Ushbu metod davr talabi bilan yaratilgan zamonaviy tahlil metodlaridan biri bo‘lib, uning o‘ziga xosligi elektron-hisoblash mashinalari (EHM), kompyuterlar yordamida tilni muayyan, bo‘laklar, lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmuni boshqa tilga ko‘chiriladi, ya’ni kompyuter vositasida avtomatik tarjima qilinadi. Buning uchun avval matnni tarjima qilish imkoniyatini beradigan qoidalar tizimi yaratiladi, so‘ngra mazkur qoidalarni mashina tilida yozish, ya’ni mazkur qoidalarni amalga oshirish uchun dastur yaratiladi. Dastur va lug‘at maxsus shartli belgilar bilan yoziladi va mashinaga kiritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. –T., 2009.
Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. –T., 1972.
Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. –М., 1975.
Baskakov N.A. va boshqalar. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, O‘qituvchi, 1979.
Bo‘ronov J.B. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. –T., 1973.
Рождественский Ю.В. Типология слова. –М., 1969.
Кодухов В.И. Общее языкознание. – М., 2010.
Ф. де Соссюр. Труды по языкознанию. –М., 1977.
Do'stlaringiz bilan baham: |