Tasviriy san’at kafedrasi Rahim Ahmedov ijodi mavzusida yozilgan


Rahim Ahmedov yaratgan asarlar tahlili


Download 352.71 Kb.
bet7/9
Sana13.04.2023
Hajmi352.71 Kb.
#1353623
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Qosimov B. Raxim Axmedov ijodi

2.2. Rahim Ahmedov yaratgan asarlar tahlili
R. Ahmedovning ilk asarlari bo‘lmish “Cho‘pon yigit”, “Xalq sozandasi”, “Surxondaryolik qiz” kabi suratlari uni mohir surat-kash va kolorit ustasi bo‘lib yetishganini ko‘rsatadi. Rassom o‘z asarlarida qahramonlarning ma'naviy qiyoiasini, ruhini, his-tuyg‘ularini ta'sirli qilib ifodalagan. Bular “Ona o‘ylari”, “Bahor” va boshqalardir. R. Ahmedov badiiy jihatdan mukammal janrli suratlar ham yaratgan. “Birinchi maosh”, “Tushki dam olish”, “Onalik - tong”, “Qo‘shiq” kabi polotnolari nihoyatda jonli, hayotiy va haqqoniy chiqqan.
R . Ahmedov yaratgan ayollar obrazlari, ayniqsa, jozibali va maftunkordir. Rassomning bumavzudagi suratlari nazm ruhi bilan sug‘orilgan, nozik his-tuyg‘ularga boy. “Onalik - tong” (1963) suratida rassom zamonaviy o‘zbek ayolining tipik obrazini gavdalantirdi. Azaldan san'atkorlarni maftun etib kelgan mavzuni R. Ahmedov sodda va bir vaqtda tantanali ifodalagan. Suratning kompozitsiyasi oddiy, koloriti jozibali va nafis. Suratning umumiy nozik pistoqiyashil rangi, tog‘ cho‘qqilari va adirlarning yashil-tob binafsha ranglari hamda daraxtlarning ko‘kish tuslari bilan uyg‘unlashib ketgan.
O‘zbek ayollariga xos holatda o‘tirgan onaning egnidagi sariq libosi uning bug‘doyrang badaniga uyg‘unlashtirib tasvirlangan. Hamza mukofoti laureati, Toshkent teatr-rassomlik institutining akademigi R. Ahmedov respublika tasviriy san'atining atoqli namoyandalaridan biridir. Uning asarlari xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilingan, mamlakatimizning san'at muzeylari va galereyalarida saqlanmoqda.
Hech bir sahna asarini bezaklarsiz, dekoratsiyasiz tasvvur qilib bo‘lmaydi. Ular spektakldagi voqealarning tabiiy, ishonarli va hayotiy chiqishiga yordam beradi. Bunda teatr rassomlarining xizmati katta. Respublikamizda ham bir qancha mahoratli mo‘yqalam ustalari shu borada mehnat qilmoqdalar. Ular yaratgan sahna bezaklari asosida tomoshabinlarga tuhfa etilgan o‘nlab spektakllar o‘zbek madaniyatiga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Musavvirning “Ona o‘ylari”, “Tong”, “Sora Axmеdova” portrеti “Lola” portrеti “Oqtoshda bahor”, “Surxondaryolik ayol”, asarlarida jozibali ranglar vositasida o‘zbеkxalqining o‘tmishi, ichki dunyosi, his-tuyg’u, orzulari o‘z ifodasini topgan. 8
Rahim Axmеdov dastlab portrеtsoxasida juda bеrilib ijod qildi. Zamondoshlarni bеtakror obrazini, mazmun g‘oyalarni ifodalashda o‘ziga xos badiiy til topdi. Portrеt yaratganda, nafakat uni tashki kiyofasiga, ranglarni uygunligiga, balki uni chеxrasidagi insoniy fazilatlarni ochib bеrishga intilardi. Shuning uchun mеhnatsеvar xalqning milliy xususiyatlarini, o‘zida mujassamlashtirgan ayollar, kariyalar, o’spirin – yoshlarni obrazini yaratishga qaratilgan edi.”Cho‘pon portrеti” da tabiat bilan kurashib ogir mеhnatni yoshlikdayok yеlkasiga olgan 40-yillar avlodini taqdirini tasvirlagan. Cho’pon yigit kiyofasida sinchiklab qarayotgan nigohi gavda kompozitsiyasiga bog‘lanib kеtgan, tayokka suyalgan, kabargan kullari va suyalgan gavdasi jazirama oftobda kuygan dala utlari, xaroratda qizigan tabiat manzarasi fonida – issiq ranglarda o‘z yеchimini topgan. Portеt kompozitsiyasini asosiy mavzuni bu inson obrazidir. Boshiga kattalarga taqlid qilib uralgan qizil rumolcha, og’ir mеhnatni anglagan, pushti kuylakdagi uspirin bola tasvirlangan. Bu ajib asar xozirda O’zbеkiston Davlat san'at muzеyida avaylab saqlanmoqda.San'atkor o‘z asarlarida voqea va hodisalar, turli holatlarning ma'lum bir ko‘rinishini ifodalab, tasvir orqali ichki mohiyatni ochib, kishilarning ma'naviy qiyofasi, psixologik (ruhiy) holati va fikrlarini tasvirlaydi. 9
Jahon va Vatanimiz san'ati tarixini o‘rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‘tmish odamlarning his-tuyg‘u, hayotiy tajribalarini o‘rganish g‘oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‘zsiz kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Bugungi kunda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bо‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O‘tmishda yashab o‘tgan buyuk vatandoshlarimiz, ulug‘ allamalar siymosini tasviriy san’at asarlarida aks ettish ijod ahli oldiga ham ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi.

XULOSA
Tasviriy faoliyatning nazariyasini muntazam o‘rganish, tasviriy san’at ta’limini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosiy shartlaridandir. Rangtasvir qonun-qoidalarini puxta egallagan talabagina amaliy ijodda samarali shug‘ullanishi mumkin. “Kimda-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qaerga ketayotganligiga to‘la ishonch hosil qila olmaydi”, deya ta’kidlagan Leonardo da Vinchi. Ayniqsa, rangtasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy XVII asrdayoq: “Biz hamma bilimlarimizni aqliy fikrlar bilan mustaxkamlab bormog‘imiz lozimki, shunda ikkilanishga ham, esdan chiqishga ham imkon qolmaydi”.
Rus rassomi va pedagogi D.N.Kardovskiy aytib o‘tganidek: “San’atni o‘rganayotganlar tasvirlashni yo‘llari va usullari, ya’ni narsalarni shakli, nisbatlari, rangi, yorug‘ligi, xususiyati va harakat qonuniyatlariga bo‘ysunishga majburdirlar”.
Tasviriy san’atning tarixi, rangtasvirni amaliy o‘rganish juda katta metodik ahamiyatga ega. Metodikaga oid adabiyotlarda juda qimmatli materiallar to‘plangan bo‘lib, ularda ko‘plab texnik va texnologik maslahatlar yoritilgan. Rangtasvir nazariyasiga kelsak, bu masalada tarixiy merosning ahamiyati unchalik sezilmaydi. Yevropa singari Rus badiiy Akademiyasida ham rangtasvirni amaliy tarzda o‘qitish juda kuchli bo‘lgan, biroq tasvirlashning nazariy asoslari ishlanmasiga etarli e’tibor berilmagan. Keyingi vaqtda tasvirlashni nazariy o‘qitish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bir qancha metodik qo‘llanmalar nashr etilgan. Ularda kasb mahorati, yorug‘-soya, ranglar majmuasi, havo perspektivasi qonuniyatlari nazariyasi mukammal ochib berilgan. Biroq, bu qo‘llanmalar ham tasviriy faoliyatni bekamu ko‘st yoritib bera oladi deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, talaba buyum va narsalarni o‘ziga xos ranglarini va ularni yorug‘lik ta’sirida o‘zgarishlarini ko‘rib tushunsa ham rangtasvirchi rassom bo‘la olmaydi, chunki rangtasvirni umumiy qonuniyatlari (ranglar nisbati, issiq va sovuq ranglar, kolorit ranglar uyg‘unligi) mavjud. Bir qancha rassomlarni tarbiyalagan, ajoyib pedagograssom D.N.Kardovskiy aytganki: “naturada ham, ishni boshqarishda ham asosiy e’tibor shunga qaratilishi kerakki, butun darsni o‘tish jarayonida ranglar nisbatini hisobga olish zarur... Doimo rang munosabatlari bilan ishlash va fikrlashga o‘rganish kerak”.
Ta’lim olish jarayonida biz talabalar avvalo, rangtasvirning asosiy qonunlari-rang va tus munosabatlari va ularni aniqlash usullarini egallashimiz lozim. Chunki aynan shular rangtasvirning nazariy kursi tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, rangtasvirni o‘qitishning nazariy kursiga shunday savollar ham kiritilishi lozim, ular rangtasvirda qalamtasvirning asosiy o‘rni, havo perspektivasi, qog‘oz yuzasida xajmli buyumlarni fazoviy joylashuvi, tasvirlash qoidalari, soya-yorug‘lik qonuni, qo‘yilmani metodik ketma-ketlikda tasvirlay bilish, ishni rang va tus jihatdan yaxlit holatga keltirish va boshqalardir. Rangtasvirning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Rangshunoslik bo‘lg‘usi rassomlarga ranglarni tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi masalalarini ularning atrof-muhit tasirida o‘zgarib ko‘rinishini, bo‘yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. Mustaqillik yillaridagi tashkil etilgan ko‘rgazmalardan shu narsa ko‘rindiki, bu davr rassomlarni ijodiy erkinlik davri bo‘lib, asarlarni mavzusi, syujeti, g‘oyasi, kompozistion echimi, rang uyg‘unligi – kaloritlarni g‘oyat kengligi, badiiy uslublardagi mustaqillik, shijoat va ijodkorlik tuyg‘ulari bilan mutloq yangilanish ko‘rinib turdi. Mamlakatimizning o‘nlab viloyat va shaharlarida to‘xtovsiz san’at asarlari ko‘rgazmasi muntazam holda o‘tkazib kelinmoqda. Bular mamlakatimiz rassomlarini ijod va ilhom hisobotlari bo‘lib, san’atimiz ravnaqidan dalolat beradi.
Rahim Ahmedov chizgan rasmlarini o‘rganish orqali tasviriy san’atda yorqin iz qoldirishning uslub va iste’dod bilan bog‘liqligiga guvoh bo‘ldik. Demak, har bir ijodkor oldingi va shu davrdagi ijod namunalarini o‘rganishi va tegishli xulosalar chiqarishi lozim.



Download 352.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling