilganligini e’tirof etgan holda, portret san’atida o‘ziga hos bir uslub va yo‘nalishlarni boshlab berdi desak also mubalag‘a bo‘lmaydi. Rangtasvir – rang san’ati. Rangtasvirxaqiqiy hayotni aks ettirib, tamoshabinning fikri va hissiyotlariga ta`sir o‘tkazuvchi tasviriy san’at turlaridan biridir. Biror bir satx yuzasiga, bo‘yoqlar (moybo‘yoq , tempera, akvarel, guash va boshqalar) bilan bajarilgan san`at asariga rangtasvir deyiladi. Rangtasvirdagi obrazlar juda yorqin va tomashabop. Rassomlar asarlarini rangtasvir va plastik vositalar bilan yaratadilar. Ular qalamtasvir va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanganlari bilan, rangtasvirdagi eng asosiy ta`sirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi. Rangtasvirdagi tasvirlar tasviriy satxda uzluksiz bo‘yoq qatlamini hosil qiluvchi bo‘yoqlar yordamida yaratiladi. Xattoqi akvarel rangtasvirida qog`ozda bo‘yoq tegmagan joylar qolsa ham, tasvirning uzluksizligiga ta`sir qilmaydi, chunki bo‘yoqlar bir-biriga singishib va aralashib ketishadi. Rangning tasviriy va ta’sirchanlik imkoniyatlaridan rangtasvirda rass Download 352.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling