Tavil va ariz bahrlari tavil bahri


Sanovu zoting ichra | topib ajz ahli idrok


Download 0.52 Mb.
bet3/3
Sana19.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1032746
1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Aruz nazariyasi-1

Sanovu zoting ichra | topib ajz ahli idrok,

V–– – V–– / V–– – V–~

Gahi louhsi aytib / zamone mo arafnok.

V–– – V–– / V–– – V–~

  • Biz bunda har ikki rukndan soʻng soʻz ham tugayotganligini kuzatamiz va bu holat barmoq vaznidagi turoqlar tartibini yodga soladi:
  •  Firoqing soʻgi ichra | kecha koʻzdin sochib ashk,

    Visoling hasratidin | yaqosin subh etib chok.

  •  
  •  

    • Shu oʻrinda yana savol tugʻiladi: Navoiy aruziga doir tadqiqotlarda ushbu gʻazal vazni qanday nom bilan keltirilgan? Navoiy aruzi boʻyicha chuqur izlanishlar olib borgan olimlarimiz S. Mirzayev va A. Hojiahmedov bu vaznni hazaji musammani mahzuf yoki hazaji musammani mahzufi maqsur deb atashgan. Bu yuqoridagi qarashlar asosida olib qaraganda toʻgʻri, lekin hazaji musammani mahzufi maqsur vazni Alisher Navoiydan oldingi va undan keyingi turkiy shoirlar ijodida ham istifoda etilmagan. Bundan tashqarihazaji musammani mahzuf deyilganda mafoiylun mafoiylun mafoiylun fauvlun ruknlaridan hosil boʻluvchi vaznni ham tushunish mumkin. Chunki turkiy sheʼriyat va dostonchilikda keng qoʻllanilgan hazaji musaddasi mahzuf vazni nomi ostida mafoiylun mafoiylun fauvlun ruknlaridan hosil boʻluvchi vazn nazarda tutiladi. Shundan kelib chiqqan holda bu chalkashlikni bartaraf etish maqsadida ushbu gʻazal vaznini hazaji musammani mahzufi maqsur deb emas, balki arizi musammani musabbagʻ deb belgilash maqsadga muvofiqroq boʻladi.
    • Ushbu holat Alisher Navoiy sheʼriyatida qoʻllanilgan bahrlar sonini adabiyotshunoslikda keltirilgan maʼlumotlar asosida 12 ta emas, balki 13 ta deb belgilash imkonini beradi. Bu esa turkiy sheʼriyat oʻsha davrlardayoq nafaqat nazariyada, balki amaliyotda ham forsiy sheʼriyat bilan raqobat qila olish imkoniyatiga ega boʻlganligini ikki buyuk daho ijodi orqali yana bir bor isbotlaydi.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    • Atoulloh Husayniy. Badoyeʼ-us-sanoyeʼ / Forschadan A. Rustamov tarjimasi. – T.: Adabiyot va sanʼat, 1981.
    • Bobir Zahiriddin. Muxtasar / Nashrga tayyorlovchi S. Hasanov. – T.: Fan, 1971. – 413 b.
    • Navoiy Alisher. Navodir ush-shabob. MAT. 20 tomlik. – T.: Fan, 1989. T. 4. – 560 b.
    • Navoiy Alisher. Mezon ul-avzon. MAT. 20 tomlik. – T.: Fan, 2000. T. 16. – B. 43-98.
    • Nasiruddini Tusi. Meʼyor-ul-ashʼor. – Dushanbe: Oriyono, 1992. – 150 s.
    • Musulmankulov R. Persidsko-tadjikskaya klassicheskaya poetika (X-XV vv.) – M.: Nauka, 1989. – 240 s.
    • Toirov U. Farhangi istilohoti aroʻzi ajam. – Dushanbe: Maorif, 1991. – 560 s.
    • Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balogʻa. – T.: Xazina, 1996. – 212 b.
    • Shamsi Qaysi Roziy. Al-moʻjam. – Dushanbe: Adib, 1991. – 464 s.
    • Hasanov S. Bobirning “Aruz risolasi” asari. – T.: Fan, 1981. – 96 b.
    • Hojiahmedov A. Navoiy aruzi nafosati. – T.: Fan, 2006. – 288 b.
    • Hojiahmedov A. Oʻzbek aruzi lugʻati. – T.: Sharq NMK, 1998. – 224 b.

    Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling