1.5. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
Talaba o‘zining keyingi mehnat faoliyati davomida Ingliz tili fanidan egallagan
til materiallari va nutq ko‘nikmalaridan, u qaysi sohada ish olib borishidan qat’iy nazar,
uzluksiz foydalanadi. Xoh ariza yozish, xoh oddiy xat bo‘lsin. U kundalik hayot
muloqotida yoki badiiy, ilmiy-ommabop tekstlar mutoalasida ushbu ko‘nikmalarga
asoslanishi mumkin.
1.6 O‘quv jarayonida talabalarga mavzularning mazmunini kengroq yoritib berish, ish
uslublarini to‘g‘ri bajarish maqsadida texnik vositalar qo‘llaniladi. Bular epidaskop,
kinoproyektor, turli xil video-kino materiallar, magnitofon, slaydlar, kompyuter
dasturlari, sun’iy yo‘ldosh antennasi va shu kabilardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Talabalarning o‘zlashtirish mezoni kompyuter orqali, test va reyting
usulida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |