Tayanch konspektlar
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Mavzu. FAN PREDMETI VA O’RGANISH USULLARI. QADIMGI DUNYO, FEODAL JAMIYATI IQTISODIY TA’LIMOTLARI 1. «IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI» FANINING PREDMETI
O’zbekiston Respublikasi QISHLOQ VA SUV XO’JALIK VAZIRLIGI Andijon QISHLOQ XO’JALIK instituti “GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” fanidan
Andijon 2013 1-Mavzu. FAN PREDMETI VA O’RGANISH USULLARI. QADIMGI DUNYO, FEODAL JAMIYATI IQTISODIY TA’LIMOTLARI 1. «IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI» FANINING PREDMETI Iqtisodiyot tarixi (xalq xo’jaligi tarixi) va iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. SHu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan o’zbekistonlik olimlar oldida, ko’pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi. YAngi dastur, o’quv qo’llanma va darsliklar yaratish eng muhimdir. Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g’oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko’p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo’lganidan so’ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g’oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o’rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo’lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tadbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Iqtisodiyot baynalmilal xodisa bo’lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining printsiplari hamma uchun bir xil bo’lishiga qaramasdan natijalar turlichadir. XVIII asr oxirida klassik iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo ob’ektiv, ya’ni inson xohishiga bog’liq bo’lmagan, ammo ular tomonidan o’rganilishi mumkin bo’lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo’jalik tizimi to’g’risidagi ta’limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof bo’lmay, aksincha bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda to’g’ri foydalanish hayot talabi bo’lib bormoqda. Uzoq o’tmishdagi ko’pgina o’gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g’oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o’rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti bo’lib, ma’lum davrlardagi u yoki bu ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g’oyalar va ijtimoiy kontseptsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi deyarli to’rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib o’tdi. Ularning turli yo’nalishlari va maktablari mavjud. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling