Tavsifi va sinflanishi
To’ldiruvchilarning sinflanishi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Мавзу
To’ldiruvchilarning sinflanishi.
O‘z RST 669-96 “Noruda qurilish ashyolari. Sanoat chiqindilaridan olinadigan zich chaqiq tosh va qum. Betonbop g‘ovak to‘ldiruvchilar” bo’yicha to’ldiruvchilarning standartlashtirilgan sinflanishi quyidagilar bo’yicha belgilanadi: kelib chiqishi, zarrachalar yirikligi, zarrachalar shakli, zichligi (jadval-2.1). To’ldiruvchilar kelib chiqishi, yirikligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi: 1) Kelib chiqishi bo’yicha 3 ta guruxga bo’linadi: a) tabiiy, shu jumladan yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan jinslar va boyitishdagi chiqindilar; b) sanoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilar; v) sun’iy (maxsus tayyorlangan). Kimyoviy tarkibi va fazoviy xolatini o‘zgartirmay, tog‘ jinslarini kelib chiqishi va petrografik nomlanishi yoki chiqindilar turini xususiyatlaydigan tabiiy materiallar va sanoat chiqindilari. Masalan, magmatik chuqurlikdagi (intruziv) jinslar – granit, sienit, diorit; domna Shlаklari. Sun’iy to‘ldiruvchilar xomashyo turi (tabiiy, chiqindilardan yoki ular aralashmasidan) va ishlab chiqarish texnologiyasi (ishlov berish usuli) bilan xususiyatlanadi. Masalan, tabiiy xomashyoni kuydirib ko‘pchitish –keramzit; domna Shlаklari eritmalarini g‘ovaklashtirib olinadigan – Shlаkli pemza. 2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi: a) yirik, zarrachalari o‘lchami 5 mm dan katta (chaqiq tosh, shag‘al); b) mayda, zarrachalari o’lchami 5 mm dan kichik (qum). 3) Zarrachalar shakli bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi: a) burchaksimon (noto‘g‘ri) shakldagi, maydalab olinadigan (chaqiq tosh, maydalashdagi qum va b.); b) yumaloq shakldagi zarrachalar (shag‘al, tabiy qum va b.); 4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi buyicha zich va g‘ovak turlarga bo‘linadi (2 g/sm 3 dan katta yoki kichik ). 5) Uyilgan zichligi bo‘yicha xam to‘ldiruvchilar tavsiflanadi: Uyilma zichlik yirik g‘ovak to‘ldiruvchilar uchun 1200 kg/m³ dan oshmasligi va g‘ovak qumlar uchun -1400 kg/m³ dan oshmasligi kerak. 6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha xam betonlar zich, g‘ovak va maxsus to‘ldiruvchi turlariga bo‘linadi. 11 7) To‘ldiruvchilar asosiy kursatkichlari va vazifalari buyicha og‘ir betonlar, engil betonlar, mayda zarrachali betonlar, maxsus betonlar uchun to‘ldiruvchilar turkumini tashkil kiladi. 8) To‘ldiruvchilar asosiy vazifasiga ko‘ra: og‘ir, engil, maydazarrachali betonlar uchun, maxsus betonlar uchun (olovgabardosh, kimyoviy chidamli, manzarali, radiatsion-himoya, issiqizolyasion va b.). Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling