Tasviriy san’atni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi


Download 157.24 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi157.24 Kb.
#1567961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“tasviriy san’atni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnolo

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:


  • kuchsiz o’quvchilar bo’lganligi sababli kuchli o’quvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

  • barcha o’quvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;

  • guruhlararo o’zaro salbiy raqobatlar paydo bo’lib qolishi mumkin.

  • Guruh ichida o’zaro nizo paydo bo’lishi mumkin.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodini qo‘llash bosqichlari:


Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir - biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi. Kichik guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 3 - 5 kishidan olinishlari mumkin. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. O’qituvchi tomonidan aniq ko’rsatmalar beriladi va o’qituvchi tomonidan yo’naltirib turiladi. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi. Kichik guruhlar baholanadi.
«Bahs - munozara» metodi. Bahs - munozara - o’quvchilarni ikki guruhga bo’lgan holda, biror mavzu bo’yicha o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan o’qitish metodi.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo’llaniladi. Bahs - munozarani boshqarib borish vazifasini o’quvchilarning biriga topshirish mumkin. Bahs - munozarani erkin holatda olib borish va har bir o’quvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda o’quvchilar orasida paydo bo’ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.

Download 157.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling