Tasviriy san’atni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari
Download 157.24 Kb.
|
“tasviriy san’atni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnolo
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari
- «Aqliy hujum» metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar
«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari:natijalar baholanmasligi o’quvchilarni turli fikr - g’oyalarning shakllanishiga olib keladi; o’quvchilarning barchasi ishtirok etadi; fikr - g’oyalar vizuallashtirilib boriladi; o’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini tekshirib ko’rish imkoniyati mavjud; o’quvchilarda mavzuga qiziqish uyg’otish mumkin. «Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:o’qituvchi tomonidan savolni to’g’ri qo’ya olmaslik; o’qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. O’quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo’yicha o’z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so’raladi; O’quvchilar savol bo’yicha o’z fikr - mulohazalarini bildirishadi; O’quvchilarning fikr - g’oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog’ozlarga yoki doskaga) to’planadi; Fikr - g’oyalar ma‘lum belgilar bo’yicha guruhlanadi; Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi. «Aqliy hujum» metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:Bildirilgan fikr - g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. Bildirilgan har qanday fikr - g’oyalar, ular hatto to’g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi. Bildirilgan fikr - g’oyalarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin. O’qituvchi «Aqliy hujum» metodidan foydalanib, o’quvchilarga mavzu bo’yicha savol beradi. O’qituvchi bildirilgan g’oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlaydi. Bu bosqichda o’qituvchi guruh qatnashchilariga o’z fikrini bildirishga sharoit yaratib beradi. Qatnashchilar bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o’tishadi. Tahlil orqali qo’yilgan vazifaning eng maqbul echimini topishga harakat qilinadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijada hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq, ya‘ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta‘lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari hulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga va ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu o’quv faniining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya‘ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayon. «Kichik guruhlarda ishlash» metodi. Kichik guruhlarda ishlash - o’qituvchi tomonidan berilgan ma‘lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, berilgan topshiriqning yechish yo’llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi metod. Ushbu metod qo’llanilganda o’quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir - biridan o’rganishga va turli nuqtai - nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi. Kichik guruhlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchi boshqa noan‘anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Download 157.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling