Tasviriy san’at metodikasi” fa­nidan “Tasviriy san`at talimining maqsad va vazifalari”mavzusida kurs ishi


Download 1.17 Mb.
bet1/12
Sana21.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1374727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
G, Maftuna


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi yo‘nalishi talabasi
Gaipova Maftunaning
Tasviriy san’at metodikasi” fa­nidan
Tasviriy san`at talimining maqsad va vazifalari”mavzusida
KURS ISHI

UrDU 2021


Tasviriy san`at talimining maqsad va vazifalari.


MUNDARIJA:
Kirish ...............................................................................................................3
I-bob. Tasviriy san`at faning mohiyati, mazmuni.
1.1-§ Tasviriy san‟at darslarini samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish……………………………….5
1.2-§Tasviriy san`at darslarida foydalanib o’quvchilarning tasviriy san`at faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish………………………………… ……..9
II-bob. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’atdan mashg`ulotlarni tashkil etish
2.1-§ Tasviriy san`at darslarida amaliy mashg`ulotlarning tashkiliy metodik asoslari va qonun qoidalari……………………………………………………14
2.2-§ Tasviriy san`at faniga hissa qushgan namoyondalar………………...…22
Хulоsa……………………………………………………………………...…32
Adabiyotlar…………………………………………………………………..33
Ilovalar
Kirish
Men o’z kurs ishimni tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanidan “Tasviriy san`at talimining maqsad va vazifalari “deb tanladim. Bundan asosiy maqsadim o’quvchilarga tasviriy san’atning asosini tashkil qiluvchi ifodaviy vositalarni to’g’ri anglab yetishlariga erishish,ularni bir biridan farqlay bilishni anglatishdan iboratdir. Bizga ma’lumki tasviriy san’atning ifodaviy vositalariga kompozitsiya, xajm, ritm, dog’, rang, shakl, fazo va fakturalar kiradi. Aynan shular tasviriy san’atning barcha tur va janrlarida qo’llaniladi.
Men kurs ishimni nazariy, xulosa va ilova qismlaridan iborat qilib olib borishni rejalashtirdim. Buning uchun avvalo zarur o’quv va metodik adabiyotlarni,qo’llanmalarni,olimlarimizning gazeta va jurnallarda chop qilingan mavzuga doir maqolalarini to’pladim.
Chunki tasviriy san’at o’quv fani umumiy o’rta ta’lim fanlari ichida ma’naviy sog’lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy xal etishda keng imkoniyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Sababi, aynan tasviriy san’at darslarida san’at va san’atkor olami, san’atning ijtimoiy vazifasi va o’ziga xos xususiyati,uning tasviriy va ifodaviy vositalari tilini o’rganib borish orqali o’quvchilar atrof muxit, tasviriy, amaliy san’atga me’morchilikdagi go’zalliklarni ko’ra bilish,anglash,ularni baxolash,qadrlash va muxofaza qilishni o’rganib boradilar.
Shuning uchun xam tasviriy san’at o’quv predmetining bosh maqsadi o’quvchilarni ma’naviy madaniyatini va badiiy tafakkurini yuksaltirish hamda tasviriy savodxonlikni tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik madaniyat deganda san’at tarixi va undagi badiiy jarayonlarni to’g’ri tushuna bilish,o’z fikrini o’zgalarga gaprib bera olish,badiiy tafakkur deganda esa,estetik madaniyat ob’ektining asl mazmuni va moxiyatini mustaqil tarzda,taxliliy yondoshuv asosida chuqur mushoxada eta olishga qodirlik tushuniladi.
Tasviriy savodxonlik esa tasviriy san’atning barcha turlaridan (rangtasvir,grafika va xaykaltaroshlik),shuningdek amaliy san’at,dizayn va me’morchilikning o’ziga xos tasviriy usullaridan,ifodaviy vositalaridan amaliy ijodiy faoliyatda to’g’ri foydalana olishni nazarda tutadi.
Kurs ishimda tasviriy san’atning ifodaviy vositalari mavzusini tanlashining asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi; -Tasviriy san’at vositasida o’quvchilarning atrof –muxitdagi, san’atdagi go’zalliklarni ko’ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san’atning ijtimoiy moxiyatini va axamiyatini teran anglagan xolda me’moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san’ati asarlarini milliy iftixor, kadriyat sifatida e’tirof etish va muxofaza qilishga o’rgatish.
Bolalarni san’at bilan muloqot jarayonida olgan taassurotlarini tasviriy va amaliy san’at,dizayn san’atining ( rangtasvir, qalamtasvir, xaykaltaroshlik, amaliy-badiiy loyixalashtirish va boshqalar) turlarida ularga xos tasviriy-ifodaviy vositalar, qonuniyatlar asosida o’zlarining ijodiy faoliyatlarida qo’llay bilishga o’rgatish.
-Tasviriy san’atning nazaoriy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonini o’quvchilarda estetik did, estetik ong, badiiy tasavvur va tafakkurni tarkib topdirish, hamda rivojlantirishga yo’naltirish orqali ma’naviy barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish,

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling