Таянч иборалари
Kvadratik o`rtacha tafovut
Download 107.39 Kb.
|
51-54
- Bu sahifa navigatsiya:
- Таянч иборалари
Kvadratik o`rtacha tafovut – kvadrat ildiz ostidan chiqarilgan dispersiyadir.
sarflangan qatorlarda: vaznli qatorlarda: Yuqorida ko`rib chiqilgan barcha variatsiya ko`rsatkichlari o`rganilayotgan belgi o`lchangan o`lchov birliklarida ifodalanadi. Ammo o`lchov birliklari har xil bo`lgan to`plamlar variatsiyasini bu ko`rsatkichlar yordamida qiyoslab bo`lmaydi. Turli tabiatga ega bo`lgan to`plamlarga xos variatsiyani hatto o`lchov birliklari bir xil bo`lsa ham, ular asosida taqqoslash mumkin emas. Shu sababli statistikada variatsiyaning nisbiy me`yorlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Kvadratik o`rtacha tafovut, absolut o`rtacha tafovut belgi o`lchami bilan ifodalangani uchun ularni belgi darajasining biror me`yoriga bo`lish kerak. variatsiya koeffitsiyenti: Занжирсимон ва базисли ҳамда ҳудудий индексларнинг моҳияти, уларни ҳисоблаш.Таянч иборалари: таққослаш асоси, макон, миқдор ва сифат кўрсаткичларининг занжирли ва базисли индекслари. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. agarda har bir had o‘zidan oldin keladigan had bilan taqqoslansa unday indekslar zanjirsimon indekslar deb yuritiladi. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarning faqatgina zamonda o‘zgarishi emas, balki makonda o‘zgarishini o‘rganish ham juda katta ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu ish zaruriyatga aylanadi. Qancha miqdor ko‘rsatkichi bo‘lsa, shuncha miqdor indeksi mavjuddir. Ularning soni ko‘pligi sababli biz eng ko‘p ishlatiladiganlarini o‘rganamiz. Mahsulot fizik hajmi shunday miqdor ko‘rsatkichlardan biridir. Indekslar yordamida nafaqat miqdor ko‘rsatkichlari, balki sifat ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Ularga baho, tannarx, hosildorlik, mehnat unumdorligi, rentabellik darajasi va boshqalar kiritiladi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham individual va umumiy indekslar hisoblaniladi. 53variant Индивидуал ва умумий агрегат индексларни ҳисоблаш. Таянч иборалари: физик ҳажм, баҳо, таннарх, меҳнат унумдорлиги, қиймат индекслари. Indekslar to‘plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. Individual indekslar to‘plamning ayrim elementlarining o‘zgarishini ta’riflaydi. Masalan, Toshkent shahrida 10 ta dehqon bozori mavjud. Hammasida olma, uzum, shaftoli va boshqa mevalar sotiladi. Mana shu sotiladigan mahsulotlardan bittasining bahosi yoki miqdorining o‘zgarishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, individual indeksni qo‘llaymiz. Barchasi bo‘yicha o‘rganmoqchi bo‘lsak, umumiy indeks qo‘llaniladi. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Baza o‘rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o‘zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi. Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor(fizik hajm) va sifat kursatkichlari indekslariga bo‘linadi. Indekslar nazariyasida qaysi ko‘rsatkich indekslashtirilsa, u indekslashtiriladigan miqdor deyiladi. Umumiy indekslarda indekslashtirilayotgan miqdor so‘zi o‘rniga indekslashtirilayotgan belgi va uning vazni tushunchalari 228 ishlatiladi. Masalan, baho umumiy indeksi hisoblanayotgan bo‘lsa, indekslashtirilayotgan belgi baho hisoblansa, uning vazni sifatida mahsulot miqdori olinadi. Indekslarni bevosita hisoblashishga kirishishdan oldin, shu metodda qo‘llaniladigan ramziy belgilar bilan tanishib chiqaylik. Hodisaning miqdori (fizik xajmi) -q; narxlar -p; tannarx –z; unumdorlik - harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko‘rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o‘tgan davr esa “0” –bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “” – yig‘indini, pq –tovar qiymati, t –vaqtni, M –ekin maydonini, LLaspayres, R –Paashe indekslarini, D –ikkita rejim o‘rtasidagi farq darajasini, IF – I.Fisher ideal indeksini, Jp·Jq =Jpq –indekslarni o‘zaro bog‘liqligini va h.k. bildiradi. 2.Дисперсия турлари. Таянч иборалари: гуруҳлар ичидаги ва гуруҳлараро дисперсиялар, дисперсияларни қўшиш қоидаси Umumiy dispersiya o`rtacha juz`iy dispersiya bilan juz`iy o`rtachalar dispersiyasi yig`indisiga teng. Bu dispersiyalarni qo`shish qoidasi deb ataladi.Bu dispersiyalarni qo`shish qoidasi deb ataladi. Unga binoan, umumiy dispersiya ikkita tarkibiy dispersiyalardan iborat bo`lib, biri to`plam qismlari ichidagi o`zgaruvchanlikni o`lchaydi, ikkinchisi esa - ularning juz`iy o`rtachalar orqali ifodalangan qismlararo farqlarini (variatsiyani) ta`riflaydi. Masalan, agarda to`plam birliklari biror muhim belgi asosida guruhlangan bo`lsa, u holda taqsimot qatori 3 turdagi dispersiyalar, ya`ni umumiy dispersiya, guruhlararo dispersiya va ichki guruhiy dispersiya bilan ta`riflanadi. Umumiy dispersiya hamma omillar ta`siri ostida o`rganilayotgan belgi qanday variatsiyaga ega ekanligini, guruhlararo dispersiya esa uning qaysi qismi guruhlash belgisining ta`siri natijasida shakllanganini o`lchaydi. Umumiy o`zgaruvchanlikning qolgan qismi boshqa barcha omillar hissasi bo`lib, uni ichki guruhiy dispersiyalar aniqlaydi. Natijada umumiy dispersiya guruhlararo dispersiya bilan o`rtacha ichki dispersiyadan tarkib topadi, ya`ni 54 variant Нисбий миқдорлар ва уларни ифодаланиш шакллари. Таянч иборалари: коэффициентлар, фоизлари, промилле, продицимелле. Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim. Ushbu davrdagi reja ko‘rsatkichlarining, tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab aniqlanadi. Bunday mutloq miqdorlarning bir-biriga nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi. Demak nisbiy miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga taqqoslanadi. Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor, mahrajda - esa taqqoslovchi mutloq miqdor bo‘ladi.Nisbiy miqdorlardan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi. Shuning uchun ham nisbiy miqdorlar tadqiqot maqsadi, mohiyati va qanday mutloq miqdorlar qatnashayotganiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: Korxonalar, firmalar biznes-rejalarining bajarilish darajasini, to‘plamda ayrim guruhlarning tarkibini bilish uchun, joriy yil (ushbu davrdagi) ma’lumotlar taqqoslanadi. Xodisa va jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun, ularning bir necha yil (o‘tgan davrlar) mobaynidagi miqdorlari taqqoslanadi. Download 107.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling