u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qaxramon
bilan muloqot o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas
hamma-hammaning
o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z
obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o’yin
jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar
fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechilmalarini o’rtoqlashadi.
So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishiga,
tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda
bo’lishga yordam beradi.Bolalarning o’zi yaratgan o’yindan
kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan
o’yinning g’oyasi, mazmuni, o’yin
harakatlari
, rollar, o’yin
qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
Bolalar o’yinlarining turkumlari.
Ijodiy o’yinlarni bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda
oldindan belgilangan qoidalar bo’lmaydi. O’yin qoidasini
bolalar
o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi.Qoidali
o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan
belgilanadi. Qoidali o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik
o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy o’yinlar, ermak
o’yinlar.Bolalarga
ta`lim-tarbiya
berish
maqsadida
kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’g’ri rahbarlik
qilish “MTM ta`lim va tarbiya dasturi”da belgilangan
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlaydi.
O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar
o’yinni maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin
Do'stlaringiz bilan baham: |