Tavsiy anomas I
Download 13.44 Kb.
|
Sharobiddinov Ahrorbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- T A V S I Y AN O M A S I
- Iqtisod va qurilish fakulteti dekani: B.Sobirov
T A V S I Y AN O M A S I Sharobiddinov Ahrorbek Qosimjon o’g’li 2003-yil 25-iyun kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida tavallud topgan. U 2010-2021 yillarda Izboskan tumanidagi 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlagan. Shundan so‘ng 2021 yilda Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, “Iqtisod va qurilish” fakulteti, Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Fakultetimiz jamoasi A.Sharobiddinovni 2021-yildan buyon iqtidorli talaba sifatida yaxshi biladi. U o‘qishi davomida na’munali xulqi va fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirib borishi bilan tengdoshlari orasida munosib hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda.Uning zukkoligi, rostgo‘yligi va qo‘lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaslik fazilatlarini ibrat qilib ko‘rsatish mumkin. A.Sharobiddinov bugungi kunda nafaqat oliygohimizda balki viloyat va Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘zining tashabbuskorligi, har ishga mas’ulyat bilan yondashishi, rus va ingiliz tillarida erkin muloqot qila olishi uni tengdoshlari orasida lider ekanini ko’rsatib turadi. Ilmiy anjumanlarda o‘zining ilmiy ishlanmalari va maqolalari bilan muntazam qatnashib borishi yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni yoshlar orasida targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shayotganining yaqqol dalilidir. A.Sharobiddinov hozirgi kunda ilmiy rahbari I.I. Ergashov bilan birgalikda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga chet el investitsiyalarini jalb etish hamda investitsion muhit jozibadorligini oshirish” mavzusida o’z ilmiy ishlarini amalga oshirmoqda. Xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida o’zining 10dan ortiq tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli jurnallarda 20dan ortiq ilmiy maqolari nashrdan chiqdi. “Mikroiqtisodiyot” va “Iqtisodiyot nazariyasi” fanlaridan o’quv uslubiy qo’llanmalari institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanib nashrdan chiqarildi. 2022-yilgi Respublika “Yil talabasi” tanlovining institut boshqichida yilning o’z mutaxasisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi deb e’tirof etildi. Men B.Gʻulomov o‘zi tanlagan sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga va Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini yanada rivojlantirishiga o‘zining munosib xissasini qo‘shishiga ishonaman hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Islom Karimov” stipendiyasi tanlovida ishtirok etishiga munosib nomzod deb xisoblayman. Iqtisod va qurilish fakulteti dekani: B.Sobirov Download 13.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling