Tayanch harakat aparatining mexanik shikastlanishlari. Immoblizatsiya


Ko’pincha o’tkir yiringli infektsiyalarni stafilakokk, streptokokk, ichak tayoqchasi, pnevmokokk, ko’k yiring tayoqchasi qo’zg’atadi


Download 28.92 Kb.
bet6/10
Sana26.01.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1127602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ХФХ 2 маруза

Ko’pincha o’tkir yiringli infektsiyalarni stafilakokk, streptokokk, ichak tayoqchasi, pnevmokokk, ko’k yiring tayoqchasi qo’zg’atadi.
Yiringli jarayonning kechishi va oqibati quyidagi omillarga bog’liq:
1. Makroorganizmning immunologik h’olati,
2. Mikroblarning biologik xususiyatlari-dozasi, virulentligi va b.
3. Mikrob tushgan o’choqning anatomo-fiziologik xususiyatlari;
4. Qon aylanishning h’olati,
5. Bemor qoni tarkibi,
6. Tananing allergiyalanish darajasi.
Mikroorganizmlar tanaga tushganda quyidagi mah’alliy belgilar kuzatiladi: arterial giperemiya, shish, og’riq, shu soxada h’aroratning ko’tarilishi, azo va to’qimalar faoliyatining buzilishi. Yallig’lanish ekssudatida ko’p miqdorda leykotsitlar yig’iladi.
Umumiy reaktsiyalarning kelib chiqishi bakteriyalar toksinlarining va to’qimalarning parchalanish mah’sulotlarini miqdoriga, tananing h’imoya kuchlariga bog’liq. Umumiy klinik belgilariga tana h’aroratining oshishi, titrash, bosh og’rig’i, umumiy h’olsizlik, aql-xushning xiralashuvi kiradi. Yurak-qon tomir, jigar va buyraklar faoliyati izdan chiqadi. Qon tarkibidagi o’zgarishlar: kamqonlik, COE oshishi, leykotsitar formulaning chapga siljishi va b. Jigar shikastlanganda globulinlar miqdori ortishi, albuminlar miqdori esa kamayishi, buyrak shikastlanganda peshobda oqsil va tsilindrlar paydo bo’lishi kuzatiladi.
Yiringli infektsiyalarni oldini olish uchun quyidagilarga etibor berish lozim:
1. Shikastlanishlarning oldini olish,
2. Shikastlanishlarda birinchi tibbiy yordamni to’g’ri tashkil qilish,
3. Qandli diabet va b. kasalliklarni davolash,
4. Turli yiringli jarayonlarni o’z vaqtida davolash.
Kasalxona ichi infektsiyalarini oldini olish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- bo’limda ishlovchilar orasida stafilakokk tashuvchilarini sanatsiya qilish,
- bo’limning sanitariya-gigiena h’olatini qattiq nazorat qilish,

Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling