Tayanch konspektlar
- Mavzu. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANGLIYADAGI NAMOYONDALARNING G’OYALARI Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus
- Aholi nufusi qonuni to’g’risidagi tajriba
5 - Mavzu. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA
MUXOLIF G’OYALARNING VUJUDGA KELISHI XIX ASRNING II-III CHORAGIDAGI IJTIMOIY IQTISODIY VAZIYAT XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to’ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta’limotini turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablarni shakllanishiga yetarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga muxolif bo’lib uch asosiy yo’nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoliy sotsiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo’nalishida rivojlandi. Bularning asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan birga ulardan o’zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar. Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo’lgan sharoitda sanoat to’ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatini nisbatan bergan iqtisodchilarni paydo bo’lishi tabiiy bir xol edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga ham, hayoliy-sotsialistlarga ham bab-barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy ta’limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni sqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar. XIX asrning 1- choragida iqtisodiy ta’limotlarda, shuningdek, ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko’rsatila boshlandi. CHunki aynan mana shu davrdan boshlab sanoat ishchilari rasman shakllandi va ularga xos muammolar ko’zga tashlana boshlagan edi. ANGLIYADAGI NAMOYONDALARNING G’OYALARI Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muammolari to’g’risida birinchilardan bo’lib fikr yuritgan bo’lmasa-da, «Nufus nazariyasi»ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo bo’yicha barcha munozaralarda uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.a. 384-322) «Siyosat» asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya bo’ladiki, aholi me’yordan ko’p bo’lsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. T. Maltus U nikoh to’g’risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand qurish taqiqlangan, uningcha aholi ko’pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum etiladi. F.Kene (1694-1774) «Aholi» (1756y.) maqolasida insonlar «boylik» manbai ekanligiga ancha yaqin fikrlarni ilgari surdi. «Mamlakatning buyukligi uning aholisi bilan», degan edi u. Aholi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari davlatning bosh iqtisodiy siyosati ob’ekti bo’lishi kerak. Bu fikr A.Smit tomonidan rivojlantirildi. V.Petti ham aholini ayniqsa uning mehnat qiladigan qismini ulug’lagan, boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo’lib «insoniy kapital» tushunchasini kiritgan. T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug’ildi, 1788 yil Kembridj universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo’ldi. 1807 yildan boshlab «Ost-Ind» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida lektsiyalar o’qidi. T.Maltus yashagan davr Angliyada sanoat inqilobi amalga oshayotgan yillar bo’lib, qayta ishlab chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar armiyasi ko’paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning asosiy asarlari quyidagilar: «Aholi nufusi qonuni to’g’risidagi tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o’sishi to’g’risidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisod printsiplari» (1820 yilda yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar uning do’sti D.Rikardoning «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan bo’lib, nazariy metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist-fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo’yilsa, ularning ikkalasini qo’llab-quvvatladi, xukmron sinflarni oqladi, ommaning och-yalang’ochligi va og’ir ahvolida ularning hech qanday aybi yo’qligini isbotlamoqchi bo’ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish kerakligini u hayoliga ham keltirmadi, buni o’ziga xos utopiya deb hisobladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling