Tasvirlarni bajarishda konventsiyalar va soddalashtirishlar Tasvirlarning kerakli sonini tanlash


Download 404.07 Kb.
bet5/7
Sana09.02.2023
Hajmi404.07 Kb.
#1180961
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tilovova Muqaddas 24

Xayoliy obrazda jism to`g’risida xotirada mavjud obrazlar fikran qayta ishlanadi va jism yangi farazlar bilan boyitilgan holda tasavvur qilinadi. O`z navbatida xayoliy obrazlar hosil bo`lishiga qarab ikkiga bo`linadi: fikran qayta ishlash natijasida hosil bo`lgan xayoliy tasavvur va ijodiy tasavvur obrazlari.
Xayoliy tasavvur obrazlari berilgan materiallar (chizma, yaqqol tasvir, tavsif, sxema)ni fikran qayta ishlash natijasida hosil bo`ladigan yangi obrazlardir.
Chizmachilik darslarida yaqqol tasviriga ko`ra fikran tasavvur qilib, chizmasini va aksincha chizmasi asosida yaqqol tasvirini bajarish; jismni berilgan ikkita ko`rinishiga ko`ra tasavvur qilib uchinchi ko`rinishni yasash; detalni tavsifi bo`yicha tasavvur etib chizmasi va yaqqol tasvirini hosil qilish.
Chizmada kerakli kesim va qirqim bajarish fikran qayta ishlash natijasida hosil qilingan xayoliy tasavvur obrazlar asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tasavvur etish asosida biror buyumning detallari eskizi yoki chizmalarini va ular asosida buyumning chizmasini bajarish, yig’ish chizmasini fikran detallarga ajratib chizish; qurilish va sxemalarni o`qish va chizish fikran qayta ishlash natijasida hosil qilingan xayoliy tasavvur obrazlarining mahsulidir.
Ijodiy tasavvur obrazlari-bular yangi obrazlar bo`lib, ularni yaratishda chizma, tavsif, sxema kabi topshiriq va yo`llanmalar berilmaydi. Ijodiy tasavvur jarayonida shunday yangi obrazlar shakllanadiki, ularni amalda joriy etish natijasida yangi mashina va mexanizmlar loyihasi ixtiro etiladi.
San`at va adabiyot sohasida ijobiy tasavvur obrazlari mahsuli sifatida yangi san`at va badiiy adabiyot asarlarini yaratish mumkin bo`ladi.
Endi fazoviy tasavvurning qo`zg’aluvchanligi (faolligi)ni rivojlantirish va texnik ijodkorligini o`stirishga sezilarli yordam ko`rsatadigan masalalar yechishga to`xtalamiz.
Detalning fazodagi vaziyatini o`zgartirish.
Biror detal fazoda (V, H, W, V1, H1, W1) tekisliklar sistemasida ya`ni kub ichida berilgan bo`lsin (3.1-shakl). Uni 900 n(n=1, 2, 3,…) ga burishda V, H, W,... larda ko`rinish (tasvir) lar o`rni almashadi va detalning fazodagi vaziyati o`zgaradi. Detalning oltita tekislikka proyeksiyalari quyidagi belgilangan (3.1-shakl, b): 1-olddan ko`rinish, 2-ustdan ko`rinish, 3-chapdan ko`rinish va hokazo.
Agar detal V, H, W ga perpendikulyar o`q atrofida soat mili harakati yo`nalishi va unga qarama-qarshi yo`nalishda burilsa, u holda olti xil burilish (harakat) sodir bo`ladi. Quyida shu olti xil burilish to`g’risida fikr yuritamiz.


  1. Detal V ga perpendikulyar o`q atrofida soat mili harakati yo`nalishi bo`yicha 900 ga burilsa, u holda V, H, W,... tekisliklarda hosil bo`lgan 1,2,3,... detal ko`rinishlarining joylashishida quyidagicha o`zgarish sodir bo`ladi: V dagi 1 ko`rinish H dagi 2 ko`rinish o`rnida, 3 ko`rinish o`rnida 6 ko`rinish joylashadi va hokazo.


  2. Detal V ga perpendikulyar o`q atrofida soat mili harakati yo`nalishiga qarama-qarshi tomonga 900 ga burilsa, u holda 1 ko`rinish o`rnida 5 ko`rinish, 2 ko`rinish o`rnida 4 ko`rinish, 3 ko`rinish o`rnida 2 ko`rinish joylashadi va hokazo.


  3. Detal H ga perpendikulyar o`q atrofida soat mili harakati yo`nalishi bo`yicha 900 ga burilsa, u holda 1 ko`rinish o`rnida 4 ko`rinish, 2 ko`rinish o`z o`rnida 900 ga burilgan holda3 ko`rinish o`rnida 1 ko`rinish joylashadi va hokazo.


  4. Detal H ga perpendikulyar o`q atrofida soat mili harakati yo`nalishiga qarama-qarshi tomonga 900 burilsa, u holda 1 ko`rinish o`rnida 3 ko`rinish, 2 ko`rinish o`z o`rnida 900 ga burilgan holda, 3 o`rnida esa 5 ko`rinish 1800 ga burilgan holda joylashadi va hokazo.


  5. Detal W ga perpendikulyar o`q atrofida soat mili harakati yo`nalishi bo`yicha 900 ga burilsa, u holda 1 ko`rinish o`rnida 2 ko`rinish, 2 ko`rinish o`rnida 5 ko`rinish 1800 ga burilgan holda, 3 ko`rinish o`z o`rnida 900 ga burilgan holda joylashadi va hokazo.


  6. Detal W ga perpendikulyar o`q atrofida soat mili harakati yo`nalishiga qarama-qarshi tomonga 900 ga burilsa, u holda 1 ko`rinish o`rnida 6 ko`rinish 1800 ga burilgan holda, 2 ko`rinish o`rnida 1 ko`rinish, 3 ko`rinish o`z o`rnida 900 ga burilgan holda joylashadi va hokazo.



Endi detalning fazodagi vaziyatini o`zgartirish (burish)ga doir misol ko`ramiz.

Download 404.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling