Tayanch harakat aparatining mexanik shikastlanishlari. Immoblizatsiya


- o’tkir jarroh’lik infektsiyasi aniqlangan bemorlarni ajratish


Download 28.92 Kb.
bet7/10
Sana26.01.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1127602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ХФХ 2 маруза

- o’tkir jarroh’lik infektsiyasi aniqlangan bemorlarni ajratish,
- muolaja va jarroh’lik amaliyoti o’tkazilayotganda aseptika va antiseptika qoidalariga amal qilish,
- faol emlash,
- gripp epidemiyasi vaqtida maxsus niqobchalardan foydalanish, chunki bu h’am organizmni kuchsizlantirib, yiringli infektsiyalar rivojlanishiga sharoit yaratadi.
O’tkir yiringli infektsiyalarni davolash asosan yallig’lanish o’chog’ini chegaralashga qaratiladi.Buning uchun yallig’lanish o’chog’i atrofiga novokain va antibiotiklar yuborish, vena yoki mushaklar orasiga antibiotiklar yuborish, fizioterapevtik muolajalar tavsiya etish va boshqa tadbirlar bajariladi. Bundan tashqari yiringlagan to’qimani yiringdan tozalash, antiseptik dorilar bilan yuvish, gipertonik eritma bilan tampon qo’yish va boshqa tadbirlar bajariladi. Organizmning immun tizimini yaxshilash maqsadida vitaminlar, autogemoterapiya, kaloriyali va sifatli ovqatlanish tavsiya etiladi. Yarani nekroz massalaridan tezroq tozalanishi uchun proteolitik fermentlardan (ximotripsin, terrilitin) foydalaniladi. Ayrim h’ollarda immunomodulyator preparatlari (timolin, timoglobulin v.b. ) beriladi. Antibiotiklar bilan davolash, faol va passiv emlash usullaridan foydalaniladi.
Panaritsiy-barmoqlarni o’tkir yiringli yallig’lanishi. U teri orasidan, teri ostida, tirnoq ostida, payda, suyakda, bo’g’imda bo’lishi mumkin. Keyingi 3 turi og’ir kechadi.
Kasallikning asosiy belgilari: og’riq, shish, qizarish, h’aroratni ko’tarilishi va barmoqlarning faoliyati buzilishi. Bu belgilar panaritsiyning turiga qarab h’ar xil darajada ifodalangan bo’ladi. Panaritsiyning asosiy va doimiy belgisi kuchayib boradigan og’riqdir. Uni oldini olish uchun mikrotravmalardan saqlanish, shaxsiy gigenaga etibor berish, tirnoq olish va manikyurda extiyot bo’lish va xak. Panaritsiyni boshlang’ich davrida barmoqni gipertonik eritmaga (10-20 % osh tuzi) solib turish, piyoz boylash, bog’lam quyish (Vishnevskiy malxami bilan) mumkin.
Og’riq kuchayganda jarroxlik yo’li bilan davo qilinadi. Panaritsiy 1-2 % novokainli anesteziyadan so’ng kesiladi va yiringdan tozalanib, antiseptiklar bilan davo qilinadi. Agar vaqtida jarroxlik muolajasi qilinmasa og’ir turlariga o’tib ketishi va asoratlar berishi mumkin.

Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling