Tasvirlarni bajarishda konventsiyalar va soddalashtirishlar Tasvirlarning kerakli sonini tanlash


Download 404.07 Kb.
bet6/7
Sana09.02.2023
Hajmi404.07 Kb.
#1180961
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tilovova Muqaddas 24

Misol. 3.32-shakl, a da detal yaqqol tasviri bilan berilgan.
Detalning belgilangan (shtrixlangan) yoqi gorizontal tekislikka parallel vaziyatga kelguncha burilsin va kerakli ko`rinishlari chizilsin. Shaklda burish yo`nalish strelka bilan ko`rsatilgan.
Shaklda ko`rsatilgan strelka yo`nalish bo`yicha burish soat mili harakati yo`nalishiga mos keladi va bu burishning yuqorida ko`rilgan 5-holiga to`g’ri keladi.
Detalni shaklda ko`rsatilgan strelka yo`nalishi bo`yicha fikran 900 ga burib yangi vaziyatini hosil qilamiz va V, H, W tekisliklar sistemasida3.32-shakl, b da ko`rsatilgan vaziyatda joylashtiramiz. So`ngra detalning yangi vaziyatdagi yaqqol tasvirining etarli ko`rinishlari chiziladi (3.32-shakl, c).
Jism shakliga konstruktiv o`zgartirish kiritish. Ma`lumki, mashina va mexanizm detallarining shakli turli geometrik jismlardan tashkil topgan. Ularning ayrimlari juda oddiy (silindr, konus, prizma, shar va h.k.) geometrik shakllardan iborat bo`lsa, ayrim detallarning shakli murakkabroq bo`lib, ular ikki va undan ortiq jismlarning birikmasi (kesishuvi yoki yig’indisi) dan tashkil topgan bo`ladi. Ba`zi detallar ularning shakliga konstruktiv o`zgartirishlar kiritib tayyorlanadi.
Quyida jism shakliga konstruktiv o`zgartirishlar kiritib, uning ko`rinishlarini hosil qilishga doir misol ko`ramiz.
3.33-shakl, a da jism (parallelepiped)ning yaqqol tasviri berilgan.
Parallelepipedning olib tashlanadigan qismlarini belgilab chiqamiz (3.33-shakl, b). Uning belgilab ko`rsatilgan qismlarini olib tashlash jarayoni 3.33-shakl, c da ko`rsatilgan. Parallelepipedning belgilangan qismlarini olib tashlangandan keyingi shakli yaqqol tasvir 3.33-shakl, d da tasvirlangan. So`ngra yaqqol tasvirga asosan detalning uchta ko`rinishi chizilgan va chizmada o`lchamlar qo`yilgan (3.33-shakl, e).

  1. Jismning yozma tavsifiga ko`ra tasvirini hosil qilish. endi yozma tavsifiga ko`ra jismning yaqqol tasvirini hosil qilish va yaqqol tasviri asosida uning etarli ko`rinishlarini chizishga doir misol qaraymiz.


Download 404.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling