Tavsifiy metod Qiyosiy-tarixiy metod
Klassifikatsion yondashuv
Download 27.52 Kb.
|
CHOG‘ISHTIRISH VA TIPOLOGIK METOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgili yondashuv
- Strukturalizm (
- BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI
Klassifikatsion yondashuv tillarga tasnifiy yondashuv morfologik tasnif sifatida o‘zak va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi.
Xarakterologik yondashuv orqali qiyoslanayotgan har bir tilning tuzilishiga, ya’ni o‘ziga xos muhim, xarakterli xususiyatlari, jihatlari aniqlanadi hamda shu orqali tilga baho beriladi. Belgili yondashuv tillarga muayyan belgi-xususiyatlar (masalan, fonetik, morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til sathlari tipologiyasi (fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi. Ichki sistem yondashuvda muayyan tildagi muayyan hodisalar (fonetik, leksik va b.) orasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar o‘rganiladi va tadqiq qilinadi. STRUKTURAL TAHLIL METODLARIStrukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi. XX asrning 30yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi. BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi. Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta – konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va ular quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi: bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi; o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas; BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu xususiyatlardan kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi. Download 27.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling