Tayanch konspektlar


Download 0.5 Mb.
bet8/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

T.Kampanella Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko’rgan. U o’zining «Oftob shahri» (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shoxona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to’g’risidagi o’z tasavvo’rini ham beradi, ular T.Morga uxshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati qo’llanilganligi tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug’ullanish shart qilib qo’yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo’lgan, keyinchalik esa (1582) roxib bo’lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil kamokda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, meditsinaga oid o’nlab asarlar yozgan. Uning «Oftob shahri» asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. YAngi jamiyatda olim koxinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo’ladi, xususiy mulk va oila bo’lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan).


2-Mavzu. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI


1. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING MOHIYATI


Avvalgi davrdagi iqtisodiy g’oyalarda natural xo’jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. YAngi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta’limot paydo bo’ldi, bu merkantilizm ta’limotidir.
«Merkantilizm» iborasi birinchi bo’lib Adam Smitning asarlarida o’z ifodasini topdi. Lug’aviy ma’nosiga ko’ra bu so’z italyancha bo’lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so’z yangi ta’limotning mazmun va mohiyatini o’zida aks ettiradi.
1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit’asini ochdi (u o’zini Hindistondaman deb o’ylagan, shuning uchun qit’a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to’g’rilash uchun bu qit’adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko’pchilik o’ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko’pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo’l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo’ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo’xori, tamaki, kofe, kakao). yevropadagi davlatlar o’rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Frantsiya va Angliya) o’rtasida kurash ham qizidi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling