Tavsiyanomasi


Download 20.5 Kb.
Sana01.07.2023
Hajmi20.5 Kb.
#1657948
Bog'liq
4.Dekan tavsiyanomasii


Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti 5140500-kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 020-92-guruh talabasi Shomurodova Marjona Zarif qiziga fakultet dekanining
TAVSIYANOMASI


Shomurodova Marjona Zarif qizi 2002-yil 20-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maymanoq qishlogʻidagi ziyolilar oilasida tugʻilgan.
2020-yil Kasbi tumanida joylashgan 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabini oltin medal bilan tamomlagan va shu yili test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib Qarshi davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo(turlari boʻyicha) yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.
Hozirgi vaqtda bilim olishga chanqoqligi, yuksak darajadagi ma’naviy salohiyatini namoyish etib, barcha taʼlim fanlaridan a’lo baholarda o‘qimoqda.
Shomurodova Marjona talabalik jarayoniga jiddiy yondoshib, o‘z ustida tinimsiz ishlaydi. U o‘quv axborotlarini qunt bilan o‘rganishga, o‘rganganlaridan amalda foydalanishga harakat qiladi. Tizimli fikrlay olishi va ravon nutqi tufayli o‘rganganlarini osonlik bilan tushuntira oladi. Ijodiy faoliyat olib borishi, mantiqiy fikrlash va tahlil qilish, to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatlariga ega ekanligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi.
Marjona Shomurodova ijodkorligi bilan ham tengdoshlaridan ajralib turadi.Turli sohalarda bir biridan ajoyib she’rlar muallifi hisoblanadi.Uning ijod namunalari respublikamizdagi gazeta va jurnallarda chop etilgan.
Marjona Shomurodova Qarshi davlat universiteti Noorganik kimyo va Organik kimyo kafedralarining iqtidorli talabasi sifatida qayd etilgan. “Trichoderma zamburugʻi va uning ikkilamchi metabolitlari” mavzusida izlanishlar olib boradi. U bir qancha tadqiqot metodlarini o‘zlashtirishga ulgurgan. Mavzu doirasida uning 4 ta maqolasi OAK tasarrufidagi va xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida, shuningdek xalqaro va respublika konferensiya materiallarida 5 ta maqolalari chop etilgan.
Talabalar o‘rtasida har yili bo‘lib o‘tadigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib, bir necha marta faxrli o‘rinlarga munosib deb topilgan.
Bilim olishga chanqoqligi, odob-ahloqi va barcha ishlarga ma’suliyat bilan yondoshishi tufayli Shomurodova Marjona ustozlari va kursdoshlarining e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi Shomurodova Marjona Zarif qizini kelgusida barkamol shaxs, ilmiy salohiyat egasi bo‘lishiga chuqur ishonch bildiradi hamda uning nomzodini Ulug‘bek Davlat stipendiyasiga tavsiya etadi.


Kimyo-Biologiya fakulteti dekani dots. L.Kamolov
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling