M isol. Detal (vtulka) silindr va kubdan iborat.
Vtulka o`qi bo`ylab 10 mm li silindr o`yilgan ochiq teshikdan iborat. Silindr kub ustida joylashtirilgan. Silindr o`lchamlari: asosi diametri 20 mm li aylana, balandligi 40 mm li kubning o`lchamlari 25 mm ga teng.
Topshiriq. 1) vtulkaning yaqqol tasviri chizilsin, 2) uning yaqqol tasviriga ko`ra etarli ko`rinishlari chizilsin, 3) chizmada o`lchamlar qo`yilsin.
3.34-shakl, a da vtulkaning yaqqol tasviri frontal dimetriyada chizilgan va uning etarli ko`rinishlari yaqqol tasviriga asosan bajarilgan hamda chizmaga o`lchamlar qo`yilgan (3.34-shakl, b).
Xulosa
Sirtlarning kesishish chiziqlari bo'lgan detalning yaqqol ko’rinishidan eskizlarni bajarishda, kursantlar o'tish chizig'ini qo'l bilan chizishlari mumkin, o'qituvchi esa egri chizig'ining to'g'ri ko'rinishini nazorat qiladi. Ishni bajarayotgan kursant o'qituvchining talabiga binoan istalgan vaqtda ushbu egri chiziqning mos nuqtalarining pozitsiyalarini ko'rsatishga tayyor bo'lishi kerak. Detallarning chizmalarini tuzishda Bogolyubov S.K.
"Chizmachilik" darsligida tasvirlangan o'tish chizig'ining soddalashtirilgan
qurilishidan foydalanish mumkin.Muhandislik grafikasi kursini muntazam o'rganish jarayonida kursantlarning grafik tayyorgarligi mazmuni va usullari bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda, o'qituvchilar tomonidan to'g'ri tashkil etilgan bo'lsa, muhandislik grafikasi fanini o'qitish kursantlarning o'zlarining ijodiy ishlarida grafik hujjatlar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirishda juda ijobiy natijalar berishi mumkin deb aytish uchun barcha asoslar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |