Tayanch konspektlar
ILK MERKANTILIZM TA’LIMOTI NAMOYONDALARI
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- U.Stafford
- 3. RIVOJLANGAN MERKANTILIZM XUSUSIYATLARI
- Filipp Makedonskiy
2. ILK MERKANTILIZM TA’LIMOTI NAMOYONDALARI
Ilk merkantilizm davrida chaqalar ataylab ishdan chiqarilgan, chunki bu pullar bilan faqat ichki savdo oborotini olib borish mumkin (tashqi savdoda esa mumkin emas), maqsad - pulni mamlakatda saqlab qolish. Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florentsiyalik (Italiya) bankir B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga o’xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo’lmasa (qon kabi), organizm o’ladi. Kapitalizmning o’sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o’zini oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi. Albatta oltin va kumush pullarning ahamiyati yo’qolmagan, ammo endi imkon boricha chetga ko’proq mahsulot sotib, aksincha chetdan kamroq keltirish siyosati olib borildi, ya’ni faol va ijobiy savdoga amal qilindi. Buni protektsionizm siyosati deyiladi (erkin savdoga qarama-qarshi). Bu siyosatni ayniqsa Angliya keng qo’llagan. 3. RIVOJLANGAN MERKANTILIZM XUSUSIYATLARI Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi va XVII asrning o’rtalarida asosan Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi. Uning fikricha, pul tashqi savdo oborotida boshlangich maskannni tashkil etadi, ya’ni P-T-P. T.Mannning fikricha har bir savdo kapitalisti o’z pulini ma’lum foyda olish uchun oborotga qo’yadi. SHunday yo’l bilan, ya’ni savdo yo’li bilan boyish kerak. Tovar chiqarish miqdori (eksport), uni kiritish (import) dan ortiq bo’lishi zarur. Ishlab chiqarishni rivojlantirish savdoni kengaytirish vositasi sifatida qaraladi. Tovar, pul, foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. U Makedoniya podshosi Filipp Makedonskiyning «Kuch natija bermagan joyda pulni ishga solish kerak», degan iborasini yaxshi ko’rgan. Merkantilizm ta’limot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo’nalish sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlarga qarama-qarshi va yangi burjuaziyani qo’llash orqali o’z davri uchun progressiv bo’lgan ilk kapitalizmning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo Frantsiyada Lyudovik XIV («Davlat bu men» degan) va Kolber tomonidan manufakturalarni ko’paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun emas, absolyutizmni mustahkamlash, qirol xonadonining sarf-harajatlarini qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud hoqimiyatni qo’llash, aholini esa ularga so’zsiz buysundirishga harakat qildilar. Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi ham kirib keldi. Bu tushuncha frantsiyalik Antuan Monkreten Ser de Vattevil tomonidan kiritildi (1565-1621). U 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» kitobini yozdi. Bundagi asosiy g’oya - «ko’p sotishu, kam sotib olish». Olim o’z g’oyalari buyicha faol merkantilist edi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling