Tayanch konspektlar


NOMUKAMMAL BOZOR TA’LIMOTLARI


Download 0.5 Mb.
bet28/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

3. NOMUKAMMAL BOZOR TA’LIMOTLARI

XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa yevropa va AQSHda yaqqol ko’zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm printsiplari (erkin savdo-fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga javob bermay qo’ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin.


Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning «bozorlar qonuni» hamma yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo’lsa, bu davrda uning ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval instituttsionalizm, keyin neoklasiklar tomonidan tadqiqot ob’ekkti qilib olindi.
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti professori E. CHemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar shug’ullandi.
Edvard Xeyting CHemberlin (1899-1967) o’z asarida monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha, monopoliyaning mohiyati - bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat bo’ladi.
CHemberlin fikricha, bozorlar o’zaro bog’langan, chunki bir-biriga bog’liq bo’lmagan sotuvchilar vazifasi bir-biriga yaqin bo’lgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda bozorlar u yoki bu darajada nomukammaldirlar, shu sababli muvozanatga intilish to’g’risida gapirish o’ta soddalikdir. Natijada har bir sotuvchi monopolist deb hisoblanadi, uning o’z haridorlari, «noyob» mahsulotini oluvchilar bo’ladi. Bozordagi monopolistik sifatida baholarni tartibga soladi. Bu esa tovarlar va xizmatlarning real taklif hajmi «sof» raqobat sharoitidagidan kam, bahosi esa yuqoriroq bo’ladi. Bu yerda mahsulot differentsiyasi eng muhim shartdi. Bu kategoriyaning mohiyati shundaki, sotuvchilarning tovari (yoki xizmati) da boshqalarnikidan keskin farq qiluvchi belgisi bo’lishi kerakligidir. Bu belgi haridor uchun real yoki xayoliy bo’lishi, aslida esa xuddi shu mahsulotga afzallik berilishiga olib kelishi shart. Bunday differentsiatsiya bo’lgan sharoitda haridorlar va sotuvchilar tasodifiy yoki tartibsiz juftlikka (bu sof raqobatda bo’ladi) birlashmaydilar, bu yerda afzallika asoslangan tanlov hal qiluvchidir.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling