Tayanch konspektlar
MERKANTILIZM VA HOZIRGI ZAMON
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- R.Kantilon
- Merkantilizm to’g’risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi
4. MERKANTILIZM VA HOZIRGI ZAMON
XVIII asrning oxirida merkantilizm iqtisodiy ta’limot yo’nalishi sifatida tarix sahnasidan tushdi. Sanoat inqilobi (to’ntarishi) sharoitida bu ta’limot va unga asoslangan siyosat hayot talabiga javob bermay qo’ydi. Xush, bu ta’limot nega tarix sinovidan o’ta olmadi, uning «bo’sh joylari» nimalardan iborat? Bu ta’limotning xatolarini klassik maktab vakillari, xatto ayrim merkantilistlar ham tan olgan. A.Smitning fikricha, bu «bizning savdogar va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o’tkazilgan protektsionistik anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik bilan bog’liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o’z boyligini oshiraman desa, har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam sarflashi kerak. Iste’mol etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda bo’ladi? Oddiyroq aytganda, daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi? Merkantilistlar uni mustahkam pul yoki oltin, zeb-ziynatlardan iborat deb bilganlar. Pul va kapital o’rtasida tenglik qo’yilishi xato edi. SHuningdek, savdo balansining aktiv saldosi bilan yillik foydaning iste’moldan ortiqchasi ham tenglashtirilgan. A.Smit va uning izdoshlari bu ta’limotning xatolarini shunday izohlaydilar. Taniqli ingliz iqtisodchisi R.Kantilon (1680-1734) va D.YUm (1711-1776)lar ham merkantilistlar g’oyasining noto’g’ri ekanligini isbotlab berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo kilayotgan davlatlar o’rtasidagi «pul metallarining tabiiy taqsimlanishi»ga va ichki baholar darajasining shunday o’rnatilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning importiga teng bo’ladi. Alohida mamlakatda har bir qo’shimcha oltin qazib olish hajmlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar darajasini oshiradi. Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning oqib ketishi bilan qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha davlatlarda eksport va import o’rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos bo’lgan yangi tenglik paydo bulguncha davom etadi. Tashqi savdo va oltin, tutash idishlardagi suv bir sathda bo’lishiga intilgani kabi, aktiv savdo balansi ortidan quvish o’z-o’zini inkor etadi. 1690 yili Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga ma’lum proportsiyada o’zgarishini aniq ko’rsatib berdi. Lekin import kapital ko’proq qo’llaniladigan xom ashyo va yarim fabrikatlardan, eksport va mehnat intensiv qo’llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo’lishi umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qullaydi va chet el manbalaridan foydani ko’paytiradi. Merkantilistlar o’zlarining yuqoridagi yaxshi ma’lum g’oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham qo’shadilar. XX asrda monopolistik jarayonlar rivoji bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. SHu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog’liq ta’limot yuzaga keldi. U «Merkantilizm to’g’risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g’oyalarini qo’llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta’kidlanadi. Eksportning importdan ko’pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va bandlikni rag’batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy xaqiqat urug’lari» deb ataydi. Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini ta’kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to’la ma’lumot keyns beriladi). Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling