Tavsiyanoma xudaybergenova Oydin Kurbanbay qizi


Download 47 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi47 Kb.
#1529052
Bog'liq
Xudaybergenova Oydin Kurbanbay qizi tavsifnomavdekan (3)


Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 202- guruh 2-bosqich talabasi Surxondaryo viloyati talabalari o’rtasida o’tkaziladigan “Hokim stependiyasi”ning “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasiga nomzod Xudaybergenova Oydin Kurbanbay qiziga
TAVSIYANOMA
Xudaybergenova Oydin Kurbanbay qizi - millati oʻzbek, 2002-yil 12-Oktabr Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida tug’ilgan. Hozirgi kunda Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishida 202-guruh 2-bosqich talabasi sifatida tahsil olib kelmoqda.
Oydin Xudaybergenova oʻzining kuchli bilimi, mehnatsevarligi, talabchanligi, tashabbuskor va tashkilotchiligi ijodkorligi, intizomliligi, namunali xulqi, samimiy muomalasi bilan tengdoshlari va yoshlar orasida hurmatga sazovor yoshlarimizdan biri.
Qisqa muddat ichida bir qancha yutuqlarga erisha oldi.
Xususan, 2021-yil 21-oktabr “O’zbek tiliga davlat tili” maqomi berilganligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirni tashkil etib, tashabbuskorligi va samarali mehnati uchun fakultet dekani tomonidan estalik sovg’alari hamda “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.
2021-yil o’quv yilidan boshlab guruhida “Yoshlar yetakchisi” vazifasini bajara boshlagan. “Zakovat” intelektual o’yini saralash bosqichida yuqori natija ko`rsatib, jamoaviy tarkibda 2-o’rinni olgani uchun diplom bilan taqdirlangan.
Keyinchalik bu ko‘rsatkichlar 1-o’rinni olgani uchun diplom bilan taqdirlandi.
2021-yil 18-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining qabul qilinganligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Bayroq 30 yoshda” chellenjida “Eng faol talaba” nominatsiyasini qo’lga kiritgani uchun “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.
2021-yilda Surxondaryo viloyati “Qizlar ovozi” klubining tadbirlarida qatnashgan.
2021-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda 1-dekabr “Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbilarda ham faol ishtirok etgan.
2021-2022-yillarda Maktabgacha va Texnologik ta’lim fakultetda yoshlar Yetakchisi sifatida faoliyat olib borgan tengdoshlarini rivojlantirish hamda faol targ’ibot ishlarini olib borgan.
2021-2022-yilda o‘tkazilgan faol yetakchi qurultoyuda “Eng yaxshi guruh yoshlar yetakchisi” sifatida rasmiy qabul qilingan bo‘lib maxsus ruxsatnimalari taqdim qilingan.
Xudaybergenova Oydin fakultet ishlari bilan birga o’zi va talaba qizlarni band qilish maqsadida “Mohir qo’llar” faoliyatini olib borgan.
2021-yilda Xudaybergenova Oydinning institutdagi namunali xulqi, oʻquv mashg’ulotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faol ishtirokini inobatga olinib fakultet dekani tomonidan tashakkurnoma taqdim etilgan.
2022-yilning 9-fevral g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Alisher Navoiy-g’azal mulkining sultoni” mavzusidagi adabiy kechada faol ishtirik etgani uchun “Faxriy Yorliq” bilan taqdirlangan.
O.Xudaybergenova 2022-yil 22-23 aprel kunlari boʻlib oʻtgan “Ta’lim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendensiyalari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtiroki uchun va oʻzining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yosh bolalarning ta’lim tarbiya hamda rivojlanish bosqichlari” maqolasi bilan ishtirok etganligi uchun institut rektori E.Qobilov tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil 11-oktabr kuni “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan Yoshlar ishlar agentligi Surxandaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan “Sening tashabbusing sening kelajaging uchun” deb nomlangan tadbir faol ishtirokchisi.
2022-yil O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxandaryo viloyati Kengashi oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munasabati bilan “O’zbek tilim-oʻzligim” shiori ostidagi maqolalar tanlovining faol ishtirokchisi.
2022-yil 18-nayabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i qabul qilinganligi 31-yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi videorolik” tanlovida yuqori natija ko‘rsatib 3-o‘rinni egallagani uchun fakultet dekani tomonidan estalik sovg’a va "Faxriy yorliq" bilan taqdirlangan.
Oydin Xudaybergenova 2022-yil fakultet va institut hayotida o’tkazilgan barcha tanlov va tadbirlar faol ishtirokchisi hamda tashkilotchisi.
2022-yilda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyasi” ko’rik tanlovida faol ishtirok etganligi, uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.Oʻz.LiDeP faol a’zosi.
2022-yil Oliy ta’lim Vazirining Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida oʻtkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda oʻz taklif va gʻoyalari bilan ishtirok etgan.
2022-yil sentabr oyidan buyon Surxondaryo viloyati Yoshlar agentligi qoshida tashkil etilgan “Volontyorlar maktabi” faol a’zosi.
2022-yil 21-dekabr oyabrda Rossiyaning образование наука и инновационные идеи В Мире xalqaro ilmiy jurnalida “Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qituvching persionalligini shakillantiruvchi omillar ” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etilgan.
Bundan tashqari yosh va faol ijodkorimiz shu yilda yena bir bor "Maktabgacha ta’lim yoshdagi Bolalarni sensor tarbiyasini shakillantirish" mavzusida maqolasi chop etildi
2022-yilning 30-noyabridan 5-dekabrgacha barcha hududlarda o’tkazilayotgan “Volontyorlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan o’quv seminarlarida faol ishtirok etgani uchun viloyat boshqarmasi boshlig’i J.Choriyev tomonidan sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlangan.
2022-yil davomida Respublika miqyosida o’tkazilgan ko’plab online forumlar ishtirokchisi va “Parvoz yoshlar forumi” VIII mavsumi ishtirokchisi va nominatsiyalar sohibasi.
O. Xudaybergenova faolligini va ijodkorligini institut va fakultet hayotida munosib o’rin egallaganligi sababli OAV nigohiga tushmoqda
2022-o’quv yilida samarali mehnati faolligi, ijodkorligi tufayli fakultet dekani Sh.Qosimov tomonidan tashakkurnoma hamda estalik sovg’alari institutimiz tomonidan esa rag’bat pullari bilan taqdirlangan.
Oydin Xudaybergenovaning ilmiy ishlari ham chet el xalqaro jurnallarida chop etilib kelinmoqda shuningdek 2022yil 21-yanvarda xalqaro Dehli konferensiyasida “Maktabgacha ta’lim sohasida shaxsni shakillantirish pedagogikasining omillari” mazusida ilmiy maqolasi chop etildi.
2022-yil 20-yanvarda talabamizning yana bir ijodiy ishi Dehlining “The Theory of Recent scientific research in the field of pedagogy" jurnalida chop etildi.
2023-yil davomida respublika miqyosida o’tkazilgan ko’plab online forumlar “Upword Growth Forum” ishtrokchisi bo’lib faol ishtirok etgani uchun sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandi.
2023-yil 1- fevralda talabamizning yana bir ijodiy ishi “Journal of New Century Innovations” xalqaro ilmiy jurnalida “Pedagogik shaxsda rasm faoliyatini psixologik xususiyatlari” mavzusida chop etildi.
2023-yilda 2- fevralda Mamlakatimiza amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini o‘rganish maqsadida tashkil qilingan “MARIFAT MAYDONI” tanlovida faol ishtirok etgani uchun yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig’i tomonidan sertifikat va estalik sovg’lar bilan taqdirlandi
Xudaybergenova Oydin Kurbanbay qizini kelajakda oʻz kasbining mohir ustasi, bolalar kelajagi bunyodkori, Vatan koriga yaraydigan, yetuk kadr, oʻz kasbiga fidoiy shaxs boʻlib yetishishiga ishonch bildiramiz. Surxondaryo viloyati talabalari o’rtasida o’tkaziladigan “Hokim stependiyasi”ning “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasiga nomzod sifatida Xudaybergenova Oydin Kurbanbay qizini tavsiya qilaman.


Termiz davlat
pedagogika instituti direktori: ____________________
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling